VM qarori № 712, 31-boʻlim
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 8-ILOVA. Akkumulyator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
1. Ushbu Qoidalar sanoat korxonalari va boshqa korxonalarning podstansiyalarida, ishlab chiqarish sexlarida oʻrnatilgan kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalarining statsionar qurilmalariga taalluqlidir. 2. Statsionar akkumulyator batareyalari EQTQ talablariga muvofiq oʻrnatilishi shart. 3. Kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalarini bir xonada oʻrnatish man etiladi. 4. Akkumulyator xonalarining devorlari, shipi, eshiklari, deraza panjaralari, metall konstruksiyalari, stellajlari va boshqa qismlari kislotaga (ishqorga) chidamli hamda tarkibida spirt boʻlmagan boʻyoq bilan boʻyalishi shart. Ventilyatsiya qutilari va tortuvchi shkaflar tashqaridan va ichki tarafidan boʻyalishi shart. 5. Akkumulyator batareyali xonalarni yoritish uchun portlashdan himoyalangan gʻilofda oʻrnatilgan choʻgʻlanma lampalar qoʻllanishi shart. Uzgichlar, shtepselli rozetkalar, saqlagichlar va avtomatlar akkumulyator xonasidan tashqarida joylashtirilishi shart. Yoritish tarmogʻining elektr simlari kislotaga chidamli (ishqorga chidamli) qobiqli simdan bajarilishi shart. 6. Akkumulyator xonalarida elektr pechlarni oʻrnatish man etiladi. 7. Tezkor tok tarmogʻida yerga tutashish paydo boʻlsa (yoki izolyatsiya qarshiligi nazorat qurilmasi ishlab ketishigacha kamaysa), zudlik bilan uni bartaraf qilish choralarini koʻrish kerak. 8. Tezkor tok tarmogʻida kuchlanish ostida ishlash, agar ushbu tarmoqda yerga tutashish mavjud boʻlsa, man etiladi. Tutashish joyini qidirish boʻyicha ishlar bundan mustasno. 9. Taʼminotida uzilishga yoʻl qoʻyilmaydigan elektr qabul qilgichlar bir shinalar tizimidan yoki seksiyasidan boshqasiga almashlab ulashda, uzluksiz taʼminot bilan taʼminlanishi kerak. 10. Oʻzgarmas tokning barcha yigʻmalari va halqali magistrallari ikkita taʼminot bilan taʼminlanishi kerak. 11. Akkumulyator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda, ularning uzoq vaqt ishonchli ishlashi hamda normal va avariya rejimlarida oʻzgarmas tok shinalarida kuchlanishning zarur darajasi taʼminlanishi shart. 12. Normal ekspluatatsiya sharoitlarida tezkor oʻzgarmas tok shinalaridagi kuchlanishni tok qabul qilgichlarning nominal kuchlanishidan 5 foiz yuqori ushlab turishga ruxsat beriladi. 13. Akkumulyator batareyasi raqamlangan boʻlishi shart. Yirik sonlar idishning vertikal devor yuziga kislotaga (ishqorga) chidamli boʻyoq bilan yoziladi. Batareyadagi birinchi raqam bilan musbat shinaga ulangan element belgilanadi. 14. Akkumulyator qurilmasi quyidagilar bilan jihozlangan boʻlishi shart: ulanishlarning prinsipial va montaj elektr sxemalari bilan; elektrolit zichligi va haroratini oʻlchash uchun belgilangan tartibda tekshirilgan densimetrlar (areometrlar) va termometrlar bilan; belgilangan tartibda tekshirilgan, 0 — 3 V oʻlchash chegarali, oʻzgarmas tok koʻchma voltmetrlari bilan; toʻr bilan himoyalangan koʻchma germetik lampa yoki akkumulyatorli fonar bilan; elektrolit tayyorlash va uni idishlarga quyish uchun sigʻimi 1,5 — 2 litr boʻlgan kimyoviy chidamli materialdan yasalgan tumshuqli krujka (yoki koʻza) bilan; elementlarni qoplash uchun saqlash oynalari bilan; kislotaga chidamli (ishqorga chidamli) kostum, rezina fartuk, rezina qoʻlqoplar, etiklar va himoyalovchi koʻzoynaklar bilan; kislotali batareyalar uchun sodali eritma va ishqorli batareyalar uchun borli kislota yoki sirka essensiyasi aralashmasi bilan; batareya elementlarini shuntlash uchun koʻchma tutashtirgich bilan. Doimiy tezkor xodimi boʻlmagan qurilmalar uchun yuqorida aytilganlar olib keltiriladigan toʻplamda boʻlishiga ruxsat beriladi. 15. Yangi montaj qilingan yoki kapital taʼmirdan chiqqan batareyalarni qabul qilishda quyidagilar tekshirilishi shart: akkumuluyator batareyasini montaj qilish va kapital taʼmirlash hujjatlarining (texnik hisobotning) mavjudligi; batareyalar sigʻimi, 3 — 5 A tok yoki 10 soatli zaryadsizlantirish rejimi bilan; elektrolit sifati; elektrolit zichligi va batareya zaryadlanishi va zaryadsizlantirishi oxirida elementlardagi kuchlanish; batareya izolyatsiyasini yerga nisbatan qarshiligi; alohida elementlarning ishga yaroqligi; haydovchi-tortuvchi ventilyatsiyaning ishga yaroqligi; akkumulyator xonalarining qurilish qismi EQTQ talablariga mosligi. Batareyalar ekspluatatsiya qilishga, ularning nominal sigʻimi 100 foizga yetgandan keyin tushirilishi shart. 16. Akkumulyator qurilmalariga xizmat koʻrsatish akkumulyator batareyalarini ekspluatatsiya qilish qoidalariga oʻqitilgan mutaxassisga yuklanadi. Har bir akkumulyator qurilmasida koʻrikdan oʻtkazish natijalarini va bajarilgan ishlar hajmini yozish uchun akkumulyator batareyaning jurnali boʻlishi shart. 17. Ishlayotgan kislotali akkumulyator batareyasidan elektrolit tahlili 3 yilda kamida 1-marta (har yili 1/3 elementdan) tekshirilayotgan elementlardan sinash uchun olingan namunalar boʻyicha oʻtkaziladi. Tekshiriladigan elementlarning soni akkumulyator batareyasining holatiga qarab, elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs tomonidan belgilanadi. Nazorat uchun razryadlashda, elektrolitdan namuna olish razryadlash oxirida amalga oshiriladi. Akkumulyatorlarga quyish uchun tarkibida xlor va temir yoʻqligi tekshirilgan distillangan suv qoʻllanilishi shart. 18. Doimiy zaryadlash yoki zaryadlash — zaryadsizlantirish usuli bilan ishlaydigan kislotali batareyalarda 3 oyda 1-marta, elementiga 2,3 — 2,35 V kuchlanish bilan, barcha elementlarda elektrolitning zichligi belgilangan 1,2 — 1,21 g/sm3 qiymatga yetgunga qadar tenglashtiruvchi zaryadlash (qayta zaryadlash) oʻtkaziladi. Qoʻshimcha zaryadlash davomiyligi batareyaning holatidan kelib chiqib, kamida 6 soat boʻladi. Batareyani, ushbu batareya uchun kafolatlangan, maksimaldan ortiq boʻlmagan tok bilan zaryadlashga yoki zaryadsizlantirishga ruxsat beriladi. Elektrolitning harorati zaryadlash oxirida 40 oS dan oshmasligi shart. Batareyani tenglashtiruvchi zaryadlash vaqtida unga nominalidan uch karradan kam boʻlmagan sigʻim berish kerak. Bundan tashqari, podstansiyalarda 3 oyda 1-marta qisqa vaqtda tok ulanganda kuchlanishning pasayishi boʻyicha batareyalarning ishga yaroqliligi tekshiriladi. 19. Kislotali akkumulyator batareyalarida elektrolit sathi quyidagicha boʻlishi shart: yuza-quti plastinali qoʻrgʻoshin-kislota (keyingi oʻrinlarda ― QK) turdagi statsionar akkumulyatorlar uchun elektrodlarning yuqori chekkasidan 10 ― 15 mm ga yuqori; surkalgan plastinali qoʻrgʻoshin-nikel (keyingi oʻrinlarda ― QN) turdagi statsionar akkumulyatorlar uchun saqlovchi panel ustidan 20 ― 40 mm chegarasida. Kislotali elektrolitning zichligi 20 oS da quyidagicha boʻlishi shart:
| QK turdagi akkumulyatorlar uchun | ― | 1,205 ± 0,05 g/sm3 |
| QN turdagi akkumulyatorlar uchun | ― | 1,24 ± 0,05 g/sm3 |
20. Doimiy zaryadlash rejimida ishlayotgan kislotali batareyalar zaryadsizlantirish mashqlarisiz va davriy tenglashtiruvchi zaryadlashsiz ekspluatatsiya qilinishi kerak. Batareyalarning holatiga qarab, lekin 1 yilda kamida 1-marta barcha elementlarda elektrolit zichligi ushbu Qoidalarga 8-ilovaning 19-bandida koʻrsatilgan qiymatga yetguncha batareyalarni tenglashtiruvchi zaryadlash (qoʻshimcha zaryadlash) oʻtkazish kerak. Tenglashtiruvchi zaryadlash davomiyligi batareyaning texnik holatiga bogʻliq boʻlib, 6 soatdan kam boʻlmasligi kerak. Podstansiyalarda batareyaning ishga yaroqliligi turtkili toklarda kuchlanish pasayishi boʻyicha tekshirilishi shart. Butun batareyani yoki uning alohida elementlarini tenglashtiruvchi qayta zaryadlash faqat zarurat boʻyicha amalga oshirilishi kerak. Batareyani zaryadlash va zaryadsizlantirish, ushbu batareya uchun maksimaldan yuqori boʻlmagan tok bilan ruxsat etiladi. Zaryadlash oxirida elektrolitning harorati QK turdagi akkumulyatorlar uchun 40oS dan, va QN turdagi akkumulyatorlar uchun 35oS dan yuqori boʻlmasligi kerak. 21. Akkumulyator batareyalari xonalaridagi haydovchi-tortuvchi ventilyatsiya batareyalarni zaryadlashdan oldin ulanishi va gazlar toʻliq chiqarib yuborilgandan, lekin zaryadlash tugaganidan kamida 1,5 soat keyin oʻchirilishi shart. Doimiy qayta zaryadlash joylarida esa mahalliy yoʻriqnomalarga koʻra, zarurat boʻyicha amalga oshirilishi kerak. Doimiy qayta zaryadlash usulida ishlaydigan kislotali batareyalarni ekspluatatsiya qilish zaryadsizlantirish mashqlarisiz va tenglashtiruvchi qayta zaryadlashsiz amalga oshiriladi. 22. Statsionar akkumulyator batareyalarining har bir elementi kuchlanishi, zichligi va elektrolit harorati Elektr uskunalarni SQvaM talablariga muvofiq oʻlchanadi. 23. Batareyadagi har bir elementning kuchlanishi, zichligi va harorati oyda kamida 1-marta oʻlchanishi shart. Batareyada orqada qoluvchi elementlar 5 foizdan oshmasligi shart. Zaryadsizlantirish oxirida orqada qolgan elementlar kuchlanishi qolgan elementlarning oʻrtacha kuchlanishidan 1,5 foizdan ortiqcha farq qilmasligi kerak. 24. Oʻzgarmas tok qurilmalariga kiruvchi akkumulyator batareyali toʻgʻrilovchi qurilmalarga va motor-generatorlarga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ushbu qurilmalar turi uchun belgilangan tartibda amalga oshirilishi shart. 25. Akkumulyator batareyalarini joriy taʼmirlashda quyidagilar amalga oshiriladi: plastinalar holatini tekshirish va zarur boʻlsa ularning alohida elementlarini almashtirish; seperatorlarning bir qismini almashtirish; elementlardagi quyqumni olib tashlash; elektrolitning sifatini tekshirish; stellajlar holatini va ularning yerga nisbatan izolyatsiyasini tekshirish; akkumulyator batareyalarining boshqa nosozliklarini bartaraf qilish; xonaning qurilish qismini tekshirish va taʼmirlash. 26. Zarurat boʻlgan hollarda, akkumulyator qurilmasini taʼmirlashni tashkil etish kerak. Batareyani kapital taʼmirlash (akkumulyatorlarning, plastinalarning, sepatorlarning katta qismini almashtirish, butun batareyani yoki baʼzi qismlarini qismlarga ajratish) uning holatiga qarab, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilib amalga oshirilishi kerak. Batareyani kapital taʼmirlash zarurligini kapital taʼmir olib boruvchi tashkilot yoki korxonaning elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs belgilaydi. 27. Akkumulyator uskunalarini kapital va joriy taʼmirlash davriyligi texnik xizmat koʻrsatish hamda taʼmirlash tizimiga mos kelishi shart.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 30. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 7-ILOVA. Kondensator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 32. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 9-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Qoʻshni boʻlimlar
- 27Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 4-ILOVA. Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 28Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 5-ILOVA. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 29Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 6-ILOVA. Oʻta kuchlanishlardan himoya qiluvchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 30Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 7-ILOVA. Kondensator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 32Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 9-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 33Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 10-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan podstansiyalar va taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 34Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 11-ILOVA. Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 35Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 12-ILOVA. Elektr oʻlchash vositalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.