VM qarori № 712, 32-boʻlim

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 9-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

1. TTning kabel kanallari yonmaydigan plitalar bilan yopilishi va tozalikda saqlanishi kerak. 2. Navbatchi xodimda kalibrlangan eruvchan kirgizmalar zaxirasi boʻlishi shart. Kalibrlanmagan eruvchan kirgizmalarni qoʻllash man qilinadi. Eruvchan kirgizmalar saqlagichlar turiga mos kelishi shart. 3. TQning tashqi eshiklarida ularning nomlari koʻrsatiladi. Barcha simlar, shinalar, kabellar, kontakt qisqichlari va saqlagichlar yagona tizim boʻyicha markirovka qilinadi (izolyatsiyalangan yorliqlar, qisqich va saqlagichlar ustidagi yoki ostidagi panelda yoki korpusda yozish yoki oʻyib yozish bilan). Saqlagichlar va saqlagichlar panellarida bundan tashqari, eruvchan kirgizmaning nominal toki koʻrsatiladi. TQ panellari ochiq rangga boʻyaladi, ularda alohida zanjirlar va uzatmalarning vazifalarini koʻrsatuvchi aniq yozuvlarda bajariladi. Bunday yozuvlar panellarning old va orqa taraflarida boʻlishi shart. TQ eshiklarida xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga mos ogohlantiruvchi plakatlar osib qoʻyiladi. 4. Barcha kalitlarda, tugmachalarda va boshqaruv dastaklarida ular moʻljallangan operatsiyalarni koʻrsatuvchi yozuvlar boʻlishi shart (“Ulansin”, “Oʻchirilsin”, “Kamaytirilsin”, “Koʻpaytirilsin” va boshqalar). 5. Signal lampalarida va boshqa signal apparatlarida signal xususiyatini koʻrsatuvchi yozuvlar boʻlishi shart (“Ulangan”, “Oʻchirilgan”, “Oʻta qizish” va boshqalar). 6. TQlarni, panellarni, yigʻmalarni, shchitchalarni koʻrikdan oʻtkazish, chang va ifloslanishdan tozalash 3 oyda kamida 1-marta oʻtkaziladi. 7. TQ uskunalarining profilaktik tekshiruvlari, oʻlchovlari va sinovlari Elektr uskunalarni SQ va Mda koʻzda tutilgan hajmlarda va muddatlarda oʻtkaziladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.