VM qarori № 712, 59-boʻlim

4-§. Kabel massasini qizdirish va muftaga quyish

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

49. Muftaga quyiladigan kabel massasi metalldan yasalgan qopqoqli va joʻmrakli maxsus idishda qizdiriladi. Ochilmagan bankalardagi kabel massasini qizdirish qatʼiyan man qilinadi. 50. Kabel massasini quyishda brezent qoʻlqop kiyib, himoya koʻzoynagini taqib ishlash lozim. 51. Qaynoq kavsharlash qotishmali qozonchani, shuningdek, qaynoq kabel massasi solingan idishlarni joydan-joyga koʻchirish va ularni qizdirishda brezent qoʻlqopdan va himoya koʻzoynagidan foydalanish zarur. Kiyim yenglarining qoʻlqop ustiga chiqarib boylash yoki tirsakkacha yetadigan qoʻlqoplardan foydalanish lozim. Qaynoq birikma va erigan qotishmali idishlarni qoʻldan-qoʻlga uzatish man qilinadi. Ularni bir-biriga berish uchun yerga yoki mustahkam taglikka qoʻyish zarur. 52. Quyish uchun eritilgan birikma va qotishmani metall tayoqcha yordamida aralashtirish, qizigan qotishma ustidagi qorakuyani esa metall qoshiq yordamida olib tashlash lozim. Metall tayoqcha va metall qoshiq foydalanishdan oldin isitiladi. Qizigan birikma va qotishma ichiga suv tomishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. 53. Yilning sovuq fasllarida qizitilgan birikmani ulovchi va oxirgi muftaga quyishdan oldin muftalar isitilishi zarur.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.