VM qarori № 649, 44-boʻlim

32-bob. Televideniye va radioeshittirish obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Televizion studiyalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

451. Koʻrsatuv va unga tayyorgarlik koʻrish (repetitsiya) vaqtida yongʻinga qarshi rejimga rioya qilinishini nazorat qilish uchun studiya va apparat xonalari boʻyicha javobgar shaxslar tayinlanishi kerak. 452. Televizion studiyalarni akustik qoplamalari bilan qoplash uchun ovoz yutuvchi yonmaydigan yoki qiyin yonuvchi material va konstruksiyalardan foydalanish kerak. Akustika konstruksiyalarini mustahkamlash va oʻrnatish uchun asoslar yonmaydigan yoki qiyin yonuvchi materialdan ishlangan boʻlishi kerak. 453. Pavilyonlarda chekish, ochiq olovdan (mashʼala, sham, kandelyabr va boshqalardan) foydalanish, yoyli projektorlar ishlatish hamda oʻq otish, feyrverk va olovli effektlar tashkil etish qatʼiyan taqiqlanadi. Suratga olish jarayonida olovli effektlardan foydalanishga zarurat tugʻilsa, yaʼni oʻq otish va portlash holatlarini imitatsiya qilish yongʻin xavfsizligiga toʻliq kafolat beruvchi maxsus uskunalar yordamida hamda yongʻindan saqlash xizmati vakillarining kuzatuvida amalga oshirilishi kerak. Aktyorlarning sigareta chekishi lozim boʻlgan sahnalari apparat studiya kompleksining navbatchi muhandisi bilan kelishilgan holda olib borilishi lozim. 454. Televizion studiyalarda ishlatiladigan barcha yonuvchi dekoratsiyalar va pardozlash materiallariga olovdan himoya qiluvchi tarkib bilan ishlov berilishi (shimdirilishi) kerak. Obyekt rahbarida esa ushbu ishlarni kim tomonidan, qachon bajarilganligi (sanasi) va amal qilish muddati koʻrsatilgan dalolatnoma boʻlishi shart. 455. Pavilyonlarda dekoratsiyalarni saqlash joylariga aniq belgilar qoʻyilgan boʻlishi kerak. Boshqa dekoratsiyalar maxsus omborxonalarda (seyf va boshqalarda) saqlanishi kerak. Koʻrsatuvlar tugagach studiyadan ortiqcha boʻlgan dekoratsiyalar olib tashlanishi zarur. 456. Elektr shchitlar atrofida har xil buyumlarni joylashtirish taqiqlanadi. 457. Osma va qiya hamda pastki yorugʻlik agregatlarining yoritkichlari metall yoki shisha toʻrli himoya qalpoqlari bilan himoyalangan boʻlishi shart. 458. Elektr taqsimlovchi shchitlarga, aloqa vositalariga, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalariga va uskunalariga borish va oʻtish yoʻlaklari hamda chiqish joylarini toʻsib qoʻyish qatʼiyan man etiladi. 459. Dekoratsiyalarni qurish va oʻrnatishda erkin harakatlanadigan yoʻlak toʻsib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida dekoratsiyalar orasidagi yoki dekoratsiya va devor orasidagi erkin harakatlanadigan yoʻlakning kengligi 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak. 460. Pavilyonlarda dekoratsiyalarni oʻrnatish devorlar va elektr taqsimlash moslamalaridan 1,5 m dan kam boʻlmagan masofa qoldirib oʻrnatiladi. Darvozalar qarshisida va ulardan har tomonga 3 m dan kam boʻlmagan yoʻlak qoldirilishi shart. 461. Yoritish uskunalari shift, balkon va boshqalarning ostida joylashtirilganda uskunaning ustki qismidan shiftgacha hamda dekoratsiya, balkon va boshqalarning eng yaqin yon taraflarigacha boʻlgan masofa yoyli yoritkichlar uchun 0,8 m va choʻgʻlanma lampali yoritkichlar uchun 0,5 m dan kam boʻlmasligi kerak. 462. Elektr yoritish uskunalarini oʻrnatish uchun osma havoza, taxtasupa va boshqa moslamalar mustahkam materiallardan ishlangan boʻlishi va uskunalarning tushib ketish ehtimolini oldini olishga qaratilgan moslamalar bilan taʼminlangan boʻlish kerak. 463. Odamlar oʻtadigan va ogʻir yuklarni olib oʻtish yoʻlaklarining pol qismidan oʻtkazilgan (yotqizilgan) elektr sim va kabellar olovdan himoya qilish tarkibi bilan ishlov berilgan yogʻochli oʻtish koʻpriklari bilan himoyalanishi kerak. 464. Koʻchma yoritkichlar korpuslarining himoya darajasi har kuni ish boshlanishidan oldin tekshirilishi va himoya darajasi susaygan yoritkichlar zudlik bilan almashtirilishi zarur. 465. Lampalar va yoritqichlardan chiqayotgan issiqlikni pasaytirish uchun tabiiy shamollatish tashkil etilishi zarur. Lampalar boshqa buyumlarga tegib ketishidan va zarbadan himoyalanishi lozim. Shishasi qorayib qolgan va shishib chiqqan lampalar zudlik bilan almashtirilishi kerak. 466. Telestudiyalarda quyidagi umumiy majburiy talablarni bajarish zarur: a) sahnalashtirishga aloqasi boʻlmagan shaxslarning ishtirok etishlariga yoʻl qoʻymaslik; b) ochiq turdagi tok taqsimlash shchitlari va saqlagichlarni oʻrnatmaslik; v) projektorlarning nurlarini filtr qilish sifatida sellofan va boshqa yonuvchi materiallardan foydalanmaslik, yonmaydigan materiallardan ishlangan rangli filtrlar metall qisqichlari yordamida mustahkam qotirilgan boʻlishi kerak; g) vaqtincha oʻtkazilgan elektr simlardan foydalanmaslik; d) ish vaqti tugagandan soʻng elektr yoritqichlar va elektr tarmoqlarini kuchlanish ostida qoldirmaslik; e) maʼmuriyatni xabardor qilmasdan taʼmirlash ishlarini olib borish. Ushbu talablar bajarilishini koʻrsatuvlar davomida, yozish yoki repetitsiyalar vaqtida nazorat qilish telestudiya rejissoriga, u yoʻqligida esa tegishli boʻlinmaning navbatchi smena boshligʻiga yuklatiladi. 467. Televizion koʻrsatuvlarning sahnalarini jihozlash uchun har xil turdagi elektr asbob-uskunalardan (motorlar, ventilyatorlar, elektr sirenalari, pasaytiruvchi transformatorlari mavjud elektr qoʻngʻiroqlar va boshqalardan) elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim tomonidan koʻrikdan oʻtkazilgandan soʻng foydalanishga ruxsat etiladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.