VM qarori № 649, 34-boʻlim
VI boʻlim. Obyektlar uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari — 25-bob. Odamlar kunu tun boʻladigan obyektlarga va turar joylarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
324. Shaharsozlik normalari va qoidalarida nazarda tutilgan talablardan tashqari yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylarning turar joylarida, yotoqxonalarning yashash xonalarida, joylashtirish vositalari nomerlarida yongʻin, portlash va yongʻin-portlash xavfi boʻlgan modda va materiallar ishlatiladigan va saqlanadigan turli ishlab chiqarish va omborxonalarni tashkil etish taqiqlanadi, shu jumladan, ulardan foydalanish maqsadlari oʻzgarganda ham (ijaraga berilishida ham). 325. Yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylarning turar joylarida 10 L gacha boʻlgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni yopiq idishda saqlashga (foydalanishga) ruxsat beriladi. 3 L dan ortiq boʻlgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar yonmaydigan va sinmaydigan idishlarda saqlanish lozim. 326. Yonuvchi gaz bilan toʻldirilgan ballonlarni, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylarning turar joylarining evakuatsiya yoʻllarida, sokol qavatlarida, yertoʻla va chordoqlarida saqlashga ruxsat berilmaydi. 327. Oshxonadagi va boshqa maishiy gaz uskunalarini gaz bilan taʼminlaydigan gaz ballonli qurilmalar (alohida ballonlar) gaz taʼminoti tashkilotlarining loyihalariga (chizmalariga) muvofiq oʻrnatilishi hamda ulardan Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari talablariga asosan foydalanish lozim. 328. Dala hovli uylaridan uzoq vaqt foydalanilmaganda, ularning elektr taʼminoti oʻchirilishi va gaz ballonlarining joʻmraklari (klapanlari) mustahkam yopilishi kerak. 329. Tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik yashashga moʻljallangan joylashtirish vositalarida, yongʻin xavfsizligi qoidalari aks ettirilgan eslatmalar (yoʻriqnomalar) ushbu Qoidalarga 12-ilovaga muvofiq bir nechta tillarda ishlab chiqilishi lozim. 330. Joylashtirish vositalarida tashrif buyuruvchilar yongʻin xavfsizligi qoidalari bilan (imzo qoʻydirish orqali) tanishtirilishi kerak. Tashrif buyuruvchilarni yongʻin xavfsizligi qoidalari bilan videoroliklar orqali tanishtirish yoʻlga qoʻyilgan taqdirda, imzo qoʻydirish talab etilmaydi. 331. Joylashtirish vositalari nomerlarida (“elektron qulf” tizimi bilan jihozlangan nomerlar bundan mustasno) isitish moslamalaridan (suv qaynatish va elektr isitish moslamasi, elektr choynaklar, dazmol va boshqalardan) foydalanish taqiqlanadi. Ushbu ishlar uchun maʼmuriyat tomonidan alohida xona ajratilishi lozim. 332. Joylashtirish vositalarining yashashga moʻljallangan qavatlarida omborxona, ofis va boshqalarni joylashtirishga ruxsat etilmaydi. 333. Tungi vaqtda odamlar boʻladigan ijtimoiy obyektlarda (maktab-internat, bolalar uylari, nogironligi boʻlgan shaxslar va qariyalar uylari, shifoxonalar, sanatoriy, yozgi dam olish oromgohlari va boshqalar) xodimlarning kunu tunlik navbatchiligi tashkil etilishi lozim. Navbatchilikda turgan xodimda doimo barcha evakuatsiya eshiklari qulflarining kalitlar toʻplami boʻlishi, kalitlarning ikkinchi toʻplami navbatchililar xonasida saqlanishi lozim. (333-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son) Toʻplamlardagi har bir kalitda qaysi eshikdagi qulfga taalluqliligi yuzasidan yozuvlari boʻlishi kerak. Tungi vaqtdagi navbatchi (qorovul) shahar telefon tarmogʻiga ulangan telefon apparati mavjud boʻlgan xonada boʻlishi kerak, ularga uxlash va obyekt hududini tark etishga ruxsat etilmaydi. Bino qavatlarining yoʻlaklarida, xollarda va boshqa evakuatsiya yoʻllarida jihozlarni joylashtirish taqiqlanadi. 334. Har bir yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylarning turar joylarida oʻt oʻchirgich boʻlishi tavsiya etiladi. Koʻp kvartirali uylarga oʻrnatilgan yongʻin avtomatikasi tizimlarini (avtomatik yongʻin signalizatsiyasi, yongʻindan xabardor va evakuatsiya qilish, tutunga qarshi shamollatish tizimlari hamda avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va boshqa avtomatik yongʻinga qarshi himoya texnik uskunalarini) ishchi holatda saqlab turish uchun koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari shtatida yongʻin xavfsizligi boʻyicha kamida bir nafar mutaxassis boʻlishi lozim. (334-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 33. 24-bob. Neft quvurlari va rezervuarlarini taʼmirlash ishlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 35. 26-bob. Sogʻlomlashtirish muassasalari va dam olish uylariga (bazalariga) qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Qoʻshni boʻlimlar
- 302-§. Yonuvchi suyuqliklardan foydalanib kavsharlash ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 313-§. Bitumlar va qatronlarni eritish (qaynatish) ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 3223-bob. Boʻyash ishlariga quyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 3324-bob. Neft quvurlari va rezervuarlarini taʼmirlash ishlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 3526-bob. Sogʻlomlashtirish muassasalari va dam olish uylariga (bazalariga) qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 3627-bob. Koʻrgazmalar, bozorlar, yarmarkalar, umumiy ovqatlanish va savdo obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
- 372-§. Yarmarkalar, bozorlar va koʻrgazmalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 383-§. Oʻq-dorilar va pirotexnika buyumlarini sotish va saqlashga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.