VM qarori № 649, 43-boʻlim
31-bob. Davolash muassasalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
434. Shifoxona rahbari har kuni bemorlarga javob berish va yangilarini qabul qilish ishlari tugatilgandan soʻng shifoxonaning xar bir binosida mavjud bemorlarning va tibbiyot xodimlarining soni toʻgʻrisida tuman (shahar) yongʻin-qutqaruv boʻlinmasiga xabar berishi shart. 435. Qishloq joylarda joylashgan davolash muassasalarining har bir binosi bittadan narvon bilan taʼminlanishi lozim. 436. Harakati cheklangan bemorlar doimo boʻladigan shifoxonalar va boshqa davolash muassasalarining binolari, har beshta bemorga (nogironligi boʻlgan shaxsga) bir dona hisobida sanitar zambillari bilan taʼminlangan boʻlishi shart. Shifoxonalarda ogʻir bemorlar va bolalar uchun moʻljallangan xonalarni binoning pastki qavatlarida joylashtirish kerak. (436-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son) 437. Bemorlar xonalaridagi karavotlar oʻrtasidagi oraliq masofa 0,8 m dan kam boʻlmasligi, markaziy (asosiy) yoʻlakning kengligi esa 1,2 m dan kam boʻlmasligi shart. Stullar, tumbochka va boshqa mebellar evakuatsiya yoʻllarini va eshiklarini toʻsib qoʻymasligi kerak. 438. Bemorlar xonalariga (palata) kislorod berish, qoida tariqasida, markazlashgan holda alohida oʻrnatilgan ballonlar qurilmasi (ballonlar soni 10 tadan ortiq boʻlmagan) orqali yoki markaziy kislorod tayanch maskanidan (ballonlar soni 10 tadan ortiq boʻlsa) amalga oshirilishi kerak. Markazlashgan holda kislorod bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyilmagan boʻlsa, kislorod yostiqchalardan foydalanish tartibi muassasa rahbarining buyrugʻi bilan belgilanadi. Bir dona kislorod ballonini muassasa binosining olovga bardoshli tashqi devori oldida yonmaydigan shkaf ichida oʻrnatishga ruxsat etiladi. 439. Davolash muassasalarida quyidagilar taqiqlanadi: a) bemorlar xonalari joylashgan korpuslarda davolash jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan (loyihalash meʼyorlarida belgilanganlaridan tashqari) boshqa xonalarni joylashtirish; b) yoʻlaklarda, xoll va boshqa evakuatsiya yoʻllarida karavotlar oʻrnatish; v) bemorlar va tibbiyot xodimlari boʻladigan xonalarning derazalariga metall panjaralar oʻrnatish; g) yogʻochli devorlar va shiftlarga gulqogʻoz yopishtirish va ularni yonuvchi nitro yoki moyli boʻyoqlar bilan boʻyash; d) xonalarni pardozlash uchun yonganda zaharli moddalar chiqaradigan materiallardan foydalanish; e) kislorod ballonlarini davolash muassasalarining binolari ichiga oʻrnatish va ulardan foydalanish; j) bemorlar xonalariga kislorod yuborish uchun rezina va plastmassa quvurlardan (shlangdan) foydalanish; z) nosoz davolash elektr jihozlaridan foydalanish; i) isitish pechlarining oʻt yoqish eshiklarini bemorlar xonasiga oʻrnatish; k) davolash muassasalarining yertoʻla va sokol qavatlarida ustaxona va omborxonalarni joylashtirish. 440. Suv qaynatgich, suv isitgich va titanlar oʻrnatish, tibbiyot asboblarini sterilizatsiya qilish hamda parafin va ozokeritlarni eritish (isitish, qizdirish) ishlari faqat shu maqsad uchun alohida ajratilgan xonalarda amalga oshirilishiga ruxsat beriladi. Tibbiyot asboblarini qaynatish uchun yopiq spiralli sterilizatorlardan foydalanish kerak. Ushbu maqsadda kerogaz, kerosin lampalari va primuslardan foydalanish taqiqlanadi. 441. Laboratoriyalar, boʻlimlar, shifokorlar xonalarida dori vositalari va reaktivlarni (spirt, efir va shu kabi boshqa yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni) yopiladigan maxsus metall shkaflarda umumiy miqdori 3 kg dan koʻp boʻlmagan hamda oʻzaro biri-biri bilan saqlash mumkinligini inobatga olgan holda saqlashga ruxsat etiladi. 442. Pech yordamida isitiladigan yogʻochli binolarga 25 nafardan ortiq bemorlar va bolalarni joylashtirish taqiqlanadi. 443. Hajmi 300 kg dan ortiq boʻlgan rentgen plyonkalarini saqlash xonalari alohida turgan binolarda joylashtirilishi kerak, hajmi 300 kg dan kam boʻlgan holda 1-turdagi yongʻinga qarshi devor va orayopmalari bilan toʻsib ajratilgan saqlovxonalarda saqlashga ruxsat etiladi. Rentgen plyonkalarini saqlash arxiv saqlovxonalaridan qoʻshni binolargacha boʻlgan masofa 15 m dan kam boʻlmasligi kerak. 444. Arxiv saqlovxonasining bitta boʻlimida (seksiyasida) 500 kg dan ortiq boʻlmagan rentgen plyonkasini saqlashga ruxsat etiladi. Har bir boʻlim (seksiya) oʻzining tortuvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi zarur. Seksiya eshiklari faqat tashqariga ochilishi kerak. Arxiv saqlovxonalaridagi derazalar maydonining pol maydoniga nisbati 1:8 dan kam boʻlmasligi kerak. 445. Arxiv saqlovxonalarini isitish tizimi markazlashtirilgan boʻlishi kerak. Ularni isitish uchun bugʻli isitish tizimi, temir pechlar va vaqtinchalik temir quvurli pechlardan foydalanish taqiqlanadi. 446. Arxiv saqlovxonalarida elektr qutilar, oʻchirish moslamalari, elektr qoʻngʻiroqlar va shtepsel ulagichlar (elektr asbob, rozetka) oʻrnatish taqiqlanadi. Ishdan tashqari vaqtda arxiv saqlovxonalaridagi elektr tarmogʻi elektr manbaidan oʻchirilgan boʻlishi shart. 447. Rentgen plyonkalarini 4 kg gacha boʻlgan miqdorda arxiv saqlovxonasidan tashqarida joylashgan temir shkaflarda (qutilarda) va ushbu shkaflarni isitish asboblaridan 1 m uzoqlikda joylashtirilgan holda saqlashga ruxsat etiladi. Bunday shkaflar oʻrnatilgan xonalarda chekish va barcha turdagi isitish asboblaridan foydalanish taqiqlanadi. 448. Rentgen plyonkalarini saqlash arxiv saqlovxonalari metall (asbest ustidan temir tunika bilan oʻralgan yogʻoch) stellajlar yoki chuqurligi va uzunligi 50 sm dan ortiq boʻlmagan boʻlimlarga boʻlingan shkaflar bilan jihozlanadi. Shkaflardan devor, deraza, shift va polgacha boʻlgan masofa 0,5 m dan kam boʻlmasligi kerak. 449. Fizioterapiya boʻlimlari va xonalarida polni qoplash hamda davolash xonalari uchun pardalar tayyorlashda statik elektrni hosil qiladigan va toʻplaydigan sintetik materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. 450. Tibbiy choʻmilish basseynlarida suvni zararsizlantirish maqsadida ishlatiladigan xlor zaxirasini saqlash uchun xlorning isteʼmol ombori bilan taʼminlash kerak. Yertoʻlaga yoki binoga tutashgan yer sathi darajasidan past boʻlgan boshqa xonaga xlorlash qurilmasini va xlorni saqlash omborishi joylashtirish taqiqlanadi. Xlorlash qurilmasi va xlorni saqlash omborlari joylashtirilgan xonalarda yonuvchi materiallarni saqlashga ruxsat etilmaydi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 42. 2-§. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 44. 32-bob. Televideniye va radioeshittirish obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Televizion studiyalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Qoʻshni boʻlimlar
- 3928-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 4029-bob. Maʼmuriy binolar, ilmiy va taʼlim obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 4130-bob. Madaniy-maʼrifiy, tomosha va sport obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
- 422-§. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 4432-bob. Televideniye va radioeshittirish obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Televizion studiyalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 452-§. Televizion apparat xonalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 463-§. Yorugʻlikni tartibga solish stansiyalari, avtotransformator xonalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 474-§. Telekinoproyeksion apparatxonalar va kino koʻrish zallariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.