VM qarori № 649, 36-boʻlim

27-bob. Koʻrgazmalar, bozorlar, yarmarkalar, umumiy ovqatlanish va savdo obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

358. Koʻrgazmalar, bozorlar, yarmarkalar, umumiy ovqatlanish va savdo obyektlarida (keyingi oʻrinlarda — savdo obyektlari) quyidagilar taqiqlanadi: a) mijozlar savdo zallarida boʻlganda olovli ishlarni olib borish; b) agar savdo obyektlari yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarni (shu jumladan, gaz toʻldirilgan ballonlar, lok-boʻyoq materiallari, suyultiruvchilar, aerozol idishdagi tovarlar), porox, kapsyulalar, oʻq-dori, pirotexnik va boshqa portlovchi buyumlarning savdosi bilan shugʻullanishga moslashtirilmagan boʻlsa, savdo qilish; v) yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar, yonuvchi gazlar hamda pirotexnik buyumlar bilan savdo qilish boʻlimlari va seksiyalarni binoning evakuatsiya yoʻllaridagi barcha eshiklar, zina kataklari va boshqa evakuatsiya chiqish joylaridan 4 m dan kam boʻlgan masofada joylashtirish; g) savdo zallarida yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni oʻrnatish; d) zina kataklari oldidagi maydonchalarda, tambur, xoll, vestibyul, yoʻlaklar va boshqa evakuatsiya yoʻllarida savdo-sotiq bilan shugʻullanish, savdo va oʻyin apparatlarini joylashtirish (oʻrnatish). 359. Savdo zallarida va evakuatsiya yoʻllarida yonuvchi moddalar, chiqindilar, qadoqlar (mahsulotlar oʻraladigan yoki solinadigan qop, yashik, karton va hokazo) va konteynerlarni vaqtincha saqlash taqiqlanadi. 360. Yonuvchi yoki yonmaydigan tovar mahsulotlarini yonadigan qadoqlarda, deraza (tuynuk) yoki tutun tortish tizimi mavjud boʻlmagan xonalarda saqlash taqiqlanadi. 361. Yarim tayyor mahsulotlarni idishsiz (qadoqsiz) koʻtarib-tushirish uchun moʻljallangan shaxtali yuklash koʻtargichlar tuynuklari faqat ularni yuklash davrida ochiladigan zaslonkalar bilan taʼminlanishi lozim. 362. Savdo maydonlarida odamlarning ommaviy boʻlishi bilan bogʻliq savdo-sotiq, aksiyalar va boshqa shu kabi tadbirlarni oʻtkazishni tashkil etuvchi masʼullar yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrishi, shu jumladan, savdo maydonlariga tashrif buyuruvchilarni loyihada nazarda tutilgan sonidan oshib ketishini cheklashga, shuningdek, ularning bajarilishi uchun javobgar shaxslarni tayinlashga majbur. 363. Ish jarayonida (vaqtida) evakuatsiya yoʻllarida va oʻtish joylarida yuk va tovarlarni ortish (tushirish) taqiqlanadi. 364. Ish jarayonida (vaqtida) yuklarni qabul qilish va olib chiqish ishlari savdo obyektlarining (binolarning) orqa tomonidan xaridorlarning savdo obyektlarida (binolarida) harakatlanishiga va chiqishiga xalaqit bermagan holda amalga oshirilishi lozim. 365. Har birining hajmi 1 L dan oshadigan shisha idishlarga qadoqlangan maishiy kimyo vositalari, lok, boʻyoqlar va boshqa yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar, shuningdek, “Yongʻin xavfi mavjud”, “Ochiq olov yaqinida sepilmasin” ogohlantiruvchi yozuvlari boʻlmagan yongʻin chiqish xavfi mavjud boʻlgan tovar va mahsulotlarni sotish taqiqlanadi. 366. Yongʻin chiqish xavfi mavjud boʻlgan mahsulotlarni qadoqlash ishlari faqat ushbu maqsad uchun moʻljallangan maxsus xonalarda amalga oshirilishi lozim. 367. Savdo obyektlarining binolarida (pavilyonlarida) muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan va ishlab chiqaruvchining foydalanish qoidalariga rioya qilgan holda moyli elektrradiatorlar va elektrokalorifer isitish uskunalaridan foydalanishga ruxsat etiladi. 368. Elektr isitgichlardan doimiy ravishda yonmaydigan tagliklarga oʻrnatilgan holda foydalanish lozim. Isitish qurilmasining issiqlik tarqatish (qizish) yuzasi yonuvchan materiallar hamda bino (inshootlar) konstruksiyalaridan kamida 0,5 m uzoqlikda boʻlishi lozim. 369. Kerosin va boshqa yonuvchi suyuqliklarni idishlarga quyish yoʻli bilan savdo qilish hamda ularni saqlash faqat devorlari, shu jumladan, pol qismi yonmaydigan materiallardan ishlangan xonalarda amalga oshirilishiga ruxsat beriladi. Avariya holatida yonuvchi suyuqliklar tarqalishining oldini olish maqsadida ushbu xonalarning pol sathi qoʻshni xonalarning pol sathidan past boʻlishi lozim. Ushbu binolarda isitish pechlaridan foydalanish taqiqlanadi. 370. Kerosin va boshqa yonuvchi suyuqliklar solingan sigʻimlar (rezervuar, bochka) oʻrnatilgan (saqlanayotgan) omborlar bilan savdo zallari oraligʻi yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratilishi lozim. Sigʻimlarning hajmi 5 m3 dan yuqori boʻlishi mumkin emas. 371. Rezervuardan tarqatish sigʻimlariga yonuvchi suyuqliklarni uzatib beruvchi quvurlar statsionar qotirilgan boʻlishi va ularni tarqatish sigʻimlariga ulangan joylari joʻmraklar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Tarqatish sigʻimlarining hajmi 100 L gacha boʻlishi kerak. Quvurlar va tarqatish sigʻimlari kamida ikkita joydan yerga ulangan boʻlishi lozim. Yerga ulanishning ishonchliligi elektr qarshilikni oʻlchash yoʻli bilan kamida 1 yilda bir marta tekshirilishi kerak. 372. Kerosinni tarqatish peshtaxtasi (rastasi) yonmaydigan va zarbadan uchqun chiqishini istisno etadigan materialdan qoplangan boʻlishi lozim. 373. Kerosin savdosi amalga oshirilayotgan binolarda (inshootlarda) qadoqlash materiallarini (payraxa, somon, qogʻoz va boshqalarni) saqlash taqiqlanadi. 374. Kerosin va boshqa yonuvchi suyuqliklardan boʻshatilgan (boʻshagan) idishlar faqat maxsus ajratilgan maydonlarda saqlanish lozim.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.