VM qarori № 712, 58-boʻlim
3-§. Muftalarni ochish va kabelni kesish
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
42. Muftalarni ochishdan yoki kabelni kesishdan oldin taʼmirlanishi kerak boʻlgan kabel haqiqatan ham shu ekanligiga, ish bajarish uchun u uzib qoʻyilganligiga va unda ishlashga ijozat berish uchun kerakli barcha texnik tadbirlar bajarilganligiga ishonch hosil qilish kerak. 43. Ish joyida taʼmirlanishi zarur boʻlgan kabel quyidagicha aniqlanishi kerak: kabel tunnel, kollektor, kanal ichidan imorat devorlari boʻylab oʻtkazilgan boʻlsa — uni trassa boʻylab kuzatish bilan, chizma va sxemalar boʻyicha kabellarning joylashish tartibini solishtirish va kabellardagi yorliqlarni tekshirish orqali; kabel yer ichidan oʻtkazilgan boʻlsa — ularning yerdagi joylashishini sxemada koʻrsatilgan holatlarini solishtirish orqali. Buning uchun oldindan kabel toʻplamidagi barcha kabellar koʻzga koʻrinadigan qilib, kabel toʻplamiga koʻndalang boʻlgan nazorat handagʻi (shurf) qazilishi kerak. 44. Taʼmirlanishi zarur boʻlgan kabelni ishonch bilan aniqlab boʻlmagan hollarda, kiydirma ramkasi boʻlgan kabel qidiruvchi apparat qoʻllanilishi kerak. 45. Kabel liniyalarida kabelni kesishdan yoki ulovchi muftani ochishdan oldin maxsus poʻlat ignali yoki kesuvchi uchli izolyatsiyalovchi shtangali moslama yordamida kuchlanish yoʻqligini tekshirish zarur. Moslama yordamida kabelning zirhi va qobigʻini tok oʻtkazuvchi fazalarigacha teshish yoki kesish, bir-biriga qisqa tutashtirib, uning yerga ulanishini taʼminlash lozim. Kabelning teshiladigan joyi ustiga oldindan berkituvchi ekran oʻrnatilishi kerak. Tunnellarda, kollektorlarda va quduqlarda bunday moslamani qoʻllash uchun faqat masofadan boshqarish mavjud boʻlganda ruxsat etiladi. 46. Kabelning shikastlanishi natijasida uning barcha tok oʻtkazuvchi fazalari ochilib qolgan boʻlsa, kuchlanish yoʻqligini kabelni teshmasdan kuchlanishni bevosita koʻrsatuvchi asbobning oʻzi bilan tekshirish mumkin. 47. Kabelni teshish ishlari javobgar rahbar yoki ijozat beruvchi yoxud uning kuzatuvi ostida ish bajaruvchi tomonidan bajariladi. Kabelni himoya koʻzoynagini taqib va dielektrik qoʻlqop kiyib teshish lozim. Teshish vaqtida handaq ustidagi izolyatsiyalovchi moslamada va imkoni boricha kabeldan uzoqroqda turish kerak. 48. Teshadigan moslamani yerga ulash uchun kabelning zirhidan yoki 0,5 metr chuqurlikda yerga kiritilgan maxsus moslamadan foydalaniladi. Yerga ulovchi sim zirhga halqasimon qisqich yordamida ulanadi; qisqich ostidagi zirh tasmasi tozalangan boʻlishi zarur. Agar zirh tasmasi zanglagan boʻlsa, u holda yerga ulovchi simni kabelning metall qobigʻiga ulashga ruxsat etiladi. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan toʻrt tolali kabel liniyasida ishlar bajarilganda, uning nol simi ikkala uchidan ajratib qoʻyiladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 57. 2-§. Kabel va muftalarni osish hamda mahkamlash
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 59. 4-§. Kabel massasini qizdirish va muftaga quyish
Qoʻshni boʻlimlar
- 542-bob. Avtomatik uzatmali va masofadan boshqarilidigan kommutatsiya apparatlaridagi (oʻchirgichlar, yuklama oʻchirgichlari, boʻlgichlar, qisqa tutashtirgichlar, ajratkichlarda) ishlar
- 553-bob. Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat koʻrsatish
- 564-bob. Kabelli elektr uzatish liniyalarida taʼmirlash ishlari — 1-§. Yer qazish ishlari
- 572-§. Kabel va muftalarni osish hamda mahkamlash
- 594-§. Kabel massasini qizdirish va muftaga quyish
- 605-§. Kabellarni oʻtkazish, kabel va muftalarni boshqa joyga koʻchirish
- 616-§. Yer osti inshootlaridagi ishlar
- 627-§. Kavsharlash lampalari bilan ishlash
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.