VM qarori № 649, 39-boʻlim

28-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

390. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining binolarida, shuningdek, ommaviy tadbirlar (tomosha) oʻtkaziladigan xonalarda kamida ikkita evakuatsiya eshiklari boʻlishi kerak. 391. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida quyidagilar taqiqlanadi: a) binoni yengil alangalanuvchi materiallar bilan qoplash (somon, payraxa, qamish, poligal, leksan va shu kabilar); b) yogʻochli binolarning mansarda (chordoq) xonalarida bolalarni joylashtirish; v) yogʻochdan qurilgan binolarda kir yuvish xonalari va oshxonalarni joylashtirish; g) yotoqxonalar va guruhlar xonalarining ostki qismida gaz asboblarini oʻrnatish; d) yogʻochdan va boshqa yonuvchi materiallardan qurilgan binolarda 50 va undan ortiq bolalarni joylashtirish; e) bolalar joylashgan binolarning xonalarida pechlarni yoqish, sham, kerosin lampalar, ochiq olovdan foydalanish imkonini beruvchi qurilmalar va elektr isitish asboblaridan foydalanish. 392. Kichik yoshdagi (yasli) guruhlardagi bolalarni binolarning pastki qavatlarida joylashtirish lozim. 393. Guruhlar xonalariga toʻshalgan gilamlar, gilam poyandozlar va boshqa qoplamalar polga mustahkam qotirilgan boʻlishi kerak. 394. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xodimlari, bolalarga yongʻin xavfsizligi qoidalarini va yongʻin sodir boʻlganda harakat qilish tartibini maxsus dasturlarga muvofiq oʻrgatishlari shart.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.