VM qarori № 649, 30-boʻlim

2-§. Yonuvchi suyuqliklardan foydalanib kavsharlash ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

279. Kavsharlash ishlarini olib borishda ish joyi yonuvchi materiallardan tozalangan, ish joyidan 5 m dan kam masofada joylashgan yonuvchi konstruksiyalar alangalanishdan temirli toʻsiqlar bilan ishonchli himoyalangan yoki ustiga suv sepilgan boʻlishi lozim. 280. Kavsharlash lampalarini soz holatda saqlash, bir oyda bir marta mustahkamligini va germetikligini tekshirish hamda tekshiruv sanasi va natijalarini maxsus yuritilgan jurnalga kiritish lozim. Bundan tashqari, kamida bir yilda bir marta gidravlik bosim ostida sinash kerak. 281. Har bir lampa zavodda oʻtkazilgan gidravlik sinov natijalari va ruxsat etilgan ishchi bosim aks ettirilgan pasportga ega boʻlishi lozim. Lampalar belgilangan bosimga sozlangan prujinali saqlagich klapanlar bilan jihozlanishi lozim. 282. Kavsharlash lampalariga yonuvchi suyuqlik quyish va uni oʻt oldirish maxsus ajratilgan joylarda amalga oshirilishi zarur. Yonuvchi suyuqlikni quyish jarayonida uning toʻkilishi va ochiq alangadan foydalanish taqiqlanadi. 283. Kavsharlash lampasidan olov otilib chiqishining oldini olish uchun unga quyiladigan yonuvchi suyuqlik begona aralashmalar va suvdan tozalangan boʻlishi lozim. 284. Kavsharlash lampasi portlab ketishining oldini olish uchun quyidagilar taqiqlanadi: a) kerosinda ishlaydigan lampalar uchun yonilgʻi sifatida benzin yoki benzin bilan kerosin aralashmasidan foydalanish; b) lampa rezervuaridagi bosimni pasportida nazarda tutilgan bosimdan havo bilan koʻpaytirish; v) lampaga uning hajmining 3/4 qismidan ortiq miqdorda kerosin quyish; g) nasos yordamida dam urilayotgan lampaning suyuqligi bilan gorelkani qizdirish; d) yonib turgan yoki hali sovishga ulgurmagan lampaning havo vintini va yonilgʻi quyish qopqogʻini burab chiqarish; e) ochiq alangaga yaqin joyda (yonib turgan gugurt, sigareta va hokazolar) lampani qismlarga ajratish, taʼmirlash hamda uning ichidan suyuqlikni toʻkish yoki ichiga quyish. 285. Konstruksiyasi yoki pardozlari yonuvchi materiallardan ishlangan binolarda muzlab qolgan vodoprovod, kanalizatsiya va bugʻ quvurlarini qizdirish uchun kavsharlash lampalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.