VM qarori № 712, 55-boʻlim

3-bob. Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat koʻrsatish

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

17. Aravacha bilan tortib chiqariladigan uskunalari boʻlgan KTQda shinalardan kuchlanishni olmasdan va ularni yerga ulamasdan turib, shinalardan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri KTQlarga ulangan uskunalardan yaxlit metall toʻsiq bilan ajratilmagan shkaf boʻlmalari ichiga kirish taqiqlanadi. 18. Komplekt taqsimlash qurilmasining shkaf boʻlmasi ichida ishlaganda, aravachani qurilmasi bilan tortib chiqarib qoʻyish, tok oʻtkazuvchi qismlari kuchlanish ostida qolgan boʻlmadagi toʻsiqchani qulflab, “TOʻXTA! KUCHLANISH!” plakatini osish zarur. Ishlanayotgan boʻlmaga “SHU YERDA ISHLANSIN!” plakatini osib qoʻyish kerak. 19. Yerga ulovchi pichoqlar bilan jihozlangan KTQlarida, boshqa tomondan kuchlanish uzatilishini istisno etuvchi sxemali ulanmalarda bu pichoqlarni shinaga ulashdan oldin kuchlanish bor-yoʻqligini shu joyning oʻzida elektr sxemani koʻzdan birma-bir kechirib tekshirishga ruxsat etiladi. 20. KTQdan tashqarida undan chiquvchi HL va KLlarda yoki ularga ulangan uskunalarda ishlanganda, oʻchirgichni aravachasi bilan tortib chiqarish, yuqoridagi toʻsiqcha yoki eshikchalarni qulflab qoʻyish va “ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” yoki “ULANMASIN! LINIYADA ISH BAJARILMOQDA!” plakatlarini osib qoʻyish kerak. Chiquvchi HLda ishlangan taqdirda, KTQ shkaflarida yerga ulagichlarni oʻrnatishda mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 40-bandi talablari eʼtiborga olinishi zarur. 21. KTQlarining shkaflari ichida mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 20-bandidagi koʻrsatmalarga muvofiq ishlar bajarilganda quyidagilarga ruxsat etiladi: yerga ulagich pichoqlar bilan oʻchirgichning aravachasi orasida blokirovka boʻlsa, aravachani ushbu pichoqlar ulangandan soʻng nazorat holatiga oʻrnatish; yerga ulagich pichoqlar bilan oʻchirgichning aravachasi orasida blokirovka boʻlmasa, shuningdek, shkaflar ichida yerga ulagich pichoqlar boʻlmagan taqdirda, shu holatda qulflab qoʻyish sharti bilan aravachani tortib chiqarilgan holat bilan nazorat holati oraligʻidagi holatga keltirish. Aravacha ulanmaning chiqish qismlari yerga ulanganligi yoki yerga ulanmaganligidan qatʼi nazar, oraliq holatda qoldirilishi mumkin. 22. KTQlaridan tashqarida undan chiquvchi HL va KLlarda yoki ularga ulangan uskunalarda elektr dvigatellar bilan ulangan mexanizmlarni ham qoʻshib hisoblaganda ish olib borilmagan hollarda yoki bu ulanmaga KTQning shkafi ichida yerga ulagich oʻrnatilgan boʻlsa, oʻchirgichli aravachani nazorat holatiga chiqarib, uning boshqaruv va himoya zanjirida ishlashiga va oʻchirgichni tekshirish uchun ishlatib koʻrishga ruxsat beriladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.