VM qarori № 712, 60-boʻlim
5-§. Kabellarni oʻtkazish, kabel va muftalarni boshqa joyga koʻchirish
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
54. Kabelli baraban gʻildiratilganda, ishchilarning kiyimlarining baraban qismlariga ilashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik choralari koʻrilishi zarur. Barabanlarni gʻildiratishdan oldin barabandan turtib chiqib turgan mixlar olib tashlanishi va kabel uchlari mahkamlanishi kerak. Kabelli barabanni faqat gorizontal tekislik boʻyicha qattiq yerda yoki mustahkam toʻshama ustida gʻildiratishga ruxsat etiladi. 55. Kabel, boʻsh baraban, mexanizmlar, moslamalar va asbob-uskunalarni bevosita handaq chetiga joylashtirish taqiqlanadi. 56. Barabanlardagi kabelni faqat tormoz moslamasi boʻlgan taqdirdagina tortib boʻshatishga ruxsat etiladi. 57. Kabel oʻtkazish qoʻlda bajarilganda, ishchilarning umumiy soni har bir erkak uchun kabel boʻlagining ogʻirligi 35 kg, ayol uchun 15 kg hisobidan belgilanishi kerak. Ish brezent qoʻlqopda bajarilishi zarur. 58. Kabelni oʻtkazish jarayonida ishchilarga qayrilish burchagi ichida turish va trassaning burilish joylarida kabelni qoʻlda ushlab turib uzatish man etiladi. Bunday maqsadlar uchun burchak roliklari oʻrnatiladi. 59. Kabelni elektr toki bilan isitish uchun 380 V dan yuqori kuchlanishdan foydalanish mumkin emas. 60. Kabelni va muftalarni faqat kabel tarmoqdan uzilganidan soʻnggina boshqa joyga koʻchirish mumkin. 61. Kuchlanish ostidagi kabellarni boshqa joyga qoʻchirishga quyidagi shartlar bajarilgandagina ruxsat etiladi: qoʻchirilishi kerak boʻlgan kabelning harorati 5 °C dan kam boʻlmasligi; qoʻchirilishi kerak boʻlgan kabel boʻlagidagi mufta yogʻoch taxtaga halqasimon qisqichlar bilan qattiq mahkamlangan boʻlishi; ish mobaynida dielektrik qoʻlqop kiyib, ustidan mexanik shikastlanishdan himoya qilish maqsadida brezent qoʻlqop kiyib ishlanishi; ishlar kabel oʻtkazish tajribasiga ega boʻlgan ishchilar tomonidan, elektr xavfsizligi boʻyicha kamida V guruhga ega boʻlgan, kuchlanishi 1000 V dan kam boʻlgan kabellarda esa kamida IV guruhga ega shaxs rahbarligi ostida bajarilishi zarur.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 59. 4-§. Kabel massasini qizdirish va muftaga quyish
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 61. 6-§. Yer osti inshootlaridagi ishlar
Qoʻshni boʻlimlar
- 564-bob. Kabelli elektr uzatish liniyalarida taʼmirlash ishlari — 1-§. Yer qazish ishlari
- 572-§. Kabel va muftalarni osish hamda mahkamlash
- 583-§. Muftalarni ochish va kabelni kesish
- 594-§. Kabel massasini qizdirish va muftaga quyish
- 616-§. Yer osti inshootlaridagi ishlar
- 627-§. Kavsharlash lampalari bilan ishlash
- 635-bob. Oʻlchov asboblari, releli himoya qurilmalari, ikkilamchi zanjirlar, avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalarini montaj va ekspluatatsiya qilish
- 646-bob. Taqsimlash qurilmalarining tok oʻtkazuvchi qismlaridan va ular yaqinidan kuchlanish olinmasdan turib izolyatsiyani tozalash
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.