VM qarori № 712, 35-boʻlim

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 12-ILOVA. Elektr oʻlchash vositalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

1. Ushbu Qoidalar uskunalarning texnologik parametrlarini tekshirish tizimlariga, ish rejimlarini oʻlchash vositalariga (statsionar va koʻchma), shuningdek, elektr energiyasini hisobga olish vositalariga (aktiv va reaktiv energiya hisoblagichlariga) taalluqlidir. 2. Elektr energiyasini oʻlchash va hisobga olish vositalarini oʻrnatish, montaj va ekspluatatsiya kilish EQTQ talablariga hamda ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. 3. Elektr kattaliklarni oʻlchash vositalari Oʻzbekiston Respublikasi standartlariga mos kelishi va EQTQ talablarini qondirishi, shuningdek, oʻlchash vositalarining turini tasdiqlovchi sertifikatga ega boʻlishi shart. 4. Elektr energiyasini oʻlchash va hisobga olish vositalarini davlat va idoraviy qiyoslash muddatlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi davlat standartlari, “Oʻzstandart” agentligi va idoraviy metrologiya xizmati organlarining NTH bilan belgilanadi. 5. Elektr energiyasini hisobga olishning hisob-kitob vositalarini va namunaviy oʻlchash vositalarini davlat qiyoslovidan oʻtkazish davlat standartlarida belgilangan muddatlarda, shuningdek, ushbu vositalar taʼmirlangandan soʻng oʻtkaziladi. 6. Elektr oʻlchash vositalarini qiyoslashning tashkil etilishi, uni oʻtkazish usullari va hisobotlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlariga, “Oʻzstandart” agentligi va idoraviy metrologiya xizmati organlarining NTH talablariga mos kelishi shart. 7. Barcha elektr oʻlchash vositalari ushbu oʻlchov vositalariga standartlar, texnik shartlar va zavod yoʻriqnomalarining talablariga javob beradigan sharoitlarda oʻrnatiladi va ekspluatatsiya qilinadi. 8. Elektr energiyasini oʻlchash va hisobga olish vositalariga pasportlar (yoki jurnallar) tuziladi. Ularda barcha taʼmirlar va qiyoslashlar haqida belgilar qoʻyiladi. 9. Elektr uskunalari va elektr uzatish tarmoqlarining ish rejimlarini nazorat qiluvchi statsionar oʻlchov vositalariga oʻlchanayotgan kattalikning nominal qiymatiga mos belgi qoʻyilishi kerak. Belgilarning oʻlchamlari va qoʻyish usullari oʻlchov asboblarining shkalalariga qoʻyilgan davlat standartlari talablariga mos kelishi shart. Tashqi manbadan elektr taʼminotiga ega asboblar kuchlanish mavjudligini bildiruvchi signalizatsiya qurilmasi bilan jihozlanishi shart. 10. Har bir elektr energiyasini hisoblash vositasida (hisoblash asbobida) elektr energiyasining hisobi olib borilayotgan ulanmaning nomini koʻrsatuvchi yozuv boʻlishi shart. 11. Energetika uskunasiga biriktirib oʻrnatilgan elektr oʻlchash vositalarining (tok va kuchlanish tranformatorlarining, shuntlarning, elektr oʻzgartirgichlarning va boshqalar) qiyoslash muddatlari ular oʻrnatilgan uskunalar ishlarining taʼmirlararo davriga mos kelishi shart. Uskunalarni taʼmirlash hajmiga ushbu oʻlchov vositalarini demontaji, qiyoslash va oʻrnatish ham kiritilishi shart.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.