VM qarori № 649, 29-boʻlim
22-bob. Yonuvchi suyuqliklardan foydalanib kavsharlash ishlarini, qatron va mastika, bitum eritish (qaynatish) ishlarini amalga oshirishga quyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Yonuvchi suyuqliklardan foydalanib metall kesish ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
272. Benzin va kerosin yordamida kesish ishlari uchun ish joyi elektr payvandlash ishlarida boʻlgani kabi tashkil etiladi. Bunda yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqlikni toʻkib yuborish mumkin emasligiga va ular toʻgʻri saqlanishiga, kesish va yonuvchi suyuqlik solingan kichik bakdan foydalanilishiga alohida eʼtibor qaratilishi lozim. 273. Yonuvchi suyuqliklar yordamida kesish ishlari bajarilayotgan joyda faqat bir smena ehtiyojlariga yetadigan miqdordagi yoqilgʻi saqlanishi mumkin. Yonilgʻi olovli ishlar olib borilayotgan joydan kamida 10 m masofada soz holatdagi, sinmaydigan, zich yopiladigan maxsus idishda saqlanishi zarur. 274. Benzin va kerosin yordamida kesish ishlari uchun tarkibida begona aralashmalar va suv mavjud boʻlmagan yonuvchi suyuqlikdan foydalanish lozim. Yonilgʻi bilan bak hajmining 3/4 qismidan ortiq toʻldirishga yoʻl qoʻyilmaydi. 275. Yonilgʻi solinadigan bak soz va germetik zich yopiladigan boʻlishi lozim. Bakda manometr hamda bakdagi bosim 5 atmosferadan ortiq koʻtarilib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan saqlovchi klapan boʻlishi lozim. Suv yordamida 10 atmosfera bosimida sinalmagan, yonuvchi suyuqliklar sirqib chiqayotgan yoki nasosi nosoz boʻlgan baklardan foydalanish taqiqlanadi. 276. Ish joyida quyilgan yonuvchi suyuqlikni oʻt oldirib, rezakning toʻgʻirlovchi qismini qizdirish taqiqlanadi. 277. Yonilgʻi solingan bak kislorod solingan ballonlardan va ochiq alanga manbalaridan kamida 5 m masofada, kesuvchining ish joyidan esa — kamida 3 m masofada oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Bunda bakni ish jarayonida olov va uchqun tegmaydigan holatda joylashtirish lozim. 278. Benzin va kerosin yordamida kesish ishlarini olib borishda quyidagilar taqiqlanadi: a) yonuvchi suyuqlik solingan bakdagi havo bosimi rezakdagi kislorodning ishchi bosimidan yuqori boʻlgan holatda kesish ishlarini bajarish; b) rezakning bugʻlatkichini toʻq qizil ranggacha qizdirib yuborish hamda ish bajarish vaqtida rezakni tik holatda, golovkasi bilan tepa tomon ilib qoʻyish; v) rezakka kislorod va yonuvchi suyuqlikni uzatuvchi shlanglarni siqib qoʻyish, burab yuborish yoki buklab qoʻyish; g) rezakka benzin yoki kerosin uzatish uchun kislorod shlangidan foydalanish.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 28. 21-bob. Gaz bilan payvandlash va gazli kesish ishlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 30. 2-§. Yonuvchi suyuqliklardan foydalanib kavsharlash ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Qoʻshni boʻlimlar
- 2518-bob. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari
- 26V boʻlim. Yuqori darajada yongʻin xavfi mavjud ishlarni amalga oshirishni tashkil etish — 19-bob. Olovli ishlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
- 2720-bob. Elektr payvandlash ishlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 2821-bob. Gaz bilan payvandlash va gazli kesish ishlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 302-§. Yonuvchi suyuqliklardan foydalanib kavsharlash ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 313-§. Bitumlar va qatronlarni eritish (qaynatish) ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 3223-bob. Boʻyash ishlariga quyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 3324-bob. Neft quvurlari va rezervuarlarini taʼmirlash ishlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.