VM qarori № 649, 33-boʻlim

24-bob. Neft quvurlari va rezervuarlarini taʼmirlash ishlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

312. Yopiq sigʻimlardagi olovli ishlar faqat naryad-ruxsatnoma asosida oʻtkazilishi kerak. 313. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar saqlanadigan sigʻimlar va apparatlarda olovli ishlarni oʻtkazishdan avval ular tozalanishi, yuvilishi, bugʻlanishi, inert gazlar va siqilgan havo yordamida tozalanishi kerak. Ularda olovli ishlarni oʻtkazishda lyuklar va qopqoqlar ochiq holatda boʻlishi hamda doimiy shamollatilishi kerak. Ishlarni boshlashdan avval sigʻimlar 40°C dan oshmaydigan haroratgacha sovitilishi kerak. 314. Rezervuarda olovli ishlarni bajarish bilan bogʻliq taʼmirlash ishlarini oʻtkazishdan oldin uning tayyorligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilishi kerak. 315. Sigʻimlar va apparatlarga ulangan barcha kommunikatsiyalar himoya armaturasi bilan yopilgan va ajratilgan boʻlishi kerak. Apparatni koʻrikdan oʻtkazish, tozalash yoki taʼmirlash uchun uni ochishdan oldin apparatning ichidagi bosimni atmosfera bosimigacha tushirish yoki vakuumni soʻndirish, apparat ichidan ishlab chiqarish mahsulotlarini chiqarib tashlash va uni barcha kommunikatsiyalardan tiqinlar bilan ajratish kerak. Bu haqda smena boshliqlarining jurnaliga yoki kommunikatsiyalardagi tiqinlarni olish va oʻrnatish boʻyicha maxsus jurnalga yozib qoʻyiladi. 316. Sigʻimlar va apparatlarda olovli ishlarni bajarishdan oldin ular yerga ishonchli ulanishi kerak. 317. Payvandlash apparati elektr yoyi uzilgan vaqtda boʻsh yurishini (xolostoy xod) avtomatik ravishda oʻchirish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak. 318. Olovli ishlarni boshlashdan avval va har bir tanaffusdan keyin taʼmirlash ishlari oʻtkazilayotgan sigʻimlar, apparatlar, quvurlar va texnologik qurilmalardagi hamda ishlab chiqarish binosi va hududidagi havo tarkibida uglevodorod gazlari, shuningdek, sharoitdan kelib chiqib oltingugurt birikmali gazlar va boshqa shu kabi yondosh gazlar mavjudligi hamda ularning miqdori tekshirilishi kerak. Tekshirishni oʻtkazish davriyligi naryad-ruxsatnomaga asosan belgilanadi. Agar hududda yoki texnologik qurilmada yonuvchi gazlar hamda bugʻlarning miqdori ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyadan oshib ketgan holatlarda taʼmirlash ishlarini zudlik bilan toʻxtatish kerak. 319. Ish bajaruvchilarning sigʻimlarga tushishi va chiqishi uchun uchqun chiqarmaydigan materialdan tayyorlangan narvonlardan foydalanish kerak. 320. Quvurlar, rezeruvarlar va boshqa texnologik qurilmalarda taʼmirlash va olovli ishlarni oʻtkazish uchun gazlardan tozalashda neft mahsulotlari bugʻlarining xavfsiz konsentratsiyasi taʼminlangan boʻlishi kerak. 321. Qurilmalarda nosozliklar aniqlanganda ishchilarni sodir boʻlishi mumkin boʻlgan portlash va yongʻinlardan himoya qilish boʻyicha birinchi navbatdagi choralar koʻrilishi, shuningdek, neft mahsulotlari tarqalishini cheklash choralari koʻrilishi kerak. 322. Payvandlash uskunalari oʻrnatilgan olovli ishlarni oʻtkazish joylari va maydonchalarda quyidagi yongʻin xavfsizligi choralari koʻrilgan boʻlishi shart: a) ushbu ishlarni oʻtkazish joylariga yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar bugʻlarining tarqalishi butunlay bartaraf etilgan boʻlishi kerak; b) obyektlardagi payvandlash va kesish ishlari oʻtkaziladigan joylarning konstruksiyalari yonadigan materiallardan ishlangan boʻlsa, ular yonmaydigan yaxlit toʻsiqlar bilan toʻsib qoʻyilishi kerak. Bunda toʻsiqning balandligi 1,8 m dan kam boʻlmasligi, toʻsiq va yer oraligʻi 0,05 m dan oshmasligi kerak. Qizigan choʻgʻlarning tarqalishini cheklash uchun yuqoridagi oraliqlar oʻlchami 0,001 x 0,001 m dan kam boʻlmagan yonmaydigan sim toʻrlar bilan toʻsilgan boʻlishi kerak. 323. Quyidagi masofalardan yaqin boʻlmagan holatlarda obyekt hududida ochiq olovdan foydalanib taʼmirlash ishlarini bajarishga ruxsat beriladi: a) toʻkish-quyish estakadalaridan quyish va toʻkish jarayonlarini bajarishda — 100 m, ushbu jarayonlar bajarilmayotgan vaqtda — 50 m; b) gaz kompressorli apparatlar, gazgolderlar, rezervuarlar parklari va yengil alangalanuvchi suyuqliklar boʻlgan alohida rezervuarlardan — 40 m; v) kanalizatsiya quduqlari va oqib tushish joylaridan, surilma qopqoqlar uzellari va yonuvchi mahsulot sizib chiqishi mumkin boʻlgan joylardan — 20 m. Kanalizatsiya quduqlari va oqib tushish joylari koʻrsatilgan masofadan yaqinda joylashganda quduqlarning qopqoqlarini qalinligi 5 sm boʻlgan tuproq qatlami bilan koʻmib tashlash kerak.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.