VM qarori № 712, 28-boʻlim

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 5-ILOVA. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

1. Ushbu Qoidalar oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr dvigatellariga taalluqlidir. 2. Elektr dvigatellar, ishga tushirish-rostlash apparaturalari, nazorat-oʻlchov asboblari, himoya qurilmalari, shuningdek, barcha elektr va yordamchi uskunalar EQTQ va ishlab chiquvchi zavod talablariga muvofiq tanlanadi va oʻrnatiladi. 3. Elektr dvigatellarda va ular aylantiradigan mexanizmlarda aylanish yoʻnalishini koʻrsatuvchi strelka chizib koʻrsatilgan boʻlishi shart. 4. Elektr dvigatellarda, ularning kommutatsiya apparatlarida, ishga tushirish-rostlash qurilmalarida, saqlagichlarda va boshqalarda ular tegishli boʻlgan agregatlar va (yoki) mexanizmning nomi yozilgan boʻlishi shart. 5. Saqlagichlarning eruvchan kirgizmalari kalibrlangan boʻlishi va eruvchan kirgizmaning nominal toki koʻrsatilgan ishlab chiqaruvchi zavod yoki korxona yorligʻiga ega boʻlishi shart. Kalibrlanmagan eruvchan kirgizmalarni qoʻllash man etiladi. 6. Loyihaviy qarorlar bilan elektr taʼminotining qisqa muddatli tanaffusida oʻzi ishlab ketish qurilmasi bilan taʼminlanishi kerak boʻlgan texnologik jarayon mashina va mexanizmlar elektr dvigatellarining roʻyxati aniqlangan boʻlishi shart. Agar loyihada elektr dvigatellarning oʻzi ishlab ketishi koʻzda tutilmagan boʻlsa, u holda isteʼmolchilar tarmogʻi barcha elementlarining himoyasi, shuningdek, tugunlarning texnologik blokirovkasi shunday bajariladiki, bunda masʼul mexanizmlar elektr dvigatellarini oʻzi ishlab ketish holatining oldi olinadi. 7. Agar iqtisod qilish va kabelni tejash shartlari boʻyicha boshqacha joylashtirish talab qilinmagan boʻlsa, kommutatsiya apparatlari iloji boricha xizmat koʻrsatish qulay boʻlgan joylarda, elektr dvigatellar yaqinida joylashtirilishi lozim. Texnologik mexanizmlarning elektr dvigatellari masofadan yoki avtomatik boshqariladigan boʻlsa, oxirgi mexanizm yaqinida, elektr dvigatelni masofadan yoki avtomatik ulashning oldini oladigan, dvigatelni avariyaviy oʻchirish apparati oʻrnatilishi kerak. 8. Energetika tizimining maksimal yuklama soatlarida sinxron elektr dvigatellar quvvat koeffitsiyentining optimal qiymatida reaktiv quvvatni generatsiya qilish rejimida ishlashi kerak. Yirik (quvvati 1000 kVt dan ortiq) sinxron elektr dvigatellarning jadallashtirish qurilmalari va qoʻzgʻatishni avtomatik rostlagichlari (keyingi oʻrinlarda ― QAR) doimo ishga ulangan boʻlishlari shart. QARni oʻchirishga faqat taʼmirlash yoki tekshirish uchun ruxsat beriladi. QAR energetika tizimining ishlash grafigiga muvofiq, energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan belgilanib oʻrnatiladi. 9. Zaxiradagi elektr dvigatellar zudlik bilan ishga tushishga doimo tayyor turishi, korxonaning, sexning, uchastkaning elektr xoʻjaligiga javobgar shaxsi tasdiqlagan ish jadvali boʻyicha davriy ravishda koʻrik va sinovdan oʻtib turishi shart. 10. Texnologik jarayon stator toki boʻyicha rostlanadigan mexanizmlar, shuningdek, texnologik jihatdan oʻta yuklanishga moyil mexanizmlar elektr dvigatellari ishga tushirish panelida yoki panelida oʻrnatiladigan ampermetrlar bilan jihozlanishi shart. Ampermetrlar, shuningdek, sinxron dvigatellarning qoʻzgʻatish zanjirida ham ulangan boʻlishi kerak. Ampermetr shkalasida stator (rotor) tokining uzoq muddat ruxsat etilgan yoki nominal qiymatiga mos qizil chiziq boʻlishi kerak. 11. Elektr dvigatellarning guruhli yigʻmalarida va panellarida kuchlanish borligining nazorati voltmetrlar yoki signal lampalari bilan koʻzda tutilgan boʻlishi shart. 12. TQ shinalaridagi kuchlanish nominalning 100 — 105 foizi chegarasida ushlab turilishi kerak. Elektr dvigatellarning uzoq vaqt ishlatilishini taʼminlash uchun ularni kuchlanish nominaldan 110 foizdan ortiq va 95 foizdan kam boʻlganda ishlatish tavsiya etilmaydi. 13. Har bir podshipnikda oʻlchangan elektr dvigatellarning titrashi, rotorning oʻq boʻylab surilishi, havo tirqishi oraligʻi oʻlchami Elektr uskunalarini SQ va Mda keltirilgan kattaliklardan oshmasligi kerak. 14. Elektr dvigatellarning yuklamasi, podshipniklarning harorati, yopiq ventilatsiya tizimiga ega elektr dvigatellarda kiradigan va chiqadigan havo harorati ustidan doimiy nazoratni, podshipniklarga qarash, ishga tushirish, rostlash va toʻxtatish operatsiyalarini mexanizmga xizmat koʻrsatuvchi elektr texnologik xodim amalga oshiradi. 15. Quyidagi hollarda elektr dvigatel zudlik bilan (avariyaviy) tarmoqdan oʻchiriladi: odamlar bilan baxtsiz hodisalar yuz berganda; elektr dvigateldan, shuningdek, uning ishga tushirish-rostlash apparaturasidan va qoʻzgʻatish qurilmasidan tutun yoki olov paydo boʻlganda; yuritmaning mexanizmi buzilganda, normal boʻlmagan taqqillash paydo boʻlganda; agregat podshipniklarining titrashi keskin oshganda; podshipniklar ishlab chiqaruvchi zavod yoʻriqnomasida belgilangan ruxsat etilgan haroratdan ortiq qiziganda. Mahalliy yoʻriqnomalarda elektr dvigatellar avariyaviy oʻchirilishi shart boʻlgan boshqa hollar ham koʻrsatilishi, shuningdek, avariya holatini bartaraf qilish va elektr dvigatellarni ishga tushirish tartibi belgilanishi mumkin. 16. Elektr dvigatellarda profilaktik sinovlar va oʻlchashlar Elektr uskunalarini SQ va Mga muvofiq oʻtkazilishi shart.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.