VM qarori № 649, 31-boʻlim

3-§. Bitumlar va qatronlarni eritish (qaynatish) ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

286. Bitum va qatronlarni eritish qozonlarini yangi qurilayotgan imoratlar, binolar va yonuvchi qurilish materiallaridan kamida 50 m masofada joylashgan maxsus ajratilgan joylarda oʻrnatish kerak. Qozonlarni binolarning chordoq xonalariga hamda qoplamalarning ustiga (yonmaydigan qoplamalar bundan mustasno) oʻrnatish taqiqlanadi. 287. Yogʻingarchiliklaridan himoyalash va qozonda alangalangan massani oʻchirish uchun har bir qozon zich yopiladigan yonmaydigan qopqoq bilan taʼminlanishi, bitum qaynab ketganda oʻt yoqish kamerasiga toʻkilishidan himoyalovchi moslama bilan jihozlanishi lozim. 288. Qozonni oʻrnatganda uning oʻt yoqish kamerasi ustidagi cheti qarama-qarshi tomondagi chetidan 5-6 sm ga balandroq boʻlishi zarur. Qozonning oʻt yoqish kamerasi yonmaydigan materialdan yasalgan qopqoq bilan jihozlangan boʻlishi lozim. 289. Ishlar yakunlangandan keyin qozonlarning oʻt yoqish kameralaridagi olov oʻchirilishi va ustiga suv sepilishi kerak. 290. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yongʻinni oʻchirish maqsadida bitum eritish joyi hajmi 0,5 m3 ga teng boʻlgan quruq qumli qutilar, 2 ta belkurak va oʻt oʻchirgichlar (koʻpiklik yoki kukunli) bilan taʼminlanishi zarur. 291. Gaz ballonlaridagi gaz yordamida ishlatilganda koʻchma qozonlarni shamollatiladigan metall shkaflarda ikkitadan koʻp boʻlmagan miqdorda, qozondan kamida 20 m masofada joylashtirish kerak. Metall shkaflar doimo qulflangan holatda turishi zarur. 292. Bitumni eritish yoki isitish vaqtida qozonlarni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi. 293. Bitum va qatronlarni erituvchi suyuklik (rastvoritel) bilan eritish taqiqlanadi. 294. Qizdirilgan bitumni erituvchi suyuklik bilan aralashtirishda bitumni suyuqlika qoʻshish lozim. Aralashtirish faqat yogʻochli qorgʻich bilan amalga oshirilishi kerak. 295. Qizdirilgan bitumni erituvchi suyuklik bilan aralashtirishda 50 m radiusda ochiq alangadan foydalanish taqiqlanadi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.