VM qarori № 649, 41-boʻlim

30-bob. Madaniy-maʼrifiy, tomosha va sport obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

408. Chet el tashkilotlari bilan gastrol, tomoshalar va koʻrgazmalarni tashkil etish yuzasidan tuziladigan shartnomalarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablar belgilanishi shart. 409. Muzeylar va rasmlar galereyalari uchun koʻrgazma eksponatlari va boshqa qimmatbaho buyumlarni evakuatsiya qilish rejalari, sirk va hayvonot bogʻlari uchun hayvonlarni evakuatsiya qilish rejalari ishlab chiqilgan boʻlishi shart. 410. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishdan oldin barcha madaniy-maʼrifiy, tomosha va sport obyektlarining yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi belgilangan tartibda tashkil etiladigan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishni nazorat qiluvchi komissiyasining ishchi guruhlari tomonidan tekshirib chiqilishi shart. 411. Tomosha zallari va tribunalardagi oʻrindiqlar qatorlari boʻyicha bir-biriga ulangan va polga mahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Lojalardagi oʻrindiqlar soni 12 tadan koʻp boʻlmasa hamda alohida chiqish eshiklari boʻlsa, ulardagi kreslolarni (stullarni) mahkamlash shart emas. Raqs kechalari oʻtkazishga moʻljallangan tomosha zallarida oʻrindiqlar soni 200 tadan ortiq boʻlmasa, oʻrindiqlarni har bir qatorda biri biriga oʻzaro mahkamlanishi sharti bilan polga mahkamlamaslikka ruxsat etiladi. 412. Sahnadagi yogʻoch qurilmalar (dekoratsiyalarni mahkamlash va koʻtarish-tushirish uchun sahna tepasidagi panjaralar (kolosnik), osma koʻpriklar, ishchi galereyalar va shu kabilar), binoning chordoqlari, yonuvchi dekoratsiyalar, sahna va koʻrgazma bezaklari hamda tomosha va ekspozitsiya zallari, foye, bufet devorlariga qoplanadigan matolarga (drapirovkaga) yonish xususiyatini pasaytiruvchi birikma bilan ishlov berilishi lozim. Obyektda ushbu ishlar qaysi tashkilot tomonidan, qachon bajarilganligi (sanasi) va amal qilish muddati koʻrsatilgan dalolatnoma boʻlishi shart. 413. Teatr va tomosha muassasalarining sahna qismida bir vaqtning oʻzida 2 tadan ortiq boʻlmagan spektaklga moʻljallangan dekoratsiya, sahna jihozlari turishiga ruxsat beriladi. Dekoratsiyalarni, butaforiya, yogʻochli dastgohlar va boshqa mol-mulkni tryumlarda, kolosnikda, ishchi maydonlarda (galereya), zinapoyalar maydonchalari va ularning ostki qismida hamda tomoshabinlar zalining ostki qismida joylashgan yertoʻlada saqlash taqiqlanadi. 414. Sahna asari sahnaning atrofida qoʻyilganda 1 m kenglikdagi yoʻlak qoldirilishi shart. Qorongʻilashtirilgan sahna tomoshalarini qoʻyish vaqtida yoʻlaklarning yoritilishi pol qismidagi elektr chiroqlari orqali amalga oshirilishi lozim. Spektakl tugagandan soʻng barcha dekoratsiya va butaforiyalar qisimlarga boʻlinib, sahnadan olinishi va maxsus omborxonalarda saqlanishi kerak. Dekoratsiya va butaforiyalarni saqlash omborlarida kengligi 1,5 m dan kam boʻlmagan yoʻlaklar qoldirilishi kerak. 415. Sahnada chekish, ochiq olovdan foydalanish (mashʼala, sham, qandil va shu kabilar), yoyli projektorlardan, mushaklar (feyerverk) va boshqa turdagi olovli effektlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. 416. Sahna yuzasiga yongʻinga qarshi pardaning tushish joyini koʻrsatuvchi qizil rangli chiziq chizilgan boʻlishi kerak. Sahna jihozlari va dekoratsiyalar ushbu chiziqdan chiqib ketmasligi lozim. 417. Spektakllar (repetitsiyalar) tugagandan soʻng yongʻinga qarshi parda tushirib qoʻyilishi kerak. Yongʻinga qarshi parda sahna yuzasiga qumli zatvor (elastik yostiqcha) yordamida zich yopilishi kerak. Koʻtarib-tushiruvchi mexanizmning tushirish tezligi 0,2 m/c dan kam boʻlmagan xolda ishlashga toʻgʻrilangan boʻlishi kerak. 418. Qishki mavsumda tutun tortish tizimining klapanlari issiq holda tutilishi kerak va har 10 kunda bir marta tekshirilib turilishi shart. Tekshiruv natijalari maxsus jurnalda qayd etilishi lozim. 419. Pirotexnika mahsulotlaridan foydalanish va ularni saqlash maxsus qoidalar talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Ularni qoʻlbola usulda tayyorlash hamda tomosha muassasalarida, xonalarda va stadion tribunalarida, madaniyat va istirohat bogʻlarida va odamlar ommaviy boʻladigan boshqa obyektlarda saqlash taqiqlanadi. 420. Ochiq maydonda maxsus olovli effektlarni oʻtkazish zarurati tugʻilganda sahnalashtiruvchi javobgar shaxs (bosh rejissor, badiy rahbar) tomonidan yongʻinning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim. 421. Tomoshabinlar zallarining shifti va devorlarini akustik qoplamalar bilan jihozlash uchun olovdan himoya qiluvchi tarkib bilan ishlov berilmagan (shimdirilmagan) yonuvchi materiallardan foydalanish taqiqlanadi. 422. Devorlar va sahna qismining zina kataklaridagi oʻtish joylari oʻzi yopiladigan moslamalar oʻrnatilgan yongʻinga chidamli eshiklar bilan himoyalangan boʻlishi shart. 423. Aktyorlarning spektakllarda foydalaniladigan kiyim-kechaklarni saqlash xonalaridagi kiyim osish moslamalari oraligʻida erkin harakatlanish uchun oraliq masofalar saqlanishi lozim. Kiyim-kechaklarni saqlash xonalaridagi markaziy oʻtish yoʻlagi 1,2 m dan kam boʻlmasligi lozim. Kiyim qabul qiladigan shaxslar, kiyimlarning choʻntaklarini tekshirib, ulardagi gugurt, yondirgichlar va shu kabilarni olib quyishlari kerak. 424. Yelim eritish va qaynatish ishlari, shu maqsadda ajratilgan maxsus joylarda, yonmaydigan asosga oʻrnatilgan elektr yelim qaynatgichlarda amalga oshirilishi lozim. 425. Yoritish qurilmalarini sirk gumbazi ostiga joylashtirishda ularni yonuvchan materiallardan tayyorlangan konstruksiyalarga tegishi imkoniyatini istisno qilish kerak. 426. Hayvon va parrandalarni saqlash xonalarida (otxona, parrandaxona va boshqalar), kundalik taʼminotdan ortiqcha yem-xashak saqlash taqiqlanadi. 427. Hayvonlarga ovqat tayyorlash xonalari sirk xonalaridan yonmaydigan materiallardan tayyorlangan konstruksiyalar bilan ajratilgan boʻlishi kerak.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.