VM qarori № 712, 36-boʻlim
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 13-ILOVA. Yerga ulash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
1. Yerga ulanadigan va nol himoya simlarini yerga ulagichlarga, yerga ulovchi konturga va yerga ulovchi konstruksiyalarga ulash payvandlash orqali apparatlar, mashinalar va elektr uzatish havo tarmoqlari tayanchlari korpuslariga ulash esa payvandlash yoki mustahkam boltli birikmalar orqali bajarilishi shart va davlat standarti talablarini qoniqtirishi kerak. Yerga yoki nol simiga ulanishi kerak boʻlgan elektr qurilmani har bir qismi yerga ulash yoki nol simiga ulash tarmogʻiga alohida sim orqali ulanishi shart. Elektr qurilmalarining yerga yoki nol simiga ulanuvchi qismlarini yerga yoki nol himoya oʻtkazgichiga ketma-ket ulash man qilinadi. 2. Ochiq oʻtkazilgan, poʻlatdan qilingan yerga ulash simlari ajralib turadigan rangga ega boʻlishi shart. 3. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalarida yerdan faza yoki nol simi sifatida foydalanish man etiladi. 4. Yerga ulash qurilmasining texnik holatini aniqlash uchun davriy ravishda quyidagilar oʻtkazilishi shart: yerga ulash qurilmalarning koʻrinadigan qismlarini tashqi koʻrikdan oʻtkazish; yerga ulagich va yerga ulanayotgan elementlar oʻrtasidagi zanjirni tekshirish bilan koʻrikdan oʻtkazish (yerga ulovchi qurilma bilan apparatlarni birlashtiruvchi simlarda uzilgan va qoniqarsiz kontaktlar yoʻqligi), shuningdek, transformatorlarning saqlagichlarini tekshirish; yerga ulash qurilmasining qarshiligini oʻlchash; faza — nol zanjirini tekshirish; tabiiy yerga ulash ulashlarining mustahkamligini tekshirish; yerga koʻmilgan yerga ulash qurilmasining elementlarini koʻrish uchun tuproqni ixtiyoriy tanlab ochib koʻrish; kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr uzatish tarmoqlari tayanchlari uchun tuproqning solishtirma qarshiligini oʻlchash. 5. Yerga ulash qurilmasining tashqi koʻrigi TQ, transformatorli podstansiyalar va taqsimlovchi punktlar, shuningdek, sex elektr uskunalari va boshqa elektr qurilmalarning koʻrikdan oʻtkazish bilan birga oʻtkaziladi. Koʻrikdan oʻtkazishlar, aniqlangan nosozliklar, qabul qilinagan choralar haqidagi tegishli yozuvlar yerga ulash qurilmasining koʻrikdan oʻtkazish jurnalida yoki tezkor jurnalda qayd etilishi kerak. 6. Yerga ulash qurilmalarining qarshiliklari qiymatini, tegish kuchlanishi amaldagi Elektr uskunalarini SQ va Mga muvofiq boʻlishini taʼminlash maksadida EQTQ talablari bilan aniqlangan darajada saqlab turish shart. 7. Ekspluatatsiyadagi har bir yerga ulash qurilmasi, qurilmaning sxemasi, asosiy texnik maʼlumotlari, uning holatini tekshirish maʼlumotlari, ushbu qurilma konstruksiyasiga kiritilgan taʼmirlar va oʻzgarishlar xarakteri haqida maʼlumotlar koʻrsatilgan pasportga ega boʻlishi kerak.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 35. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 12-ILOVA. Elektr oʻlchash vositalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 37. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qaroriga 2-ILOVA. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi QOIDALARI — 1-bob. Umumiy qoidalar
Qoʻshni boʻlimlar
- 32Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 9-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 33Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 10-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan podstansiyalar va taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 34Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 11-ILOVA. Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 35Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 12-ILOVA. Elektr oʻlchash vositalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 37Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qaroriga 2-ILOVA. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi QOIDALARI — 1-bob. Umumiy qoidalar
- 382-bob. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda asosiy xavfsizlik talablari — 1-§. Tezkor xizmat koʻrsatish va ishlarni bajarish Tezkor xizmat koʻrsatish
- 392-§. Ishlarning xavfsiz bajarilishini taʼminlovchi tashkiliy chora-tadbirlar
- 403-§. Avariyalarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.