VM qarori № 649, 35-boʻlim

26-bob. Sogʻlomlashtirish muassasalari va dam olish uylariga (bazalariga) qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

335. Sogʻlomlashtirish muassasasi va dam olish uyi (bazasi), shuningdek, bolalarning yozgi dam olish oromgohi rahbari mavsum boshlanishidan oldin mahalliy Davlat yongʻin nazorati organlari vakilining ishtirokida muassasaning yongʻinga qarshi holatini oʻrganib chiqishi hamda aniqlangan yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi holatlarini bartaraf etish choralarini koʻrishi shart. 336. Sogʻlomlashtirish muassasasi, dam olish uyi (bazasi) va bolalarning yozgi dam olish oromgohi rahbari obyekt hududidagi barcha binolar, odamlar yashash joylari (yashash uylari, palatkalar va boshqalar), xoʻjalik binolari (ovqat tayyorlash, koʻchma elektr stansiyalar va boshqalar) maʼmuriy va maishiy xizmatlar, savdo shoxobchalari, tashqi yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimlari, gulxanlar yoqish joylari, avtoturargohlar va boshqa binolar koʻrsatilgan yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini va obyektlarning umumiy chizmasi ishlab chiqilishini taʼminlashga majbur. Ishlab chiqilgan chizmalar obyekt hududiga kirish darvozasi oldiga (agar bir nechta kirish darvozasi mavjud boʻlsa har biriga) koʻrinarli joyga oʻrnatilishi shart. 337. Yongʻin sodir boʻlganda bolalarni va mol-mulkni qutqarish rejalari oromgohlar va sogʻlomlashtirish muassasalarining barcha xizmat koʻrsatuvchi ishchi-xizmatchilari bilan bolalarni qabul qilishdan oldin va har bir smenadan soʻng amaliy tarzda oʻrganilishi kerak. 338. Sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish uylari (bazalari) va bolalarning yozgi dam olish oromgohlarining hududiga yongʻin oʻchirish avtomobillari kirib-chiqishi uchun 2 tadan kam boʻlmagan darvozalar boʻlishi kerak. 339. Sogʻlomlashtirish muassasalari va bolalarning yozgi dam olish oromgohlari hududidagi yoʻllar va yoʻlaklar yongʻinga qarshi maqsadda aylanma shaklda boʻlishi kerak. 340. Qishloq joylardagi eng yaqin yongʻin-qutqaruv boʻlinmasigacha 3000 m dan ortiq masofada joylashgan dam olish uylari (bazalari) va boshqa sogʻlomlashtirish muassasalari yongʻin oʻchirish motopompasi yoki yongʻin oʻchirishga moslashtirilgan (qayta jihozlangan) texnika va anjomlar bilan taʼminlanishi kerak. 341. Sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish uylari (bazalari) va bolalar yozgi dam olish oromgohlari hududida yongʻin oʻchirish motopompasi hamda boshqa yongʻin oʻchirish jihozlari va texnikalarini saqlash uchun 20 — 30 m2 maydonga ega boʻlgan alohida bino qurilgan boʻlishi lozim. 342. Sogʻlomlashtirish muassasalari va bolalar yozgi dam olish oromgohlari hududida balandligi 10 m gacha boʻlgan binolar tashqi yongʻinga qarshi tirkagich narvonlar bilan taʼminlanishi kerak. Tirkagich narvonlar maxsus ajratilgan joylarda saqlanishi lozim. 343. Sogʻlomlashtirish muassasalari va bolalar yozgi dam olish oromgohlari hududidagi balandligi 10 m dan yuqori boʻlgan binolarga temirdan ishlangan tashqi yongʻinga qarshi narvonlar oʻrnatilishi lozim. Ushbu narvonlar yer ustidan 1,5 — 1,8 m balandlikdan boshlanishi kerak. 344. Qiyin yonuvchi va yonuvchi bostirmali yotoqxonalarnig ostki qismida omborxonalar va boshqa moddiy boyliklarni saqlash uchun yordamchi xonalar tashkil etish taqiqlanadi. 345. Bolalarni joylashtirish uchun moʻljallangan palatkalarga har yili olovdan himoya qilish tarkibi bilan ishlov berilishi lozim. 346. Guruhlar joylashtirilgan pavilyonlar xonalari oʻrtasida olovga bardoshlik chegarasi 0,75 soatdan (45 min dan) kam boʻlmagan yonmaydigan devorlar va olovga bardoshlik chegarasi 0,6 soatdan (36 min dan) kam boʻlmagan eshiklar oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Yotoqxonalar, oshxona va ommaviy madaniy tadbirlarni oʻtkazish xonalari olovga bardoshli devorlar bilan ajratilishi lozim. 347. Bolalar yozgi dam olish oromgohlarining koʻp qavatli binolarida kichik yoshdagi bolalarni birinchi qavatlarda joylashtirish lozim. 348. Xonalardagi stol, stul va karavotlar chiqish yoʻlaklarini toʻsib qoʻymasligini hisobga olgan holda joylashtirilishi kerak. 349. Bolalar uchun gulxanlarni yoqish faqat maxsus tayyorlangan va binolardan 100 m uzoqlikda joylashgan maydonlarda ruxsat etiladi. Shamolli ob-havo sharoitida gulxan yoqish taqiqlanadi. 350. Bayram tugagandan soʻng gulxanni suv bilan oʻchirish va shundan soʻng tuproq bilan koʻmib tashlash kerak. 351. Elektr yoritish tarmoqlari boʻlmagan bostirma, ombor, chordoq, yertoʻla va boshqa joylarga kirganda qoʻl elektr fonaridan foydalanish lozim, bunday vaziyatlarda gugurt, sham va boshqa ochiq olov manbalaridan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi. 352. Sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish uylari (bazalari) va bolalarning yozgi dam olish oromgohlarida mavjud olovga bardoshliligi IV va V-darajali boʻlgan yotoqxona, oshxonalar va klublar binolari yashindan himoya qiluvchi moslamalar bilan jihozlanishi kerak. 353. Barcha yotoqxonalar, zallar, foye, vestibyul, yoʻlaklar, zinapoyalar, oshxonalar markazlashtirilgan holda yongʻin haqida xabar berish moslamasi bilan taʼminlanishi lozim. Agar yongʻin haqida xabar berish maqsadida radioeshittirish tarmogʻidan foydalaniladigan boʻlsa, kunu tun ishlaydigan reproduktorlar (radio karnaylar) oʻrnatilishi kerak. 354. Sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish uylari (bazalari) va bolalar yozgi dam olish oromgohlarida yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari bilan telefon aloqasi oʻrnatiligan boʻlishi lozim. Istisno tariqasida yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri telefon aloqa vositasi mavjud boʻlgan dispetcherlik xizmati bilan kunu tun ratsiya orqali aloqa oʻrnatishga ruxsat etiladi. Sogʻlomlashtirish muassasalari va bolalar yozgi dam olish oromgohlari hududida yongʻin yoki boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda xavfni bildiruvchi signal beruvchi moslamalar oʻrnatilgan boʻlish kerak. 355. Oʻrmon massivlarida yoki bevosita ularning yaqinida joylashgan sogʻlomlashtirish muassasalari va dam olish uylari (bazalari), shuningdek, bolalarning yozgi dam olish oromgohlari hududida yongʻin tarqalishining oldini olish choralari koʻrilishi lozim (oʻrmon massivlari tomonidan perimetri boʻylab kengligi 3 m dan kam boʻlmagan madanlashtirilgan himoya yoʻli boʻlishi kerak). 356. Sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish uylari (bazalari) va bolalar yozgi dam olish oromgohlari hududlarida mushakbozlik qilish va pirotexnika buyumlaridan foydalanish belilangan tartibda amalga oshirilishi lozim. 357. Sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish uylari (bazalari) va bolalar yozgi dam olish oromgohlari hududida shaxsiy avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarini tashkil etish taqiqlanadi. Ushbu obyektlarga tegishli boʻlgan xoʻjalik ishlarida foydalaniladigan avtotransport vositalari maishiy-xizmat hududlaridagi garajlarda saqlanishi kerak.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.