VM qarori № 712, 56-boʻlim
4-bob. Kabelli elektr uzatish liniyalarida taʼmirlash ishlari — 1-§. Yer qazish ishlari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
23. Kabellar uchun handaqlar yoki kotlovanlarni qazishdan oldin yer qazish ishlari olib boriladigan hududda ushbu hudud tegishli boʻlgan tashkilot yoki korxonaning ishlarni bajarish uchun yozma ruxsatini olish hamda mavjud yer osti inshootlari, gaz, suv quvurlari va boshqa kommunikatsiyalarning aniq oʻrnashgan joyi toʻgʻrisida koʻrsatma olish zarur. Yer qazish ishlari yer osti inshootlari yaqinida va kommunikatsiyalarning muhofaza zonasida olib borilgan taqdirda, kommunikatsiyalar egasi boʻlgan korxona yoki tashkilot tomonidan koʻrsatib berilgan ishlash shartlari bajarilishi lozim. 24. Kabellar oʻtgan joydan 1 metrdan kam masofada yer qazish mashinalaridan va 5 metrdan kam masofada pona-bolgʻa yoki shunga oʻxshash kuch bilan uradigan mexanizmlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Yer qazish ishlari kabellar ustida bajarilganda, tuproqni yumshatish uchun parchalaydigan bolgʻalardan va uni qazib chiqarish uchun yer qazuvchi mashinalardan, shuningdek, lom va kirkalardan foydalanish uchun faqat kabelgacha eng kamida 0,3 metr masofa qolishiga qadar qazishga ruxsat etiladi. Yerning qolgan qatlamidagi tuproq belkurak yordamida olib tashlanishi kerak. Kabellarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning nazorati ostida yer qazish ishlarini boshlashdan oldin yer qazish ishlarini bajaruvchi tashkilot tomonidan kabellar oʻtgan chuqurlikni va ularning joylashuvini aniqlash maqsadida tuproqning nazorat uchun qazilishi va yer qazish mexanizmlarining ishlash chegaralarini belgilovchi vaqtincha toʻsiqlar oʻrnatilishi lozim. 25. Qish faslida tuproqni belkurak bilan qazishni faqat tuproq isitilgandan soʻng boshlash mumkin. Bunda issiqlik manbaini kabelga qadar 15 sm masofagacha yaqinlashtirish mumkin. 26. Yer qazish ishlarini bajarishda kabellarning planida va sxemalarida qayd etilmagan quvurlar, yer osti inshootlari aniqlansa, aniqlangan inshootlar va jismlarning xususiyatlari aniqlanishi va tegishli ruxsatnoma olinishiga qadar yer qazish ishlarini toʻxtatib turish va bu haqda javobgar rahbarga maʼlum qilish lozim. 27. Zaharli gazlar paydo boʻlishi bilan ishlar darhol toʻxtatilishi, ishchilar esa zaharli gaz bilan ifloslanish manbai aniqlanishi va u bartaraf etilishiga qadar xavfli joydan zudlik bilan chiqarib yuborilishi zarur. Zaharli gazlar paydo boʻlishi ehtimoli mavjud boʻlganda, yer qazish ishlari faqat ishlovchilar gazga qarshi niqob bilan taʼminlanib, ularga gazni aniqlovchi indikator berilgandan keyin davom ettirilishi mumkin. Bunda ishni boshlashdan oldin ishchilarga zaharli gazga qarshi kurashish usullari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilishi kerak. 28. Oʻpirilish xavfi boʻlgan boʻsh yoki nam tuproqli yerlarda handaqlar qazilayotganda, ularning devorlari puxta mahkamlanishi kerak. Toʻkiluvchan tuproqli yerlardagi ishlar zovur devorlarini mustahkamlamasdan, ammo uning chetida tabiiy qiyalik burchagini saqlagan holda bajarilishi mumkin. 29. Yer osti suvlari boʻlmagan, tabiiy namlikdagi tuproq yerlarda va yer osti inshootlariga yaqin joylashgan yerlarda kotlovanlarni va handaqlarni mustahkamlanmagan tik devorlarining quyidagi chuqurlikdan oshirmasdan qazishga ruxsat etiladi: uyilgan va shagʻalli yerlarda — 1 m; qumloq tuproqli yerlarda — 1, 25 m; qumoq tuproqli va loyli yerlarda — 1,5 m; oʻta zich va qoya osti tuproqli yerlarda — 2 m. Qovushqoq zich tuproqli yerlarda tik devorli handaqlarni rotorli va zovur qazuvchi ekskavatorlar yordamida mustahkamlagichlarni oʻrnatmasdan, 3 metrgacha chuqurlikda qazishga ruxsat etiladi. Bu hollarda ishchilarning zovurlarga tushishiga ruxsat etilmaydi. Zovurlarning ishchilar ichida boʻlishi zarur boʻlgan joylarida mustahkamlagichlar oʻrnatilishi yoki qiyaliklar barpo etilishi zarur. Qish faslida yerning muzlagan qismida (yerning quruq tuproq qismidan tashqari) yer qazish ishlarini mustahkamlagichlar oʻrnatmasdan bajarishga ruxsat etiladi. 30. Yer qazish sharoiti mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 29-bandida koʻrsatilgandan farq qiladigan holatlarda kotlovanlar va handaqlarni qazish ishlari tik devorlarni boʻyi baravar tirgovich yordamida mustahkamlab yoki tabiiy qiyalikni saqlagan holda, devorlarni mustahkamlamasdan bajariladi. 31. Devorlari mustahkamlanmasdan mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 29-bandida koʻrsatilgandan kattaroq chuqurlikdagi zovur va handaqlar qiyaliklarining eng katta qiymati mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 2- jadvali boʻyicha qabul qilinadi. 32. Chuqurligi 3 metrgacha boʻlgan kotlovanlar va handaqlarning tik devorlari mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 3-jadvalida keltirilgan talablarga muvofiq mustahkamlanishi lozim. 33. Chuqurligi 3 metrgacha boʻlgan kotlovanlar va handaqlarning mustahkamlanishi odatda inventarli boʻlishi va namunaviy loyihalarga muvofiq bajarilishi lozim. 34. Kotlovanlar va handaqlarning taxtadan yasalgan mustahkamlagichlari tuproqni oʻraga qayta solinishiga koʻra pastdan yuqoriga qarab ajratib olinadi. Bir vaqtning oʻzida birdaniga olinadigan mustahkamlagich taxtalarning soni uchtadan oshmasligi, sochiluvchan va barqaror tuproqlarda esa bir donadan oshmasligi kerak. Taxtalarning olinishiga qarab, boʻshagan tirgovichlar boshqa joylarga oʻrnatiladi. Bunda eski oʻrnatilgan tirgovichlar faqat yangisi oʻrnatilgandan keyingina olib tashlanadi. 35. Oʻralar, handaqlar va kotlovanlarni qazishda ishlatiladigan qurilish materiallari hamda kotlovanlar va handaqlardan chiqarib tashlanayotgan tuproq iloji boricha toʻsilgan joy ichiga yoki yoʻlovchilar va transportga xalaqit bermaydigan qilib undan chetroqqa joylashtirilishi zarur. 36. Kotlovan, handaq va oʻra qazish ishlari bajarilayotgan joy ogohlantiruvchi yozuv va belgilar oʻrnatilgan toʻsiqlar bilan toʻsilishi, tungi vaqtda esa toʻsiqlarga ogohlantiruvchi chiroqlar oʻrnatilishi zarur. 37. Yoʻlovchilar va transport oʻtishi uchun handaqlar ustiga koʻprikchalar tashlanishi kerak.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 55. 3-bob. Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat koʻrsatish
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 57. 2-§. Kabel va muftalarni osish hamda mahkamlash
Qoʻshni boʻlimlar
- 52Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 9-ILOVA
- 53Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga 10-ILOVA. Alohida ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalari — 1-bob. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilish
- 542-bob. Avtomatik uzatmali va masofadan boshqarilidigan kommutatsiya apparatlaridagi (oʻchirgichlar, yuklama oʻchirgichlari, boʻlgichlar, qisqa tutashtirgichlar, ajratkichlarda) ishlar
- 553-bob. Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat koʻrsatish
- 572-§. Kabel va muftalarni osish hamda mahkamlash
- 583-§. Muftalarni ochish va kabelni kesish
- 594-§. Kabel massasini qizdirish va muftaga quyish
- 605-§. Kabellarni oʻtkazish, kabel va muftalarni boshqa joyga koʻchirish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.