VM qarori № 649, 38-boʻlim

3-§. Oʻq-dorilar va pirotexnika buyumlarini sotish va saqlashga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

381. Oʻq-dorilar (porox, kapsyulalar, patronlar), pirotexnika va boshqa portlovchi buyumlar savdosi maxsus doʻkonlarda amalga oshirilishi lozim. Ushbu buyumlar savdosi uchun ixtisoslashtirilmagan binolarda (inshootlarda) maxsus savdo doʻkonlarini joylashtirish taqiqlanadi. 382. Bitta savdo maydonida qurol-yarogʻ va ularga tegishli patronlarni boshqa tovarlar bilan birlashgan holda sotish taqiqlanadi. Sport, ov va baliq ovlash aksessuarlari va qurol uchun ehtiyot qismlar bundan mustasno. 383. Oʻq-dori va pirotexnika buyumlari boshqa binolardan (inshootlardan) yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratilgan xonalarga oʻrnatilgan metall shkaflarda saqlanishi lozim. Ushbu metall shkaflarni yertoʻlalarda joylashtirish taqiqlanadi. 384. Oʻq-dori va pirotexnika buyumlarini, porox hamda kapsyulalarni yoki patronlarni bitta shkafda (seyfda) birga saqlash taqiqlanadi. Savdo doʻkonlaridagi (shu jumladan, doʻkonlarning omborxonasidagi) pirotexnika buyumlarning umumiy vazni 50 kg dan oshmasligi lozim. 385. Savdo doʻkonida (shu jumladan, doʻkon omborxonasida) 50 kg tutunli yoki 50 kg tutunsiz poroxni saqlash mumkin. 386. Poroxni faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan qadoqlangan idishlarda sotish mumkin. 387. Savdo obyektlarida kuyidagilar taqiqlanadi: a) pirotexnika buyumlarini ulardan foydalanish yoʻriqnomasisiz sotish; b) pirotexnika buyumlarini ishlab chiqaruvchi tomonidan qadoqlangan idishlardan boshqalarida sotish; v) pirotexnika buyumlarini xaridorlar uchun oson olish mumkin boʻlgan joylarda saqlash; g) pirotexnika buyumlarini yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermaydigan bino va inshootlarda saqlash. 388. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish yoʻriqnomalarida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan koʻrsatmalar boʻlishi lozim. Isteʼmolchi uchun maʼlumotlarning mazmuni pirotexnika buyumlarining xavflilik darajasiga mos kelishi kerak. 389. Pirotexnika buyumlarining xavflilik darajasi akkreditatsiyalangan laboratoriya tomonidan oʻtkazilgan sinovlar natijalari bilan tasdiqlanishi lozim. Sinov natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (muvofiqlik sertifikati, sinov bayonnomasi yoki ularning nusxalari) sotuvchilarda saqlanishi kerak.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.