VM qarori № 649, 40-boʻlim
29-bob. Maʼmuriy binolar, ilmiy va taʼlim obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
395. Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan modda va materiallarni qoʻllash bilan bogʻliq tajriba (sinov) qurilmalarida ishlarni bajarishga faqat obyekt rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan komissiya tomonidan ushbu qurilma foydalanishga qabul qilinganidan soʻng ruxsat beriladi. 396. Tajriba ishlari rahbari (masʼul ijrochi) tadqiqotlar olib borishda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrishi kerak. 397. Laboratoriya va boshqa xonalarda bir smena ehtiyojidan ortiq boʻlmagan miqdorda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlash mumkin. Suyuqliklarni xonaga olib kelish yopiq, xavfsiz idishda amalga oshirilishi lozim. 398. Havo tortish shkafida bajarilayotgan ishlarga daxldor (taalluqli) boʻlmagan materiallar va uskunalar mavjud boʻlsa, shuningdek, shamollatish tizimi oʻchirilganda va uning nosozligida ushbu shkafda ishlash taqiqlanadi. Stoldan suyuqliklar oqib ketmasligini taʼminlovchi qirralar (bortiklar) soz holda boʻlishi kerak. 399. Ishlatib boʻlingan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar ish vaqti tugagandan soʻng maxsus berkitiladigan idishga yigʻilishi hamda utilizatsiya qilish uchun laboratoriya xonasidan olib chiqilishi lozim. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni kanalizatsiyaga toʻkish taqiqlanadi. 400. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar solib ishlatilgan idishlar tajriba tugaganidan soʻng yongʻin xavfi boʻlmagan eritmalar bilan yuvilishi kerak. 401. Maktab binolari oʻquv mavsumi boshlanishidan oldin maxsus tayinlangan komissiya tomonidan qabul qilinishi va ushbu komissiya tarkibiga davlat yongʻin nazorati organining mansabdor shaxsi kiritilishi kerak. 402. Oʻquv va xizmat xonalarida faqat oʻqitish jarayoniga taalluqli boʻlgan mebel, uskuna, andaza, asboblar, buyumlar, qoʻllanmalar va boshqa koʻrgazmali oʻquv qurollarini saqlash kerak. 403. Sinf va oʻquv xonalaridagi partalarning (stollarning) soni, loyihalash meʼyorlarida belgilangan sonidan oshmasligi kerak. 404. Oʻquvchi va talabalar bilan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan turmushda foydalanishda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan mashgʻulotlar (suhbatlar) oʻtkazilishi lozim. 405. Mashgʻulotlar tugagandan soʻng oʻquv xonalari, ustaxona va laboratoriyalardan barcha yongʻin hamda yongʻin-portlash xavfi boʻlgan modda va materiallarni maxsus jihozlangan omborxonalarga olib chiqib joylashtirish kerak. Yongʻin hamda yongʻin-portlash xavfi boʻlgan modda va materiallarni maxsus jihozlangan omborxonalarda saqlash, ushbu modda va materiallarning fizik-kimyoviy, portlash va yonish xususiyatlariga muvofiq ularning birxilligi (oʻxshashligi) nuqtai nazaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. 406. Arxiv saqlovxonalari metall shkaflar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Yonish xususiyatini pasaytiruvchi birikma bilan ishlov berilgan yogʻoch shkaflardan foydalanishga ruxsat etiladi. Ishlov berilgan sana va uning amal qilish muddatini koʻrsatgan holda ushbu ishni bajargan tashkilotning tegishli dalolatnomasi ramiylashtirilishi kerak. Arxiv hujjatlarini saqlovxonaning polida saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. 407. Hujjatlarni saqlash uchun stellaj, shkaflar va boshqa jihozlarni binoning tashqi devorlariga yaqin masofada hamda isitish asboblari, elektr yoritkichlar va boshqa elektr isitish moslamalaridan 0,5 m dan yaqin masofada joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 39. 28-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 41. 30-bob. Madaniy-maʼrifiy, tomosha va sport obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
Qoʻshni boʻlimlar
- 3627-bob. Koʻrgazmalar, bozorlar, yarmarkalar, umumiy ovqatlanish va savdo obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
- 372-§. Yarmarkalar, bozorlar va koʻrgazmalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 383-§. Oʻq-dorilar va pirotexnika buyumlarini sotish va saqlashga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 3928-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 4130-bob. Madaniy-maʼrifiy, tomosha va sport obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
- 422-§. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 4331-bob. Davolash muassasalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 4432-bob. Televideniye va radioeshittirish obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Televizion studiyalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.