VM qarori № 649, 28-boʻlim

21-bob. Gaz bilan payvandlash va gazli kesish ishlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

253. Gaz payvandlash ishlarini olib borish uchun koʻchma atsetilen generatorlarini ochiq maydonlarda oʻrnatish lozim. Ularni faqat havo almashish imkoniga ega joylarda vaqtinchalik ishlatish mumkin. 254. Atsetilen generatorlarini payvandlash ishlari olib boriladigan joydan, ochiq alanga va qizib ketgan buyumlardan, kompressor va ventilyatorlar havo tortadigan joylardan kamida 10 m boʻlgan masofada toʻsib qoʻyilgan holda joylashtirish lozim. Atsetilen generatori oʻrnatilganda “Begonalarga kirish taqiqlanadi”, “Yongʻin xavfi mavjud”, “Chekilmasin”, “Olov bilan yaqinlashmang” kabi eslatmalar ilinadi. 255. Payvandlash uskunalari yordami gaz tarmoqlarini taʼmirlashga faqat Gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalariga muvofiq binolar va tashqi qurilmalar hududida joylashgan ishlatiladigan tabiiy gaz quvurlari uchun ruxsat etiladi. 256. Avariya yuz bergan joyda gazlanishni nazorat qilish gaz analizatorlari yordamida amalga oshirilishi kerak. Gaz quvurlaridan gaz chiqishi joylari sovun emulsiyasi yordamida aniqlanadi. Ushbu maqsadlar uchun ochiq olov manbalaridan foydalanish, shuningdek, bir vaqtning oʻzida gaz tamoqlarining deformatsiyalangan joyida payvandlash, izolyatsiyalash va transheyani tozalash taqiqlanadi. 257. Ishlar tugagandan soʻng koʻchma generatordagi kalsiy karbidi oxirigacha ishlatilishi lozim. Generatorlardan chiqarib tashlanadigan ohakli loy buning uchun moslashtirilgan idishga toʻkilishi va maxsus bunkerga yoki loyli chuqurga tashlanishi talab etiladi. 258. Ochiq loyli chuqurlar panjaralar bilan toʻsib qoʻyilishi, yopiqlari esa — yonmaydigan tom bostirmasiga ega boʻlishi hamda oqimli shamollatish va loyni chiqarib tashlash uchun tegishli tuynuklar bilan jihozlanishi zarur. 259. Ohakli loy saqlanadigan joylardan kamida 10 m radiusdagi masofada ochiq alanga manbalaridan foydalanish taqiqlanadi va bu haqida tegishli ogohlantiruvchi belgilar ilib qoʻyilishi lozim. 260. Gaz ballonlarni saqlash va tashish faqat ularning boʻyinlariga xavfsizlik qolpoqlari oʻrnatilgan holda amalga oshiriladi. Ballonlarni tashishda silkinishlar va zarbalarga ruxsat etilmaydi. Ballonlar payvandlash joyiga maxsus aravalarda va zambillarda yetkazib beriladi. Ballonlarni yelkalarda va qoʻllarda tashish taqiqlanadi. 261. Gaz solingan ballonlarni saqlash, tashish va ulardan foydalanishda ular quyosh nurlari va boshqa issiqlik manbalari taʼsiridan himoyalangan boʻlishi lozim. 262. Xonalarda oʻrnatiladigan gaz ballonlari isitish radiatorlari va boshqa isitish asbob-uskunalardan kamida 1 m masofada, ochiq olovli issiqlik manbalaridan esa — kamida 5 m masofada boʻlishi lozim. 263. Aylanma rampa (guruhli) qurilmalardan gorelkalargacha boʻlgan masofa (gorizontal boʻyicha) 10 m va yonuvchan gazlar va kislorodli ballonlardan kamida 5 m dan kam boʻlgan masofada saqlanish kerak. 264. Bir xonada kislorod va gaz bilan toʻldirilgan ballonlarni hamda kalsiy karbidini, boʻyoqlar, moylar va yogʻlarni saqlash taqiqlanadi. 265. Payvandlash ustaxonasida 10 tadan kam payvandlash postlari boʻlganda har bir post uchun bittadan kislorod yoki gaz toʻldirilgan zaxira ballonlar saqlanishi mumkin. Zaxira ballonlar maxsus poʻlat shitlar bilan toʻsib qoʻyilishi yoki payvandlash ustaxonasiga qoʻshimcha qurilgan maxsus yordamchi joylarda saqlanishi lozim. Payvandlash ustaxonasida 10 tadan ortiq payvandlash postlari boʻlganda markazlashtirilgan gaz taʼminoti boʻlishi zarur. 266. Kislorod va yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan hamda ulardan boʻshagan ballonlarga bir xil xavfsizlik choralari koʻrilishi kerak. 267. Kalsiy karbidi solingan barabanlarni saqlash va ochish joylarida chekish, ochiq alangadan foydalanish va zarbada uchqun hosil qilishi mumkin boʻlgan asboblardan foydalanish taqiqlanadi. 268. Kalsiy karbidi solingan barabanlarni jezli zubilo va bolgʻa yordamida ochish lozim. Kavsharlangan barabanlar maxsus pichoq bilan ochiladi. Baraban qopqogʻidagi kesib ochiladigan joyga dastlab solidolning qalin qatlami surtiladi. 269. Ochilgan kalsiy karbidli barabanlarning suv oʻtkazmaydigan va barabanni zich qoplab oladigan, chetlari bukilgan qopqoqlar bilan himoyasi taʼminlanishi hamda qopqoq bortining balandligi kamida 50 mm ga teng boʻlishi lozim. 270. Gaz payvandlash va gaz bilan kesish ishlarini bajarishda quyidagilar taqiqlanadi: a) muzlab qolgan atsetilen generatorlari, quvurlar, ventillar, reduktorlar va payvandlash qurilmalarining boshqa detallarini ochiq alanga yoki qizdirilgan buyumlar yordamida isitish hamda urganda uchqun hosil boʻlishi mumkin boʻlgan asboblardan foydalanish; b) kislorod ballonlarini, reduktorlar va boshqa uskunalarning turli moy va moylanib ketgan kiyimlar va artish materiallariga tegib ketishiga yoʻl qoʻyish; v) kislorod va yonuvchi gaz bilan toʻldirilgan ballonlar, atsetilen generatorlari va ohak-loy chuqurlaridan 10 m dan kam boʻlgan masofada ochiq alangadan foydalanish; g) bir suv zatvoridan ikki payvandchi tomonidan foydalanish, granulyatsiyasi belgilangandan yirikroq boʻlgan kalsiy karbidini ortish yoki uni apparatning voronkasiga temirli xipchin yoki sim bilan itarib solish, karbid kukunidan foydalanish; d) kalsiy karbidini hoʻl ortish korzinalariga solish yoki gaz toʻplagichda suv mavjud boʻlganda generatorlar “suv-karbid ustidan” rejimida ishlashda korzina hajmining yarimidan ortigʻini karbid bilan toʻldirish; e) yonuvchi gazlar uchun moʻljallangan shlangni kislorod oqimi bilan tozalash, kislorod uchun moʻljallangan shlangni yonuvchi gaz oqimi bilan tozalash hamda ushbu shlanglarni almashtirib ishlatish, uzunligi 30 m dan koʻp boʻlmagan shlanglardan foydalanish. Gaz payvandlash ishlarini bajarishda uzunligi 40 m gacha boʻlgan shlanglardan foydalanish mumkin. Uzunligi 40 m dan ortiq boʻlgan shlanglardan foydalanishga alohida holatlarda ishlarni boshqarish va xavfsizlik boʻyicha muhandisning ruxsati bilan amalga oshirishga ruxsat beriladi; j) gaz yetkazib beruvchi shlanglarni burab tashlash, buklash yoki siqib qoʻyish; z) gaz toʻplagichda atsetilen mavjud boʻlganda generatorni koʻchirish; i) generatordagi gaz bosimini ataylab yoki bir harakatda solinadigan kalsiy karbidining miqdorini oshirish yoʻli bilan atsetilen generatorining ishini jadallashtirish. 271. Kalsiy karbidi solingan barabanlarni ochish uchun misdan yasalgan asboblardan foydalanish hamda atsetilen apparaturasi bilan payvandlash va atsetilen bilan tutashib ketish ehtimoli boʻlgan boshqa joylarda misdan kavsharlash uchun foydalanish taqiqlanadi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.