VM qarori № 712, 61-boʻlim

6-§. Yer osti inshootlaridagi ishlar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

62. Quduqlarni koʻrikdan oʻtkazish va ulardagi ishlar kamida ikki kishi tomonidan bajarilishi kerak. Bunda qopqogʻi ochiq turgan quduqqa tushilganda, quduq oldiga ogohlantiruvchi belgi yoki toʻsiq oʻrnatilishi lozim. Quduq ichida elektr xavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan bitta shaxs ishlashi mumkin. Bu holda quduq yonida ikkinchi shaxs navbatchi boʻlib turishi kerak. Quduqqa ehtiyot (monter) kamarisiz va bir uchi quduqdan tashqariga chiqarib qoʻyilgan arqonsiz tushish va unda ishlash taqiqlanadi. Tunnellarni elektr xavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga ega boʻlgan bitta shaxs koʻrikdan oʻtkazishiga ruxsat etiladi. 63. Soʻrib oluvchi ventilyatsiya bilan jihozlanmagan tunnel, kollektor va quduqlarda ish boshlashdan yoki ularni koʻrikdan oʻtkazishdan oldin, yonuvchan va odam uchun xavfli gaz yoʻqligini tekshirib koʻrish kerak. Tekshiruvni asboblardan foydalanishga oʻqitilgan shaxslar bajarishlari lozim. Bunday shaxslarning roʻyxati korxona boʻyicha koʻrsatma bilan tasdiqlanadi. Gaz yoʻqligini tekshirish zarur boʻlgan quduqlar va tunnellarning roʻyxati korxonada tuziladi. Quduqlarni ochishda (ikkinchi qopqoqlarini) uchqun chiqmaydigan asboblardan foydalanish hamda qopqoqning quduqqa tushadigan joydagi temirga urilib ketishidan saqlash shart. 64. Xavfli gazning bor-yoʻqligini ochiq olov yordamida tekshirish man etiladi. Quduq, kollektor va tunnellarda gaz paydo boʻlib qolsa, ish darhol toʻxtatilishi va gaz chiqayotgan manbani topib, u bartaraf etilguncha ishchilar xavfli joydan chiqarilishi shart. Ish joyida yigʻilib qolgan gazni chiqarib yuborish uchun tashqaridan ventilyator yoki quduq tubiga 0,25 metr yetkazmasdan kompressor qurilmasiga ulangan uzun yeng yordamida havo berilishi zarur. Ventilyatsiya uchun ballonlardagi siqilgan gazni ishlatish taqiqlanadi. 65. Soʻrib oluvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan kollektor va tunellarda ish boshlashdan oldin ular mahalliy sharoitga qarab, maʼlum muddatga ishga tushirilishi kerak. Bunda gaz bor-yoʻqligini tekshirmasa ham boʻladi. 66. Kollektor va tunnellar ichida ishlayotgan paytda ularda ikki tomondan eshik ochiq turishi, ishlayotganlar esa ularning oʻrtasida boʻlishi kerak. 67. Quduqlar ichida ishlagan paytda kavsharlash lampalarini yoqish, propan-butan ballonlarini oʻrnatish, mufta ichiga quyilishi kerak boʻlgan qotishma va mastikalarni eritish faqat quduqdan tashqarida bajarilishi mumkin. Eritilgan qotishma va qizdirilgan mastikani quduqqa yopiq idishda va maxsus choʻmichda metall trosga karabin bilan mahkamlab, ilgak yordamida sekin-asta tushirish lozim. Kabellar oʻtkazilgan kollektor, tunnel, kabel yarim qavatlar va boshqa xonalarda propan-butandan foydalaniladigan ishlarni bajarishda, xonada ishlatilayotgan ballonlarning umumiy hajmi 5 litrdan oshmasligi kerak. Ishlash paytida alanga tarqalishini chegaralovchi olovbardosh materiallardan yasalgan shchitchalardan foydalanish va yongʻinni oʻchirish uchun asbestdan yasalgan mato tayyorlab qoʻyish zarur. Ish tamom boʻlgandan soʻng gazli ballonlar olib chiqilishi va xonalar shamollatilishi lozim. 68. Kabellarning shikastlangan joylarini kuydirish vaqtida ishchilarni quduqlarda turishi taqiqlanadi. Kollektor va tunnellarda esa faqat ikkita ochiq turgan chiqish eshiklari orasida turishga ruxsat beriladi. Kabellarni kuydirish vaqtida ularda ishlash mumkin emas. Kabelning shikastlangan joyini kuydirib boʻlgandan soʻng yongʻin chiqishini oldini olish maqsadida kabellarni, albatta, koʻrikdan oʻtkazish zarur. 69. Kollektor, tunnel va quduqlarda uzoq muddatli ishlar bajarilganda, odamlarning ular ichida boʻlish vaqtini ishlarni bajarish sharoitlariga qarab, javobgar rahbar yoki naryad beruvchi shaxs belgilaydi. 70. Ishga ijozat berishdan va tunnellarni koʻrikdan oʻtkazishdan avval ulardagi yongʻinga qarshi himoya qurilmalari avtomatik ishlash tartibidan masofadan boshqariladigan tartibga oʻtkazilishi va boshqaruv kalitiga “ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” plakati osib qoʻyilishi zarur. 71. Quduq, kollektor va tunnellarda hamda ochiq lyuklar yaqinida chekish man qilinadi. 72. Quduqlar va tunnellardagi ish joyini yoritish uchun 12 V kuchlanishli yoritkichlar yoki portlashdan himoyalangan akkumulyator fonarlaridan foydalanish lozim.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.