VM qarori № 712, 62-boʻlim

7-§. Kavsharlash lampalari bilan ishlash

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

73. Kavsharlash lampalari bilan ishlanganda, quyidagi koʻrsatmalarga amal qilinishi zarur: a) kavsharlash lampasining rezervuariga kerosin yoki benzin quyganda, rezervuar hajmining 3/4 qismidan oshmasligi; b) quyish joyidagi tiqin qopqoqni rezbaning kamida toʻrt chizigʻiga burab yopish; v) lampadagi yonilgʻini toʻkmaslik yoki lampaga yonilgʻi quymaslik, lampani boʻlaklarga ajratmaslik, lampa bosh qismini burab chiqarish va shunga oʻxshash ishlarni olov yaqinida qilmaslik; g) kavsharlash lampasini uning gorelkasiga kerosin yoki benzin quyib yoqmaslik; d) portlab ketishidan saqlanish uchun kavsharlash lampasiga haddan tashqari koʻp havo yubormaslik; e) bosim chiqarilmaguncha lampaning gorelkasini boʻshatmaslik va olmaslik; j) lampa rezervuaridagi havo bosimini yonilgʻi quyish tiqin qopqogʻi orqali tushirish lampaning gorelkasidagi olov oʻchirilib, u toʻla sovitilganidan soʻnggina amalga oshirilishi lozim; z) lampada nosozliklar aniqlangan taqdirda (rezervuardan sizib chiqish, yondirgich rezbasidan gaz chiqishi va boshqalar) uni darhol taʼmirlashga topshirish shart; i) lampani faqat qaysi yonilgʻi turi bilan ishlatilishiga ruxsat berilgan boʻlsa, shu yonilgʻi turi bilan toʻldirish shart.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.