VM qarori № 649, 37-boʻlim

2-§. Yarmarkalar, bozorlar va koʻrgazmalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

375. Ochiq maydonlarda yoki binolarda (inshootlarda) belgilangan tartibda tashkil etilgan kiyim bozorlarida tashkilot rahbari quyidagi yongʻin xavfsizligi talablari bajarilishini taʼminlaydi: a) evakuatsiya yoʻllariga olib boruvchi yoʻlaklar va oʻtish joylaridagi savdo rastalarning oʻtish qatorlarining kengligi 2 m dan kam boʻlmasligini; b) savdo qatorlarining har 30 m dan soʻng kengligi kamida 1,4 m boʻlgan koʻndalang yoʻlaklar boʻlishini. 376. Yarmarkalar va bozorlarda yongʻin sodir boʻlganda odamlarni va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish, binolarni va hududni tark etish rejalari (sxemasi) hamda xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning majburiyatlari ishlab chiqilishi lozim. Yongʻin sodir boʻlganda fuqarolarga xabar berish va ularni evakuatsiya qilish boʻyicha tovushli xabar berish moslamalarini yoqish va ishlatish tartibi hamda xabar berish matni yarmarka va bozorlar rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi. 377. Yarmarka va bozorlar hududiga yongʻin-qutqaruv avtomobillari kirib-chiqishi uchun kengligi 5 m dan kam boʻlmagan darvoza boʻlishi kerak. Agar ushbu obyektlar hududi bir gektardan oshiq boʻlsa, hudud relyefiga qarab bir nechta kirish joylari tashkil etilishi mumkin, lekin ularning soni kamida ikkita boʻlishi lozim. Yarmarka va bozorlarning ish vaqtida ularning hududlariga kirish darvozalari va ularga borish yoʻllari doimo ochiq boʻlishi lozim. 378. Yarmarka va bozorlarda savdo rastalari, binolar, inshootlar, omborlar, yongʻinga qarshi suv manbalarining joylashuvi, ularga yongʻin-qutqaruv avtomobillarini olib boruvchi yoʻllar, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari oʻrnatilgan joylar, shuningdek, xaridorlarning yurish va oʻtish yoʻlaklari koʻrsatilgan sxemalar ishlab chiqilgan boʻlishi kerak. 379. Yarmarka va bozorlarning maxsus ajratilgan hududlarida har bir gʻuruhda 10 tadan avtomobillar va ularning tirkamalari hamda 20 tadan savdo palatkalarini oʻrnatishga ruxsat beriladi. Bunda ularning umumiy maydoni 160 m2 dan oshmasligi kerak. 380. Transport vositalari koʻrgazmalari oʻtkaziladigan binolarda (inshootlarda) va ochiq maydonlarda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi: a) transport vositalarini joylashtirish tartibini buzish; b) transport vositalari orasidagi masofani, shuningdek, ulardan binolargacha (inshootlargacha) belgilangan masofani qisqartirish; v) chiqish darvozalarini toʻsib quyish; g) binolarda transport vositalariga yonilgʻi va moylarni quyish hamda ularni toʻkib olish; d) transport vositalarini yonilgʻi baklarining qopqoqlarini (ogʻzini) ochiq holda saqlash; e) binoda (inshootda) boʻlgan transport vositalarining akkumulyatorlarini ularning oʻzida (yechib olmasdan) zaryadlash; yo) transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.