VM qarori № 712, 33-boʻlim
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 10-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan podstansiyalar va taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
1. Ushbu Qoidalar kuchlanishi 1000 V dan yuqori, 220 kV gacha boʻlgan podstansiyalar va TQlarga taalluqlidir. 2. Podstansiyalar va TQlar, ularda oʻrnatilgan asboblar va apparatlar bilan birga amaldagi EQTQ talablariga mos kelishi shart. 3. Barcha turdagi va kuchlanishli podstansiya va TQlarning elektr uskunalari nominal rejimda ishlash bilan bir qatorda, qisqa tutashuv, oʻta kuchlanish va oʻta yuklanish rejimlari sharoitlarini ham qanoatlantirishi shart. Podstansiya va TQga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar normal va avariya sharoitlarida ruxsat etilgan ishlash rejimlari boʻyicha hujjatlarga ega boʻlishi kerak. 4. Ishonchli va tejamli elektr taʼminoti uchun podstansiya va TQni ekspluatatsiya qilishda shinalarning barcha seksiyalari va tizimlari (aylanmadan tashqari), shuningdek, zaxiradagidan tashqari barcha elektr uskunalari doimo ishlab turishi shart. 5. Elektr uskunaning izolyatsiya sinfi tarmoqning nominal kuchlanishiga, oʻta kuchlanishdan himoya qurilmasi esa elektr uskunaning izolyatsiya darajasiga mos kelishi shart. Elektr uskunalari ifloslangan atmosferada joylashganda izolyatsiyaning ishonchliligini taʼminlovchi ushbu choralar amalga oshirilishi shart: OTQda izolyatsiyani kuchaytirish, yuvish, tozalash, gidrofob pastalar bilan qoplash; YOTQda izolyatsiyani chang va zararli gazlar kirishidan himoya qilish; tashqarida oʻrnatiladigan komplekt taqsimlash qurilmalarida shkaflarni germetizatsiyalash va izolyatsiyaga gidrofob pastalar bilan ishlov berish. 6. 1000 A dan ortiq tok oqib oʻtadigan tok oʻtkazuvchi qismlar yaqinida joylashgan va xodimlarning tegib ketishi mumkin boʻlgan konstruksiyalar qizishi 50 oS dan yuqori boʻlmasligi shart. Bunday konstruksiyalar qizishi tekshirilishini davriyligi elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs tomonidan, lekin kamida 3 oyda 1-marta belgilanadi. 7. YOTQ xonalari ichidagi harorat yoz vaqtlarida 40 oS dan oshmasligi shart. Harorat oshgan hollarda, uskunalar haroratini pasaytirish yoki havoni sovutish choralari koʻrilishi shart. 8. TQda oʻrnatilgan elektr isitgichlarni ekspluatatsiya qilishda va TQdagi havo harorati ruxsat etilgan qiymatdan pasayishi mumkin boʻlganda, ular elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs tasdiqlagan ish jadvali boʻyicha davriy ravishda tekshiruvdan oʻtkaziladi. 9. Elektr isitgichlarni ulash va oʻchirish, odatda avtomatik tarzda amalga oshirilishi kerak. Elektr isitgichlar ulanishi va oʻchirilishi lozim boʻlgan harorat qiymatlari mahalliy yoʻriqnomalarga koʻra, elektr uskunalarini ishlab chiqaruvchi zavod koʻrsatmalarini hisobga olib belgilanadi. Agar moyli oʻchirgichlarni ekspluatatsiya qilish joylarida atrof-havo harorati 1 sutka va undan ortiq vaqt davomida minus 25oS dan past boʻlsa, ularning baklarining va korpuslarining tubi elektr isitish qurilmalari bilan jihozlanishi shart. 10. Oʻchirgichlar, ajratgichlar, boʻlgichlar, qisqa tutashtirgichlar va ularning uzatmalari mexanizmlarining sharnirli birikmalari, podshipniklari va ishqalanuvchi yuzalariga past haroratda muzlaydigan surtish moylari bilan surtilishi, oʻchirgichlarning hamda boshqa apparatlarning moyli dempferlari esa moy bilan toʻldirilishi shart. Ushbu moyning muzlash harorati atrof-havoning qishki minimal haroratidan kamida 20 oS past boʻlishi shart. 11. TQ xonalarida deraza doimo yopiq boʻlishi, moyi bor apparatlar oʻrtasidagi ochiq joylar oʻrni esa berkitib tashlangan boʻlishi kerak. Kabellar oʻtish joylaridagi barcha teshiklar zichlanadi. Xonalarning tashqi devorlaridagi barcha teshiklar va darchalar, hayvonlar va qushlar tushishining oldini olish uchun toʻrlar bilan toʻsiladi yoki berkitiladi. 12. Havo tayyorlovchi qurilmalarning avtomatik boshqarish, himoya va signalizatsiya qurilmalari, shuningdek, saqlovchi klapanlari davriy ravishda tekshiriladi va rostlab turiladi. 13. Ishchi bosimda siqilgan havoning nominal nisbiy namligi quyidagicha boʻlishi shart: nominal bosimi 2 MPa (20 kgs/sm2) boʻlgan havoli oʻchirgichlar uchun va moyli oʻchirgichlarning hamda boshqa kommutatsiya apparatlarining pnevmatik uzatmalari uchun 50 foizdan ortiq emas; nominal bosimi 2,6 MPa (26 kgs/sm2) va undan yuqori boʻlgan havoli oʻchirgichlar uchun 25 foizdan ortiq emas . Moyli oʻchirgichlar va boshqa kommutatsiya apparatlarining pnevmatik uzatmalari uchun agar quvurlarda va uzatmalarda namlik muzlab qolishi xavfining oldi olingan boʻlsa, nisbiy namligi 50 foizdan ortiq boʻlgan siqilgan havodan foydalanishga ruxsat beriladi. 14. Kommunikatsiya apparatlari uchun siqilgan havoni quritish¸ odatda termodinamik usul bilan amalga oshirilishi kerak. Siqilgan havoni talab etilgan quritish darajasi nominal ishchi bosimi 2 MPa (20 kgs/sm2) boʻlgan apparatlar uchun kommutatsiya apparatlarining nominal kompressor va nominal ishchi bosimi orasidagi farqning karrali nisbati ikkidan kam boʻlmaganda va nominal ishchi bosimi 2,6 — 4,0 MPa (26 — 40 kgs/sm2) boʻlgan apparatlar uchun toʻrtdan kam boʻlmaganda taʼminlanadi. Shuningdek, siqilgan havoni quritishning boshqa usullarini, masalan, adsorbsion usulni qoʻllashga ruxsat etiladi. 15. Kompressor bosimi 4,0 — 4,5 MPa da (40 — 45 kgs/sm2) boʻlgan havo yigʻgichlaridagi namlikni 3 sutkada kamida 1-marta, doimiy navbatchi xodimlari boʻlmagan obyektlarda esa ekspluatatsiya tajribasi asosida tuzilib, tasdiqlangan ish jadvali asosida chiqarib tashlash zarur. Havo yigʻgichlar tubi va chiqaruvchi joʻmrak isitilgan boʻlishi va atrof-havo harorati manfiy boʻlib namlik chiqarib tashlanayotganda, muzni eritish uchun zarur vaqtga ulanadigan elektr isitish qurilmalari bilan jihozlanishi shart. Bosimi 23 MPa (230 kgs/sm2) boʻlgan ballonlar guruhi kondensat yigʻgichlardan namlikni chiqarish kompressorning har bir ishga tushirilishida avtomatik tarzda amalga oshirilishi shart. Namlik muzlab qolishining oldini olish uchun ballonlarning pastki qismlari va kondensat yigʻgichlar elektr isitkichi boʻlgan issiqlik izolyatsiyalangan kamerada joylashtirilishi shart. Siqilgan havoni tozalovchi bloklardan (keyingi oʻrinlarda — HTB) keyin oʻrnatilgan ballonlar bundan mustasno. HTBning nam ajratkichini puflanishi sutkada kamida 3-marta amalga oshirilishi kerak. HTBdan chiqishda havoning quritish darajasini — shudring nuqtasini tekshirish sutkada 1-marta oʻtkazilishi shart. Shudring nuqtasi ― atrof-havoning musbat haroratida, minus 50 °C dan va manfiy haroratida, minus 40 oC dan yuqori boʻlmasligi kerak. 16. Havoli oʻchirgichlarda va boshqa kommutatsiya apparatlarining uzatmalarida ishlatilayotgan siqilgan havo mexanik aralashmalaridan har bir havoli oʻchirgichning taqsimlovchi shkaflarida yoki har bir apparat uzatmasini taʼminlovchi xavo oʻtkazgichlarda oʻrnatilgan filtrlar yordamida tozalanishi shart. Havo tayyorlovchi tarmoqning montaji tugaganidan keyin havoli oʻchirgichlar rezervuarlarini va boshqa apparatlar uzatmalarini birinchi bor toʻldirishdan oldin, barcha havo oʻtkazgichlar puflanishlari shart. Ekspluatatsiya jarayonida siqilgan havo ifloslanishining oldini olish uchun quyidagi muddatlarda puflashlar oʻtkazilishi shart: atrof-havo harorati musbat boʻlganda, magistral havo oʻtkazgichlarda kamida 2 oyda 1-marta; tarmoqdan taqsimlovchi shkafgacha boʻlgan shoxobchalar havo oʻtkazgichlarida va shkafdan oʻchirgichning har bir qutbi rezervuarlarigacha va boshqa apparatlarning uzatmalarida ularni apparatdan ajratgan holda, apparatning har bir oʻrta taʼmiridan keyin; havoli oʻchirgichlar rezervuarlarida ularni siqilgan havo bilan har bir toʻldirishdan oldin; atrof-havoning musbat haroratida kamida 1 oyda 1-marta, shuningdek, haroratning har bir keskin (15 — 20 oS va undan ortiq) pasayganida. 17. Havoli oʻchirgichlar va boshqa apparatlarning rezervuarlari, shuningdek, havo yigʻgichlar va ballonlar bosim ostida ishlayotgan idishlarni oʻrnatish va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalarida belgilangan talablarini qanoatlantirishi shart. Havoli oʻchirgichlar va boshqa yuqori kuchlanish apparatlarining rezervuarlari, Oʻzenergoinspeksiya hududiy boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilmaydi. Kompressor bosimili havo yigʻgichlar va ballonlarni, shuningdek, havoli oʻchirgichlar va boshqa apparatlar rezervuarlarini ichki koʻrikdan oʻtkazishda kamida 4 yilda 1-marta, ularning gidravlik sinovlari esa (havoli oʻchirgichlar va boshqa apparatlar rezervuarlaridan tashqari) kamida 8 yilda 1-marta oʻtkazilishi shart. Havoli oʻchirgichlar rezervuarlarini gidravlik sinovlari koʻrikdan oʻtkazishda aniqlangan nuqsonlar, rezervuarlarning mustahkamligiga shubha boʻlgan hollarda oʻtkazilishi kerak. Rezervuarlarning ichki yuzalari zanglashga qarshi qoplamaga ega boʻlishi shart. 18. TQ magistral havo oʻtkazgichlarini puflash va filtrlar toʻldiruvchisini almashtirish bir yilda kamida 1-marta, havo quritgich toʻldiruvchisini almashtirish zarurat boʻyicha amalga oshiriladi. 19. Yuklama oʻchirgichlarining soʻndiruvchi kameralarini tekshirish, gazni generatsiyalovchi yoy oʻchiruvchi ichquymaning yemirilish va qoʻzgʻalmas yoy soʻndiruvchi kontaktlarning kuyish darajasini aniqlash, korxona elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs belgilagan muddatlarda, yuklama oʻchirgichlari tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar sonidan kelib chiqib, davriy ravishda oʻtkaziladi. 20. Havoli oʻchirgichlarda izolyatorlar ichki boʻshligʻi ventilyatsiyasining ishlashi davriy tekshirilishi kerak (koʻrsatkichi bor oʻchirgichlar uchun). Tekshirish davriyligi ishlab chiqaruvchi zavod takliflari asosida belgilanishi shart. 21. Elektr uskunalarini sinash Elektr uskunalarini SQ va Mga muvofiq oʻtkaziladi. 22. TQ uskunalarini kapital taʼmirlash quyidagi muddatlarda oʻtkazilishi kerak: moyli oʻchirgichlarni 6 — 8 yilda 1-marta, taʼmirlar orasidagi davrda uzatmali oʻchirgichning xususiyatlari nazorat qilib borilganda; yuklama oʻchirgichlarini, ajratgichlar va yerga ulovchi pichoqlarni 4 — 8 yilda 1-marta (konstruktiv xususiyatlariga bogʻliq holda); havoli oʻchirgichlarni 4 — 6 yilda 1-marta; alohidalagichlarni, ochiq pichoqli qisqa tutashtirgichlarni va ularning yuritmalarini 2-3 yilda 1-marta; kompressorlarni 2-3 yilda 1-marta; elegazli komplekt taqsimlovchi qurilmalarni 10 — 12 yilda 1-marta; elegazli va vakuumli oʻchirgichlarni 10 yilda 1-marta; tok oʻtkazgichlarni 8 yilda 1-marta; barcha apparatlar va kompressorlarni ekspluatatsiya qilish muddatidan qatʼi nazar, resursi tugagandan keyin. Oʻrnatilgan uskunani birinchi marta taʼmirlash ishlab chiqaruvchi zavodning texnik hujjatlarida koʻrsatilgan muddatlarda oʻtkazilishi kerak. Ichki oʻrnatilgan ajratgichlar zarurat boʻyicha taʼmirlanishlari kerak. TQning qolgan apparatlarini (tok va kuchlanish transformatorlarini, aloqa kondensatorlarini va shunga oʻxshash) kapital taʼmirlash ham zarurat boʻyicha profilaktik sinovlar va koʻrikdan oʻtkazishlar natijalarini hisobga olib, amalga oshiriladi. TQ uskunalarini joriy taʼmirlash, shuningdek, ularning ishlashini tekshirish (ishlatib koʻrish) zarur boʻlganda, elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs belgilagan muddatlarda oʻtkazilishi shart. Navbatdan tashqari taʼmirlar uskunalar ishlamay qolganda, shuningdek, ularning kommutatsion yoki mexanik resursi tugagan hollarda amalga oshiriladi. 23. Ustunli, machtali transformator podstansiyalarining va almashlab ulash punktlarining ajratkichlari uzatmalari qulflangan boʻlishi yoki boshqaruv dastagi olib qoʻyilgan va xizmat koʻrsatuvchi tezkor xodimda saqlanishi shart. Xizmat koʻrsatish maydonchasining statsionar zinapoyalari ajratgichlar bilan blokirovka qilingan boʻlishi va qulflangan boʻlishi shart. 24. TTda quyidagilar boʻlishi shart: yetarli miqdorda koʻchma yerga ulagichlar; himoya, yongʻinga qarshi va yordamchi vositalar (qum, oʻt oʻchirgichlar); protivogazlar, respiratorlar va baxtsiz hodisalar tufayli jabrlanganlarga vrach kelguncha tibbiy yordam koʻrsatish vositalari. Tezkor-chiqish brigadalari xizmat koʻrsatadigan TQlar uchun koʻchma yerga ulagichlar va himoya vositalari tezkor-chiqish brigadalarida boʻlishi mumkin. 25. Agar sxema boʻyicha kuchlanish transformatorining ikkinchi tomonida kuchlanish paydo boʻlish ehtimoli boʻlsa, kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjirlari blok-kontaktlar yordamida avtomatik tarzda birlamchi zanjir bilan bir vaqtda oʻchiriladi. 26. TQdagi barcha yozuvlar ushbu Qoidalarga 9-ilova “Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan taqsimlovchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar” ga muvofiq bajariladi. 27. TQni koʻrikdan oʻtkazishda asosiy eʼtiborni quyidagilarga qaratish kerak: xonalarning holatiga, eshik va derazalarning sozligiga, shipda va qavatlar orasidagi toʻsiqlarda oqishning yoʻqligiga, qulflarni borligi va sozligiga; isitish va ventilyatsiya, yoritish va yerga ulash tarmogʻining sozligiga; himoya vositalarining mavjudligiga; apparatlardagi moy sathi, haroratiga va oqishining yoʻqligiga; past kuchlanish panelidagi kontaktlar, rubilniklar holatiga; hisoblagich va relelarda plombaning butunligiga hamda hisoblagichning ishlashiga; izolyatsiyaning holatiga (changlanishi, yoriqlar, razryadlar borligi va shunga oʻxshash); signalizatsiya tizimining ishlashiga; havoli oʻchirgichlar baklarida havoning bosimiga; havo sirqishi yoʻqligiga; oʻchirgichlar holatlari koʻrsatkichlarining koʻrsatishi sozligi va toʻgʻriligiga; havoli oʻchirgichlar qutblari ventilyatsiyasining mavjudligiga; havoli oʻchirgichlarning sigʻim boʻlgich kondensatorlaridan moy oqishi yoʻqligiga; yilning sovuq vaqtlarida elektr isitish qurilmasining ishlashiga; boshqaruv shkaflari berkitilishining zichligiga; kommutatsiya apparatlariga va boshqalarga yengil kirish mumkinligiga. 28. TQ uskunalari davriy ravishda chang va iflosdan tozalanishi shart. Tozalash muddatlarini, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligiga javobgar belgilaydi. TQ xonalarni yigʻishtirish va elektr uskunalarini tozalashni oʻqitilgan xodimlar xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, bajarishlari shart. 29. TQdagi zaxira elementlarning (transformatorlar, oʻchirgichlar, shinalar va boshqalar) sozligi mahalliy yoʻqriqnomalarda belgilangan muddatlarda kuchlanish ostiga ulash bilan surunkali tekshirib turilishi shart. 30. Daraxtlar, shuningdek, balandligi 4 metrdan ortiq oʻsimliklar bilan taqsimlovchi qurilmalar orasidagi masofa shunday boʻlishi kerakki, bunda daraxt agʻanaganda uskunalar shikastlanmasligi lozim. 31. TQga va podstansiyalarga avtomashinalar kirish yoʻllari soz holatda boʻlishi shart. 32. OTQ va YOTQning kabel kanallari va yer usti kabel lotoklari yonmaydigan plitkalar bilan yopilgan boʻlishi shart. Avtotransportning kabel kanallari ustidan oʻtishga ruxsat etilgan joylari belgi bilan koʻrsatilishi shart. Tunnellar, kanallar, yertoʻlalar toza saqlanishi, drenaj qurilmalar esa suvni toʻsiqlarsiz chiqib ketishini taʼminlanishi kerak. 33. Asosiy izolyatsiya sifatida yoki kirishlar va apparatlarni toʻldirish uchun ishlatiladigan mastika sovuqqa chidamli boʻlishi kerak. Moy bilan toʻldirilgan kirishlardagi moy oksidlanishdan himoyalangan boʻlishi shart. 34. Moyli oʻchirgichlardagi, oʻlchov transformatorlari va kirish joylaridagi moy sathi atrof-havoning maksimal va minimal haroratlarida moy koʻrsatkich shkalasi chegarasida qolishi shart. Germetik boʻlmagan kirish joylaridagi moy namlikdan himoyalangan boʻlishi kerak. 35. YOTQdagi shinalarning ajraladigan ulashlaridagi qizishlarga doir tasdiqlangan ish jadvali boʻyicha statsionar va koʻchma indikatorlar yordamida nazorat amalga oshirilishi kerak.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 32. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 9-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 34. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 11-ILOVA. Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Qoʻshni boʻlimlar
- 29Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 6-ILOVA. Oʻta kuchlanishlardan himoya qiluvchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 30Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 7-ILOVA. Kondensator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 31Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 8-ILOVA. Akkumulyator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 32Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 9-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 34Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 11-ILOVA. Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 35Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 12-ILOVA. Elektr oʻlchash vositalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 36Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 13-ILOVA. Yerga ulash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 37Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qaroriga 2-ILOVA. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi QOIDALARI — 1-bob. Umumiy qoidalar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.