VM qarori № 712, 57-boʻlim

2-§. Kabel va muftalarni osish hamda mahkamlash

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

38. Ochiq muftalar handaq ustidan tashlangan koʻndalang taxtalarga sim yoki tros yordamida oʻrnatilgan mustahkam toʻsinga osilib, quti bilan yopilishi lozim. Qutining bir tomoni yechib olinadigan va mixsiz mahkamlanadigan boʻlishi kerak. 39. Kabellarni osish uchun qoʻshni kabellardan, quvurlardan va shunga oʻxshash materiallardan foydalanish man qilinadi. 40. Kabellarni shunday osish kerakki, ular keyinchalik joyidan siljimasligi kerak. 41. Qazib ochilgan kabelni yopuvchi qutilar ustiga ogohlantiruvchi “TOʻXTA! KUCHLANISH!” plakati osib qoʻyilishi shart.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.