VM qarori № 712, 34-boʻlim
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 11-ILOVA. Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
1. Barcha releli himoya, ikkilamchi zanjir, elektr avtomatika, elektr oʻlchash va telemexanika qurilmalari EQTQga muvofiq boʻlishi shart. 2. Podstansiyalar yoki taqsimlovchi qurilmalarda oʻrnatilgan RHAvaT qurilmalarining ishlashini tahlil qilish va elektr uzatish havo tarmoqlarida shikastlangan joylarni aniqlash uchun qoʻllaniladigan avariya rejimlarida avtomatik tezlanib yozadigan oʻziyozar asboblar, avariyaviy yozuvlarning avtomatik ossillograflari, shu jumladan ularni ishga tushuruvchi qurilmalar, qayd qiluvchi asboblar (indikatorlar) va boshqa qurilmalar EQTQ talablariga muvofiq boʻlishi shart. 3. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot bilan isteʼmolchining aloqa tarmoqlaridagi, shuningdek, energiya bilan taʼminlovchi tashkilot dispetcherining tezkor boshqaruvidagi yoki tezkor nazorati ostidagi isteʼmolchilar podstansiyalari transformatorlarining (avtotransformatorlarining) oʻrnatmalari qiymati energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning tegishli RHA xizmati bilan kelishilgan boʻlishi shart. Oʻrnatma qiymatini tanlashda, zaxirani avtomatik ulash va avtomatik qayta ulash qurilmalarining borligi hisobga olinib, harakatning selektivligi taʼminlanishi shart. Bundan tashqari, selektivlik boʻyicha oʻrnatma qiymatini aniqlashda sexlardagi agregatlar va mexanizmlarning texnologik avtomatikasi hamda blokirovkasi qurilmalarining ishlashi hisobga olinishi shart. 4. Releli himoya qurilmalarining barcha oʻrnatma qiymatlari korxona va energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning minimal elektr yuklamasi sharoitlarida elektr taʼminotining amaldagi sxemasi uchun tekshirilishi shart. 5. Tezkor tok zanjirlarida himoya apparatlari (saqlagichlar va avtomatik oʻchirgichlar) harakatining selektivligi taʼminlanishi shart. 6. Ekspluatatsiya qilishda releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika qurilmalari va ikkilamchi zanjirlarning normal ishlashi uchun sharoitlar (ruxsat etilgan harorat, namlik, titrash, ishchi parametrlarning nominaldan chetga chiqishi va boshqalar) taʼminlanishi shart. 7. Elektr tarmogʻining ish rejimiga va selektivlik shartlariga, vazifalariga va ishlash prinsiplariga koʻra ishdan chiqarilgan boʻlishi lozim boʻlgan qurilmalardan tashqari ekspluatatsiya qilinayotgan RHAvaT qurilmalari doimo ulangan ishchi holatida boʻlishi shart. RHAvaT qurilmalarini rejali ishlashdan chiqarish tegishli buyurtma bilan rasmiylashtirilishi va yuqori turuvchi navbatchi xodimning (mansubligi boʻyicha) ruxsati bilan amalga oshirilishi shart. Notoʻgʻri ishlash xavfi tugʻilgan holda, RHAvaT qurilmalari yuqori turuvchi navbatchi xodimning ruxsatisiz, lekin keyinchalik unga xabar berib, mahalliy yoʻriqnomaga muvofiq va buyurtma rasmiylashtirilib, ishlashdan chiqarilishi kerak. Bunda ishda qolgan releli himoya qurilmalari elektr uskunalarni va elektr uzatish tarmoqlarini barcha turdagi shikastlanishlardan toʻliq himoyalashni taʼminlashi shart. Agar bunday shartga rioya qilinmasa, vaqtincha himoya qilinishi yoki ulanma oʻchirilishi shart. 8. Ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan sozlash ishlari bajarilganda, ularni qabul qilishni RHAvaT qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatuvchi xodimlar amalga oshiradilar. Yangi montaj qilingan qurilmalarni ekspluatatsiya qilishga ruxsat releli himoya, avtomatika va telemexanika jurnaliga yozilib, ushbu korxona (yuqori turuvchi tashkilotlar) vakili va sozlash tashkilotining javobgar ijrochisi imzolari bilan rasmiylashtiriladi. Korxonada RHAvaT qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatuvchi xodimlar boʻlmasa, unda ularni yuqori turgan tashkilot xodimlari qabul qiladilar. 9. RHAvaT va signalizatsiya qurilmalari panellari va shkaflarining old va orqa tomonlarida, shuningdek, boshqaruv panellari va pultlarida dispetcherlik nomlariga mos ravishda ularning vazifalarini koʻrsatuvchi yozuvlar, ularda oʻrnatilgan apparatlarda esa sxemalarga muvofiq yozuvlar yoki markirovka boʻlishi shart. 10. Qisqich yigʻmalariga (qatorlariga) ulangan simlar sxemalarga mos keluvchi markirovkaga ega boʻlishi shart. Nazorat kabellarida markirovka ularning oxirlarida, tarmoqlanishida va kabel oqimlarini kesishish joylarida, devor, ship va shunga oʻxshashlar orqali oʻtish joylarida ikki tomonda boʻlishi shart. Boʻsh kabel tolalarining uchlari izolyatsiyalangan boʻlishi shart. 11. Yerga nisbatan RHAvaT qurilmalarining elektr bogʻlangan ikkilamchi zanjirlarining izolyatsiya qarshiligi, shuningdek, elektr bogʻlanmagan turli moʻljaldagi zanjirlar oʻrtasidagi (oʻlchash zanjirlari, tezkor tok, signalizatsiya zanjirlari) izolyatsiya qarshiligi har bir birikma uchun 1 MOm dan kam boʻlmasligi, teleboshqaruvning tashqi zanjirlarida va telemexanika qurilmalarining 220 V kuchlanishli taʼminlash zanjirlarida esa 10 MOm dan kam boʻlmasligi taʼminlanishi shart. RHAvaT qurilmalari zanjirlari, teleboshqaruvning chiqish zanjirlari va 220 V taʼminlash zanjirining izolyatsiya qarshiligi 1000 — 2500 V ga moʻjallangan megaommetr bilan ishchi kuchlanishi 60 V va undan kam boʻlgan RHA qurilmalari zanjirlari va telemexanika zanjirlari 500 V ga moʻljallangan megaommetr bilan oʻlchanadi. Tarkibida yarim oʻtkazgich va mikroelektronika elementlari bor boʻlgan RHAvaT qurilmalarining ikkilamchi zanjirlari izolyatsiyasini tekshirishda, ushbu elementlarning shikastlanishining oldini olish choralari koʻrilishi shart. 12. RHAvaT qurilmalarini montajdan keyin ulashda va birlamchi profilaktik sinovlarida RHAvaT elektr bogʻlangan zanjirlarining va har bir ulanmani boshqa barcha ikkilamchi zanjirlarining yerga nisbatan izolyatsiyasi, shuningdek, bitta panel chegarasida joylashgan elektrli bogʻlanmagan zanjirlar orasidagi izolyatsiya, 60 V va undan past ishchi kuchlanishga hisoblangan elementlar zanjirlaridan tashqari, oʻzgaruvchan tokning 1000 V kuchlanishi bilan 1 minut davomida sinalishi shart. 13. RHAvaT qurilmalarining barcha toʻgʻri va notoʻgʻri ishlash holatlari, shuningdek, ularga tezkor va texnik xizmat koʻrsatish jarayonida aniqlangan nuqsonlar (nosozliklar) xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tomonidan sinchkovlik bilan tahlil qilinishi kerak. Xodimlar barcha nuqsonlarni bartaraf qilishlari shart. 14. RHAvaT qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar texnik xizmat koʻrsatishdan oʻtishlari shart. Ularning hajmi va davriyligi amaldagi qoidalar bilan belgilanadi. Notoʻgʻri ishlab ketishdan keyin qurilmalarning qoʻshimcha (avariyadan keyin) tekshiruvlari oʻtkazilishi shart. 15. Texnik xizmat koʻrsatishda RHAvaT qurilmalarini tekshirish uchun sinash qurilmalari, ushbu maqsadlar uchun boshqarish panellari xonalariga, podstansiyaning taqsimlovchi qurilmalariga va boshqa joylarga oʻrnatilgan shtepsel rozetkalariga yoki panelchalarga ulanishi kerak. 16. Releli himoya, elektr avtomatika va telemexanika boshqaruv panellarining (shkaflarining) va pultlarining old tomonini, ularga oʻrnatilgan apparatlarni davriy ravishda maxsus oʻqitilgan xodim changdan tozalashi shart. Ochiq ishlangan apparatlarni, shuningdek, ushbu panellar (shkaflar) va pultlarning orqa tomonini RHAvaT qurilmalariga xizmat koʻrsatuvchi xodim yoki yoʻriqdan oʻtgan tezkor xodim tozalashi shart. 17. Nazoratning va boshqa operatsiyalarning davriyligi, shuningdek, xodimlarning harakat tartibi mahalliy yoʻriqnomalarga muvofiq obyektlarga xizmat koʻrsatish tartibi (korxona xodimlari tomonidan, markazlashgan va boshqa) hisobga olingan holda belgilanadi. 18. RHAvaT qurilmalarning bevosita boshqaruv pultlari va panellari (shkaflari) yigʻmalarining (qatorlarining) yaqinida bexosdan ulanishi, ulanishni oʻchirilishi yoki ulanishini, tezkor tok zanjirlarida yoki sinxron generatorning (elektr dvigatelning, kompensatorning) qoʻzgʻatish zanjirlarida qisqa tutashuvni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan qisqichlar boʻlmasligi shart. 19. Metall qobiqli nazorat kabellaridagi shikastlanishlarni bartaraf qilishda yoki ularni uzaytirishda, tolalarni birlashtirish germetik muftalar oʻrnatish bilan yoki bu maqsad uchun moʻljallangan qutilar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu muftalar va qutilarni maxsus jurnalda hisobga olinishi yuritilishi kerak. Oʻrta hisobda bitta kabelning har 50 metrga bittadan koʻp boʻlmagan yuqorida koʻrsatilgan birikmalar toʻgʻri kelishi kerak. Polivinilxlorid va rezina qobiqli kabellar, odatda epoksidli ulash muftalari yordamida yoki qisqichlarning oʻtish qatorlarida ulanishlari kerak. 20. Agar izolyatsiyasi havo, yorugʻlik va moy taʼsiridan yemiriladigan nazorat kabellari qoʻllanilgan boʻlsa, qisqichlardan tugallash muftalarigacha boʻlgan tola uchastkalarida bu yemirilishga toʻsqinlik qiluvchi qoʻshimcha qoplama qilinishi shart. 21. Avariyaviy va ogohlantiruvchi signalizatsiya qurilmalari doimo ishga tayyor holatda boʻlishi va davriy ravishda sinovdan oʻtkazib turilishi shart. Asosiy eʼtiborni tezkor tokning mavjudligiga, ikkilamchi zanjirdagi avtomatik oʻchirgichlar va saqlagichlarning ishga yaroqliligiga, shuningdek, oʻchirgichlarning boshqaruv zanjirlariga qaratish kerak.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 33. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 10-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan podstansiyalar va taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 35. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 12-ILOVA. Elektr oʻlchash vositalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Qoʻshni boʻlimlar
- 30Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 7-ILOVA. Kondensator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 31Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 8-ILOVA. Akkumulyator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 32Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 9-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 33Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 10-ILOVA. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan podstansiyalar va taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 35Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 12-ILOVA. Elektr oʻlchash vositalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 36Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga 13-ILOVA. Yerga ulash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
- 37Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qaroriga 2-ILOVA. Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi QOIDALARI — 1-bob. Umumiy qoidalar
- 382-bob. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda asosiy xavfsizlik talablari — 1-§. Tezkor xizmat koʻrsatish va ishlarni bajarish Tezkor xizmat koʻrsatish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.