VM qarori № 649, 42-boʻlim
2-§. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
428. Ommaviy tadbir boshlanishidan oldin obyekt rahbari tadbirni oʻtkazish uchun yongʻin xavfsizligi boʻyicha masʼul shaxslarni tayinlashi va quyidagilarni: a) yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinganligi boʻyicha tayyorligini aniqlash uchun tadbirdan oldin xonalarni koʻzdan kechirilishini (evakuatsiya chiqish yoʻllari va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari yetarli ekanligini, aloqa va yongʻin avtomatikasi vositalarining sozligini); b) sahna va tomosha zallarida masʼul xodimlar navbatchiligini taʼminlashi zarur. 429. Bitta evakuatsiya chiqish eshigi mavjud boʻlgan xonalarda 50 nafardan koʻp boʻlmagan odamlar ishtirokida tadbirlar oʻtkazishga ruxsat etiladi. Olovga bardoshliligi IV va V-darajali boʻlgan binolarda odamlar ommaviy boʻladigan (50 va undan ortiq odamlar yigʻiladigan) tadbirlar faqat 1-qavat xonalarida oʻtkazilishiga ruxsat etiladi. 430. Yangi yil bayramlari va odamlar ommaviy boʻladigan boshqa tadbirlarni oʻtkazish va tashkil etishda: a) faqat shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan, evakuatsiya chiqish joylari ikkitadan kam boʻlmagan, shifti yonuvchi boʻlgan binolarning 2 qavatidan yuqorida joylashmagan va derazalariga panjaralar oʻrnatilmagan xonalardan foydalanish mumkin; b) archa mustahkam taglikka oʻrnatilishi va xonadan chiqish yoʻlaklarni toʻsib qoʻymasligi lozim; v) archa shoxlari shift va devorlardan 1 m dan kam boʻlmagan uzoqlikda joylashgan boʻlishi lozim; g) xonada elektr yorugʻligi boʻlmasa, odamlar ommaviy boʻladigan tadbirlar kunning yorugʻ vaqtida oʻtkazilishi kerak; d) tadbirlarda tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan elektr girlyandalar va illyuminatsiyalardan foydalanish mumkin; e) illyuminatsiyalarda nosozliklar aniqlanganda (elektr simlarning qizishi, chiroqlarning oʻchib yonishi, uchqunlar chiqishi va shu kabilar), ular zudlik bilan elektr kuchlanishdan uzilishi lozim. 431. Odamlar ommaviy boʻladigan tadbirlarni oʻtkazishda xonalarda quyidagilar taqiqlanadi: a) yoyli projektorlar, shamlar va paqildoqlarni ishlatish, mushakbozlik qilish hamda yongʻinga olib kelishi mumkin boʻlgan boshqa yongʻin xavfi mavjud yoritish effektlarni uyushtirish; b) archani selluloidli oʻyinchoqlar hamda olovdan himoya qilish tarkibi bilan ishlov berilmagan (shimdirilmagan) doka va paxta bilan bezatish; v) bolalarga tez yonuvchi materiallardan tikilgan kiyimlar kiygizish; g) tomoshalar boshlanishidan oldin yoki tomosha vaqtida boʻyoqlash, olovli va boshqa yongʻin va portlash xavfi mavjud ishlarni amalga oshirish; d) xonalarni qorongʻilantirish uchun derazalarga soyabonlar oʻrnatish; e) qatorlar oraligʻidagi oʻtish joylarini toraytirish, u yerlarga qoʻshimcha stul, kreslolar va shu kabilarni oʻrnatish; j) spektakl va tomoshalar davomida xonaning elektr yorugʻligini toʻliq (batamom) oʻchirish; z) xonalarni belgilangan meʼyordan ortiq odamlar bilan toʻldirishga yoʻl qoʻyish. Tadbirlar oʻtkazilayotgan vaqtda sahna va tomosha zallarida masʼul xodimlarning navbatchiligi tashkil etilishi kerak. 432. Odamlar ommaviy boʻladigan binolardagi xodimlar, elektr energiyasi oʻchib qolganda foydalanishlari uchun elektr fonarlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Elektr fonarlar soni rahbar tomonidan obyektning xususiyatlaridan, binodagi odamlar sonidan, navbatchi xodimlarning mavjudligidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda elektr fonarlarning soni navbatchi xodimlarning sonidan kam boʻlmasligi lozim. 433. Odamlar ommaviy boʻladigan obyektlarning 1-qavatida joylashgan xonalar deraza va eshiklariga temir panjaralar oʻrnatish taqiqlanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 41. 30-bob. Madaniy-maʼrifiy, tomosha va sport obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 43. 31-bob. Davolash muassasalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Qoʻshni boʻlimlar
- 383-§. Oʻq-dorilar va pirotexnika buyumlarini sotish va saqlashga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 3928-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 4029-bob. Maʼmuriy binolar, ilmiy va taʼlim obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 4130-bob. Madaniy-maʼrifiy, tomosha va sport obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
- 4331-bob. Davolash muassasalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 4432-bob. Televideniye va radioeshittirish obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Televizion studiyalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 452-§. Televizion apparat xonalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 463-§. Yorugʻlikni tartibga solish stansiyalari, avtotransformator xonalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.