VM qarori № 712, 54-boʻlim

2-bob. Avtomatik uzatmali va masofadan boshqarilidigan kommutatsiya apparatlaridagi (oʻchirgichlar, yuklama oʻchirgichlari, boʻlgichlar, qisqa tutashtirgichlar, ajratkichlarda) ishlar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: elektr xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

8. Masofadan boshqariladigan kommutatsiya apparatlarida ishga ijozat berishdan avval: uzatmaning kuch zanjiri, operativ tok zanjirlari va isitish zanjirlari uzilishi; oʻchirgichlarning bakiga yoki pnevmatik uzatmasiga havo uzatuvchi quvur oʻtkazgichdagi tambalar yopiq va qulflangan holatga keltirilishi hamda ulardagi havo atmosferaga chiqarilib yuborilishi, shu bilan birga, havo chiqaruvchi tiqin (klapan) ochiq holatga oʻtkazilishi; ulovchi yuk yoki ulovchi prujinalar ishlamaydigan holatga keltirilishi; masofadan boshqaruvchi kalitga “ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” va yopiq tambalarga “OCHILMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” plakatlari osib qoʻyilishi kerak. 9. Kommutatsiya apparatini sozlash paytida topshirilmagan naryad boʻyicha uning ulanishi va uzilishini sinov tariqasida tekshirib koʻrish uchun operativ tok zanjiriga, uzatmaning kuch zanjiri, signalizatsiya va isitish zanjiriga vaqtincha kuchlanish, shuningdek, oʻchirgichga va uzatmaga havo berishga ruxsat etiladi. Olib qoʻyilgan saqlagichlarni oʻrnatish, uzib qoʻyilgan zanjirlarni ulash va havo uzatish uchun tambalarni ochish, shuningdek, tekshirib koʻrish vaqtida “ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” va “OCHILMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” plakatlarini olish tezkor xodimlar yoki uning ruxsati bilan ish bajaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Kommutatsiya apparatini tekshirib koʻrish uchun masofadan ulash yoki uzishni, sozlashni yoki rostlashni bajarayotgan shaxsga yoki uning talabi asosida tezkor xodim bajarishiga ruxsat etiladi. Kommutatsiya apparati tekshirib koʻrilgandan soʻng ish yana davom ettirilishi zarur boʻlgan taqdirda, tezkor xodimlardan boʻlgan shaxs yoki uning ruxsati asosida ish bajaruvchi mazkur Qoidalarga 10-ilova 8-bandiga muvofiq ishlashga ijozat olish uchun talab etiladigan tadbirlarni bajarishi shart. 10. Ishchi bosim ostidagi havoli oʻchirgichga faqat sinash va sozlash (dempferlarni sozlash, vibrogramma olish, simlarni oʻlchov asboblariga ulash yoki uzish, havo chiqayotgan joylarni topish va boshqalar) ishlarini bajarish uchun koʻtarilishga ruxsat etiladi. Tarmoqdan uzib qoʻyilgan havo oʻchirgichiga havo bilan toʻldirilgan ajratkichi ishchi bosim ostida boʻlganda, koʻtarilish barcha holatlarda qatʼiyan man etiladi. 11. Havoli oʻchirgichlarning nam oʻtkazmasligini (germetik holatini) tekshirish uni ishlab chiqargan korxona yoʻriqnomasiga muvofiq past bosimda bajariladi. 12. Havoli oʻchirgichni sinash va sozlash ishlarini bajarish uchun unga koʻtarilishdan oldin quyidagilar zarur: operativ tok zanjirlarini uzish; mahalliy boshqaruv tugmasini va ishga tushirish klapanini blokirovkalash (masalan, havo oʻtkazuvchi quvurlarni yechib qoʻyish, shkaflarni qulflash va boshqalar) yoki ish bajaruvchining koʻrsatmasi boʻyicha faqat aniq bir shaxs (operativ tok ulangandan soʻng) uzib-ulash operatsiyalarini bajarishi uchun ishga qoʻyyuvchi yoʻl-yoʻriq olgan brigada aʼzolaridan bir xodimni oʻchirgich yoniga qoʻyish. Bosim ostidagi havoli oʻchirgichda odamlar boʻlgan vaqtda boshqaruv va taqsimlash shkaflaridagi barcha ishlar toʻxtatiladi. 13. Havoli oʻchirgichni ishlatib koʻrish, sozlash va sinash uchun uni ulash va oʻchirish vaqtida oʻchirgich yonida odamlarning boʻlishi taqiqlanadi. Sinash va sozlash uchun oʻchirgich bilan operatsiyalar bajarilishiga buyruqni ish bajaruvchi (yoki brigada aʼzolari jumlasidan boʻlgan va ish bajaruvchi tomonidan vakil qilingan shaxs) faqat brigada aʼzolari oʻchirgichdan xavfsiz masofaga yoki berkinish joyiga uzoqlashtirilganlaridan soʻng berishi mumkin. 14. Odamlarni havo toʻplagich ichida boʻlishi bilan bogʻliq ishga ijozat berishdan avval quyidagilar zarur: havo berilishi mumkin boʻlgan barcha havo quvurlarining surilma klapanlarini berkitish, qulflab yopish, surilma klapanlariga “OCHILMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA!” plakatini osish; havo toʻplagichdan bosim ostida boʻlgan havoni chiqarish, uning yuqori qismidagi tiqinni va pastdagi havo chiqaruvchi surilma klapanni ochiq holatda qoldirish; havo toʻplagichdan havo quvurini ajratish va unga qopqoqni oʻrnatish lozim. 15. Oʻchirgichlarning va havo toʻplagichning baklaridagi manometrning nol qiymatini koʻrsatishi ularda siqilgan havo yoʻqligini isbotlovchi ishonchli dalil boʻlolmaydi. Darchaga oʻrnatilgan qopqoqlarni yechishda, bolt va gaykalarni boʻshatishdan oldin havo chiqaruvchi tiqinlarni (klapanlarni) yoki surilma klapanlarni ochish yoʻli bilan haqiqatan ham siqilgan havo yoʻqligiga ishonch hosil qilish zarur. Havo chiqaruvchi tiqinlarni (klapanlarni) yoki surilma klapanlarni yopishga faqat darchaga oʻrnatilgan qopqoqni mahkamlab yopuvchi barcha bolt va gaykalar qotirilgandan soʻng ruxsat beriladi. 16. Kompressor qurilmasiga Gaz quvurlari, havo quvurlarining koʻchmas kompressor qurilmalarining tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalarini biladigan elektr xavfsizligi boʻyicha III guruhga ega boʻlgan, shu qurilmaga biriktirilgan shaxs xizmat koʻrsatishi shart.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 712, 11.11.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.