VM qarori № 712, 63-boʻlim

5-bob. Oʻlchov asboblari, releli himoya qurilmalari, ikkilamchi zanjirlar, avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalarini montaj va ekspluatatsiya qilish

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

Elektr energiyasini hisobga olish asboblari bilan ishlash 74. Oʻlchov asboblari va releli himoya qurilmalari zanjirlarida oʻtkaziladigan ishlarning xavfsizligini taʼminlash uchun tok va kuchlanish oʻlchov transformatorla-rining barcha ikkilamchi chulgʻamlari doimiy ravishda yerga ulangan boʻlishi kerak. Releli himoyaning murakkab sxemalarida tok transformatorlarining bir-biri bilan elektr jihatidan bogʻlangan bir guruh ikkilamchi chulgʻamlarini ularning soni qancha boʻlishidan qatʼi nazar, faqat bir nuqtada yerga ulashga ruxsat etiladi. Rele va oʻlchov asboblarining tok zanjirini uzish zarurati paydo boʻlgan taqdirda, tok transformatori ikkilamchi chulgʻamining zanjiri maxsus moʻljallangan qisqich yordamida oldindan qisqa tutashtirilib qoʻyilishi kerak. 75. Tok transformatori bilan qisqa tutashtirgich oʻrnatilgan qisqichlar oʻrtasidagi zanjirlarda uzilishga olib kelish mumkin boʻlgan ishlarni bajarish taqiqlanadi. 76. Tok transformatorlari yoki ularning ikkilamchi zanjirida ishlash paytida quyidagi xavfsizlik choralariga rioya etilishi lozim: a) birlamchi zanjirlarning shinalarini montaj ishlarini olib borishda yordamchi tok oʻtkazgichlar sifatida yoki payvandlash ishlarini olib borishda tok oʻtkazuvchi zanjirlar sifatida ishlatmaslik zarur; b) oʻlchov va himoya zanjirlarini koʻrsatilgan tok transformatorlarining qisqichlariga ikkilamchi sxemadagi montaj ishlari toʻla tamomlanganidan soʻnggina ulash kerak; v) qutblarni tekshiruvchi asboblarni tekshirish uchun birlamchi chulgʻamga tok impulsi berishdan oldin birlamchi chulgʻamini ikkilamchi chulgʻam qisqichlariga mustahkam ulab qoʻyilishi zarur. 77. Releli himoya, elektroavtomatika va telemexanika (keyingi oʻrinlarda — RHA va T) qurilmalari zanjirida ishlar ijro sxemalari boʻyicha bajarilishi kerak. Sxemasiz, xotiraga tayangan holda ishlash qatʼiyan man etiladi. 78. RHAvaT qurilmalarida ishlarni bajarishda dastaklari izolyatsiyalangan chilangarlik-montaj asbob-uskunalaridan foydalanish zarur. 79. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmasi xonasida oʻlchov, signalizatsiya, boshqaruv va himoya zanjirlarini tekshirish jarayonida zarur boʻlgan hollarda ishlash sharoitlariga qarab, brigada tarkibidan bitta shaxs qoldirilishi mumkin (masalan, oʻchirgichlarni rostlash, izolyatsiyasini tekshirish); bunda ish bajaruvchidan ajratilgan shaxs elektr xavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlishi lozim; ish bajaruvchi unga xavfsizlik texnikasi boʻyicha zarur koʻrsatmalarni berishi kerak. 80. Kuchlanish transformatorlari zanjirlarida begona manbadan kuchlanish berib ishlanganda, yuqori va past kuchlanish tomonidan oʻrnatilgan saqlagichlar olinishi va ikkilamchi chulgʻamdagi avtomatlar uzib qoʻyilishi lozim. 81. Asosiy uskunalarning ulangan holatida RHAvaT apparaturasida yoki zanjirlarida biror ishlarni bajarish zarur boʻlsa, uning toʻsatdan uzilib qolishiga qarshi qoʻshimcha choralar koʻrilishi zarur. 82. Rele apparaturasi joylashtirilgan panellarda yoki uning yonida rele apparaturalarining qattiq silkinishiga olib keladigan, relelarning xatolik bilan ishlash xavfini tugʻdiradigan ishlarni bajarish taqiqlanadi. 83. RHAvaT qurilmalarini tekshirish va sozlash uchun zarur boʻlgan oʻchirgichlarni, ajratkichlarni va boshqa apparaturalarni almashlab ulash, ulash va oʻchirish, agregatlarni ishga tushirish va toʻxtatish, ularning ish rejimini sozlash faqat tezkor xodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak. 84. Boshqaruv shchiti va taqsimlash qurilmasida oʻrnatilgan elektr energiyasini hisobga olish asboblari va boshqa oʻlchov asboblarining koʻrsatkichlarini yozib olish quyidagi shaxslarga ruxsat etiladi: doimiy tezkor xodimlar (ikki kishilik navbatchilik) bor boʻlganda, korxonaning tezkor xodimlari jumlasidan elektr xavfsizligi boʻyicha kamida II guruhga ega boʻlgan bitta shaxs yakka oʻzi va doimiy tezkor xodimlar boʻlmaganda — elektr xavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan bitta shaxs yakka oʻzi amalga oshirishi mumkin; boshqa tashkilotlarning xodimlari elektr xavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan mahalliy tezkor xodim kuzatuvi ostida amalga oshirishlari mumkin. 85. Oʻlchov transformatorlariga ulangan elektr energiyasini hisobga olish asboblari va boshqa oʻlchov asboblarini oʻrnatish va yechib olish naryad boʻyicha kuchlanish olinib, ikki shaxs tomonidan bajarilishi, ulardan biri elektr xavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga, ikkinchisi esa kamida III guruhga ega boʻlishi kerak Tok zanjirlarini xavfsiz tutashtirish imkonini beruvchi maxsus qisqich yoki sinash bloki oʻrnatilgan taqdirda, ushbu elektr energiyasini hisobga olish asboblarini oʻrnatish va yechib olish hamda ularni tekshirish yuqoridagi shaxslar tomonidan farmoyish boʻyicha bajarilishi mumkin. 86. Toʻgʻridan-toʻgʻri ulanadigan elektr energiyasini hisobga olish asboblarini oʻrnatish va yechib olish elektr xavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan bitta shaxs tomonidan farmoyish boʻyicha bajarilishiga ruxsat etiladi. Elektr energiyasini hisobga olish asboblarini oʻrnatish yoki yechib olish hamda oʻlchov asboblarini tekshirish uchun ulash ishlari kuchlanish olinib bajarilishi kerak. 87. Bir xonada joylashgan turli ulanmalarning elektr energiyasini hisobga olish asboblarini oʻrnatish va yechib olish bitta naryad (farmoyish) boʻyicha bitta ish joyidan boshqa ish joyiga oʻtishni rasmiylashtirmasdan bajarilishi mumkin. 88. “Oʻzenergoinspeksiya”ning xodimlari isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridagi elektr energiyasini hisobga olish asboblari zanjirlaridagi ishlarni Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq bajarishi kerak. 89. Oʻlchov asboblarini ulash, oʻlchov transformatorlariga elektr energiyasini hisobga olish asboblarini ulash va yechib olish tok zanjirlarini xavfsiz tutashtirish imkonini beruvchi sinash bloklari yoki maxsus qisqichlar boʻlganda, kuchlanish va yuklamani olmasdan bajarilishi mumkin.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.