VM qarori № 649, 32-boʻlim

23-bob. Boʻyash ishlariga quyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

296. Boʻyash sexi va uchastkalari portlashdan himoyalangan majburiy shamollatish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim. 297. Ish jarayonida zararli bugʻ va gazlar chiqadigan (boʻyash kameralari, vannalar, qoʻlda boʻyash postlari, quritish kameralari, sirtlarni boʻyash uchun tozalash va tayyorlash postlari hamda agregatlar va hokazo) ish joylari mahalliy havo tortish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi zarur. 298. Boʻyoq tayyorlash boʻlimining tashqi devori yonmaydigan toʻsuvchi konstruksiyalardan ishlangan, toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiqish joyi bilan taʼminlangan bir qavatli binoda maxsus ajratilgan xonada joylashgan boʻlishi lozim. 299. Boʻyash sexlaridagi elektr uskunalari va yoritqichlar portlashdan himoyalangan shaklda bajarilgan boʻlishi lozim. Elektr yoqish qurilmalari boʻyash va quritish kameralarining tashqarisida oʻrnatilishi zarur. 300. Boʻyoqlar, loklar, gruntlar, shpatlyovkalar, qotiruvchilar, suyultiruvchi va erituvchilar saqlanadigan joylarda har bir idishda ularning aniq nomi yozilgan yorligʻi boʻlishi kerak. 301. Lok-boʻyoq materiallari, kukunli polimer boʻyoqlar, suyultiruvchilar, erituvchilar, qotiruvchilar, yuvish, yogʻsizlantirish va yaltiratish tarkiblarini tayyorlash uchun yarim tayyor mahsulotlarni alohida binolarda yoki majburiy shamollatish tizimi va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan jihozlangan yer osti omborlarda saqlash lozim. 302. Lok-boʻyoq materiallarini saqlash omborlari stellajlar (yopiq metall shkaflar) bilan jihozlangan boʻlishi zarur. 303. Bir-biriga taʼsir koʻrsatuvchi moddalar alohida saqlanishi lozim. Boʻsh idishlarni saqlash uchun boʻyash xonasining tashqarisidan kamida 25 m masofada boʻlgan maxsus ajratilgan maydon boʻlishi kerak. 304. Lok-boʻyoq materiallari uchun suyultiruvchi va erituvchilar sifatida benzol, metanol va pirobenzoldan foydalanish taqiqlanadi. Mumkin boʻlgan barcha holatlarda lok-boʻyoq materiallarida toluol va ksilolni ishlatishni cheklab qoʻyish (15 foizdan ortmagan holda) lozim. 305. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar yordamida bajariladigan ishlarni amalga oshirish uchun uchqun chiqarmaydigan materiallardan (aluminiy, mis, plastmassa, bronza) yasalgan asboblarni ishlatish lozim. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar yordamida ishlar bajarilgandan soʻng ushbu asboblar ochiq maydonda yoki shamollatish tizimiga ega boʻlgan xonalarda yuvilishi lozim. 306. Har bir elektr boʻyash kamerasi uglekislotali avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim. 307. Quritish kameralari tashqi devorlarining harorati 45 oC dan yuqori boʻlmasligini taʼminlaydigan ishonchli issiqlik izolyatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi zarur. 308. Lok-boʻyoq materiallaridan boʻshagan idishlarni yumshoq skrebokalar va choʻtkalar (misdan yoki aluminiydan yasalgan) yordamida tozalash lozim. 309. Polga toʻkilgan boʻyoqlar va erituvchilarni quruq qum yoki qirindi yordamida zudlik bilan yigʻish va boʻyash xonasidan chiqarib tashlash kerak. 310. Ishlatib boʻlingan artish materiallarini qopqoqli temir qutilarga solish hamda ish vaqti tugaganidan soʻng binoning tashqarisidagi maxsus ajratilgan joylarga olib chiqish lozim. 311. Boʻyash ishlarini bajarishda quyidagilar taqiqlanadi: a) boʻyoq tayyorlash va boʻyash xonalarida ochiq olovdan foydalanish va uchqun chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan (payvandlash ishlari, charxlovchi dastgohlarda ish bajarish) ishlarni amalga oshirish; b) kameralarni tozalash uchun qora metallardan yasalgan va ishqalanishda uchqun chiqaradigan abraziv asboblardan foydalanish; v) boʻyash uchastkalarida hamda boʻyoqlar va erituvchilar saqlanadigan joylarda olov yoqish, kavsharlaydigan lampalar va elektr kavsharlash asboblaridan foydalanish; g) portlashning oldini olish maqsadida bochkalar, bidonlar, sigʻimlar va ichida lok-boʻyoq materiallari mavjud boʻlgan (yoki avval solingan) idishlarning ichini gugurt yoki boshqa alanga manbalari bilan yoritish; d) yengil alangalanuvchi suyuqliklarni ochiq idishlarda saqlash; e) ishchi xonalarda boʻyoqlar va erituvchilardan boʻshagan idishlarni saqlash; j) ishchi xonalarda ifloslangan va moylanib ketgan artish materiallarini ish tuganadan soʻng yigʻishtirilmagan holda qoldirish.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.