VM qarori № 712, 29-boʻlim

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 6-ILOVA. Oʻta kuchlanishlardan himoya qiluvchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

1. Ushbu Qoidalar isteʼmolchilarga tegishli boʻlgan 220 kV gacha kuchlanishli oʻzgaruvchan tok elektr qurilmalarini oʻta kuchlanishlardan himoya qiluvchi barcha qurilmalarga taalluqlidir. Himoya qurilmalari amaldagi EQTQ va oʻta kuchlanishdan himoya qilish boʻyicha rahbariy hujjatlar talablarini qondirishi shart. 2. Isteʼmolchilarning bino va inshootlari javobgarlik darajasidan kelib chiqib, yashindan himoya qiluvchi tegishli qurilmalar bilan taʼminlanadi. Yashinning toʻgʻridan-toʻgʻri urishidan himoya oʻzakli yoki trossli yashin qaytargichlar bilan amalga oshirilgan boʻlishi mumkin. Yashindan himoya qiluvchi qurilmalarga, shuningdek, yerga ulangan metall tom va metalldan boʻlmagan tomga tashlangan metall toʻr ham kiradi. 3. Alohida oʻrnatilgan yashin qaytirgichlar yoki ularni ushlab turuvchi konstruksiyalar sifatida tutun quvurlar va inshootlardan foydalanuvchi korxonalar, ushbu yashin qaytirgichlar himoya qiladigan zonalar chizmasiga ega boʻlishi shart. Rekonstruksiya qilinganda va qurilish ishlari bajarilganda himoya zonalarini aniqlashtirish zarur. 4. OTQ konstruksiyalariga, alohida turgan oʻzakli yashin qaytargichlarga, projektor machtalariga, tutun quvurlariga va gradirnyalarga 1000 V gacha kuchlanishli HL simlarini (yorituvchi, telefon va shunga oʻxshash) osish va ushbu tarmoqlarni mazkur inshootlarga olib kelish man etiladi. Koʻrsatilgan tarmoqlar — kabel tarmoqlari boʻlishi shart. 5. Korxonalarda quyidagi tartibga solingan maʼlumotlar saqlanishi shart: himoya oraliqlarida ventilli va quvurli razryadlagichlarning oʻrnatilishi haqida (razryadlagich turlari, himoya qilinayotgan uskunalargacha masofa), shuningdek, quvurli (naysimon) razryadlagichdan tarmoq ajratgichlar va ventilli razryadlagichlargacha boʻlgan masofalar haqida; yashindan himoya qilish vositalari oʻrnatilgan tayanchlar yerga ulagichlarining, shu jumladan troslarning qarshiligi haqida; elektr uzatish tarmoqlarining podstansiyalarga yaqinlashishida tuproqning qarshiligi haqida; elektr uzatish tarmoqlarining boshqa elektr uzatish, aloqa va avtoblokirovka tarmoqlari bilan kesishishi, HLdan shoxoblanishlar, tarmoqdagi kabel uchastkalari va boshqa izolyatsiyasi zaif boʻlgan joylar haqida. 6. Barcha kuchlanishdagi ventilli razryadlagichlar doimo ulangan boʻlishi shart. OTTda qishki mavsumda (yoki uning alohidagi oylarida) dovulli shamollar boʻladigan, muzlaydigan, harorat keskin oʻzgaradigan va intensiv ifloslanadigan tumanlarda faqat yashindan himoya qilish uchun moʻljallangan ventilli zaryadsizlagichlarni oʻchirib qoʻyishga ruxsat beriladi. Avtotransformatorlardagi ventilli razryadlagichlarni oʻchirib qoʻyish mumkinligi ishlab chiqaruvchi zavod bilan kelishiladi. Barcha kuchlanishli HLda quvurli razryadlagichlar va himoya oraliqlarining uchqun oraliqlarini qishki davrda uzaytirmasdan qoldirishga ijozat beriladi. 7. Ventilli va quvurli razryadlagichlarning Elektr uskunalarni SQ va Mga muvofiq sinovlari oʻtkaziladi. 8. Podstansiyalarda oʻta kuchlanishdan himoya qilish vositalari quyidagilarda koʻrikdan oʻtkazilishi shart: doimiy navbatchi xodimlari boʻlgan qurilmalarda, navbatdagi koʻrik vaqtida, shuningdek, chiqib ketuvchi HLning releli himoyasi ishlab ketishini keltirib chiqargan har bir momaqaldiroqdan keyin; doimiy navbatchi xodimlari boʻlmagan qurilmalarda ― barcha uskunalarni koʻrikdan oʻtkazishda. 9. HLda oʻrnatilgan quvurli razryadlagichlar va himoya oraliqlari koʻriklari yerdan turib koʻrik oʻtkazuvchi tomonidan quyidagi hollarda oʻtkaziladi: HLni har bir navbatdagi koʻrikdan oʻtkazishda; momaqaldiroqdan keyin HL oʻchganda yoki AQU qurilmasi ishlaganda, agar izolyatsiya buzilishiga (yerga tutashishga) shubha boʻlsa. 10. Podstansiyaga kirishda oʻrnatilgan quvurli razryadlagichlarni navbatchi xodim asosiy uskunalar bilan birgalikda davriy, shuningdek, podstansiya joylashgan hududda yoki undan chiqib ketgan elektr uzatish tarmogʻi uchastkalarida sodir boʻlgan momaqaldiroqdan keyin koʻrikdan oʻtkazadi. 11. Momaqaldiroq mavsumidan oldin kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan HLning temir-beton tayanchlariga oʻrnatilgan izolyatorlar ilgaklari va shtirlarini, shuningdek, ushbu tayanchlar armaturalarini yerga ulanishlari sozligi tanlov asosida (elektr hoʻjaligiga javobgar xohishiga koʻra) tekshirilishi kerak. Nol sim boʻlgan taqdirda, ushbu elementlarni nol simga ulanganligi ham tekshiriladi. 12. Yoy soʻndiruvchi reaktorlar bilan yerga tutashishning sigʻim tokini kompensatsiyalash, sigʻim toki quyidagi qiymatlardan ortganda qoʻllaniladi:

Tarmoqning nominal kuchlanishi, kV61015 — 2035
Yerga tutashuvning sigʻim toki, A30201510

Tarmoq kuchlanishi 6 — 35 kV boʻlgan HLdagi temir-beton va metall tayanchlarda, yerga tutashishning sigʻim toki 10 A dan yuqori boʻlganda yoy soʻndiruvchi apparatlar qoʻllaniladi. Tarmoqlarda yerga tutashuvning sigʻim tokini kompensatsiya qilish uchun tokni avtomatik yoki qoʻl bilan rostlovchi yerga ulanadigan yoy soʻndiruvchi reaktorlar qoʻllanilishi kerak. Sigʻim toklarini, yoy soʻndiruvchi reaktor toklarini, yerga tutashuv toklarini va neytral siljish kuchlanishlarini oʻlchashlar, yoy soʻndiruvchi reaktorlarni ekspluatatsiyaga tushirishda va tarmoq rejimlari anchagina oʻzgarganda, lekin kamida 6 yilda 1-marta oʻtkazilishi kerak. 13. Sigʻim tokini kompensatsiyalab ishlayotgan tormoqlarda kuchlanish nosimmetriyaligi faza kuchlanishining 0,75 foizidan ortmasligi shart. Tarmoqda yerga tutashish boʻlmaganda, neytralning siljish kuchlanishi faza kuchlanishidan 15 foizdan yuqori boʻlmasligiga uzoq muddat, 30 foizdan yuqori boʻlmasligiga 1 soat davomida ruxsat beriladi. Kuchlanish nosimmetriyaligini pasaytirish va neytralni koʻrsatilgan qiymatlargacha siljitish yerga nisbatan fazalar sigʻimini rostlash bilan amalga oshiriladi (faza simlarini oʻzaro joylashishini oʻzgartirish, shuningdek, tarmoqlar fazalari orasida yuqori chastotali aloqa kondensatorlarini taqsimlash bilan). Tarmoqqa yuqori chastotali aloqa kondensatorlari va aylanuvchi mashinalarning yashindan himoya qilish kondensatorlari ulanganda, yerga nisbatan fazalar sigʻimlarining nosimmetriyasiga yoʻl qoʻyilishi mumkinligi tekshirilishi shart. Neytralda koʻrsatilgan qiymatlardan ortiq kuchlanish siljishiga olib kelishi mumkin boʻlgan elektr uzatuvchi havo va kabel tarmoqlarini fazalar boʻyicha ulash va oʻchirish man qilinadi. 14. Ayni vaqtda tarmoqda yerga ulanish boʻlsa, yoy soʻndiruvchi apparatlarni oʻchirib qoʻyishga ijozat berilmaydi. 15. Sigʻim tokini kompensatsiyasi bilan ishlayotgan tarmoqdan taʼminlanayotgan korxona, energetika tizimining tezkor xodimlarini isteʼmolchi tarmogʻi sxemasidagi oʻzgarishlar haqida yoy soʻndiruvchi reaktorlarni qayta qurish (sozlash) uchun oʻz vaqtida ogohlantirishi shart. 16. Transformatorlar va avtotransformatorlarning ishlatilmayotgan past (oʻrta) kuchlanish choʻlgʻamlari yulduzga yoki uchburchakka ulanishi va oʻta kuchlanishdan himoya qilingan boʻlishi shart. 17. Har yili momaqaldiroq mavsumidan oldin, yashindan himoya qilish sxemalarini ularning qurilmalarida va elektr zanjiri sxemalaridagi boʻlib oʻtgan yoki boʻladigan oʻzgarishlarni hisobga olib, ular yashindan himoya qilish vositalarini joylashtirishning namunaviy sxemalariga mos kelishi uchun tekshirish zarur. 18. Kuchlanishi 110 — 220 kV boʻlgan podstansiyalarda neytralni oʻzidan-oʻzi siljishini yoki xavfli ferrorezonans jarayonlarning oldini olish uchun tezkor harakatlar NKF-110 va NKF-220 kuchlanish transformatorlari boʻlgan yuklanmagan shinalar tizimiga ulanayotgan transformator neytralini yerga ulash bilan boshlanishi kerak. 19. Kuchlanishi 110 — 220 kV boʻlgan tarmoqlarda transformatorlarning 110 — 220 kV kuchlanishli choʻlgʻamlari neytralini yerdan ajratish, shuningdek, releli himoya va avtomatikaning harakatini tanlash shunday amalga oshirilishi kerakki, bunda turli tezkor va avtomatik oʻchirishlarda neytrallari yerga ulangan transformatorlarsiz tarmoq uchastkalari ajralib qolmasligi kerak.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.