VM qarori № 649, 27-boʻlim

20-bob. Elektr payvandlash ishlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

231. Binolarda elektr payvandlash ishlari faqat havo almashish imkoniga ega boʻlgan xonalarda amalga oshirilishi lozim. 232. Yongʻin xavfi ehtimoli bor xonalarda payvandlash ishlarini bajarish joyi yonmaydigan toʻsiq bilan himoyalangan boʻlishi va toʻsiqning balandligi kamida 2,5 m, toʻsiq va pol orasidagi masofa esa — koʻpi bilan 5 sm ga teng boʻlishi kerak. 233. Payvandlash ishlari bajariladigan xonalardagi pollar yonmaydigan materiallardan yasalgan boʻlishi zarur. 234. Rezervuarlar, qozonxonalar va metall qurilmalarining boshqa yopiq boʻshliqlarida, payvandlash qurilmasi yassi singan paytda payvandlashni oʻchiradigan maxsus moslama bilan jihozlangan boʻlsa, bunda oʻchirilish paytidagi vaqtning kechikishi esa 0,5 sec dan oshmasa yassi payvandlashga ruxsat etiladi. 235. Qoʻlda payvandlash qurilmasi rubilnik yoki kontaktor (payvandlash toki manbaini taqsimlovchi sex tarmogʻiga ulanish uchun), saqlagich (birlamchi zanjirda) va payvandlash tokining miqdorini koʻrsatuvchi asboblar (tok regulatoridagi ampermetr yoki shkala) bilan taʼminlangan boʻlishi zarur. 236. Elektr payvandlash kabellari (elektr simlari) kislorod oʻtuvchi quvurlardan kamida 0,5 m masofada, atsetilen va boshqa yonuvchi gazlar quvurlaridan esa kamida 1 m masofada oʻtgan boʻlishi lozim. Baʼzi hollarda, kabel himoya metall quvurga oʻralgan taqdirda, belgilangan masofalarni ikki baravar kamaytirishga ruxsat beriladi. 237. Elektr payvandlash ishlarini bajarayotganda manbaga payvandlanadigan ish qismidan qaytib keladigan sim faqat izolyatsiya qilingan sim bilan amalga oshiriladi va izolyatsiya sifati jihatidan elektrod ushlagichga ulangan toʻgʻridan-toʻgʻri simga mos kelishi kerak. 238. Qaytish simi sifatida ichki temir yoʻllar, nollash yoki yerga ulash qurilmalari hamda binolarning metall konstruksiyalari, kommunikatsiyalar va texnologik uskunalardan foydalanish taqiqlanadi. Payvandlash jarayoni ikkita simdan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim. 239. Oʻziga oʻzi payvandlanadigan har qanday profilning temir shinalari, payvandlash plitalari, stellajlar va konstruksiyalar, payvandlash oqimi manbai bilan payvandlanadigan ish qismini bogʻlaydigan qaytish simi boʻlib xizmat qilishi mumkin, agar ularning kesishmasi isitish sharoitida payvandlash tokining xavfsiz oqimini taʼminlasa. Qaytish simi sifatida ishlatiladigan alohida elementlar orasidagi aloqa juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak (murvat, qisqichlar yoki tutqichlardan foydalangan holda). 240. Agregat va ishga tushirish moslamalarini tozalash har kuni ish tugaganidan keyin amalga oshirilishi lozim. Payvandlash uskunalarini taʼmirlash ishlari rejali-ogohlantiruv taʼmirlashni amalga oshirish rejasiga muvofiq bajarilishi kerak. 241. Payvandlash quvvat manbaini sexning taqsimlash tarmogʻiga ulash uchun istalgan markalardagi simlaridan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Istisno tariqasida quvvat simlari sifatida mustahkamlangan izolyatsiya va mexanik shikastlanishdan himoya qilingan simlardan foydalanish mumkin. 242. Elektrodga elektr tokini yetkazib berish uchun oʻrta darajadagi sharoitlarga moʻljallangan himoya shlangidagi izolyatsiyalangan bukiluvchan simlardan foydalanish kerak. Egiluvchanligi kam boʻlgan simlardan foydalanganda ularni elektrod ushlagichga egiluvchan shlang simidan yoki uzunligi kamida 3 m boʻlgan simdan yasalgan uzatma orqali ulash lozim. 243. Elektr simlari va payvandlash moslamalari yonishining oldini olish maqsadida simlarni ularning kesimini oqim qiymati va ish kuchlanishining qiymati boʻyicha izolyatsiyalash zarur, shuningdek, nominal tok ruxsat etilgan chegaralari elektr saqlagichlarning eruvchan oʻrnatmalari toʻgʻri tanlanishi kerak. 244. Izolyatsiyasiz yoki izolyatsiyasi shikastlangan simlardan, qoʻlbola elektr saqlagichlar va talab etiladigan miqdordagi payvandlash toki oʻtishini taʼminlab bermaydigan simlardan foydalanish taqiqlanadi. 245. Payvandlash simlarini presslash, payvandlash, kavsharlash bilan yoki maxsus qisqichlar yordamida bir-biriga ulash lozim. Elektr simlari elektrod ushlagichga, payvandlanadigan buyumga va payvandlash apparatiga shaybalarni qoʻyib boltlar bilan mahkamlangan misdan yasalgan kabel uchliklari yordamida ulanishi lozim. 246. Payvandlash apparatlari, taqsimlovchi shchitlar va boshqa uskunalarga hamda payvandlash ishlari olib borilayotgan joyga ulangan simlar ishonchli izolyatsiyalangan, kerakli joylarda yuqori harorat taʼsiridan, mexanik shikastlanishlardan va kimyoviy taʼsirlardan himoyalangan boʻlishi kerak. 247. Yongʻin xavfi mavjud boʻlgan bino va inshootlarda elektr payvandlash ishlari olib borilayotganda payvandlanayotgan buyumdan tok manbaigacha oʻtkazilgan qaytish simi izolyatsiyalangan boʻlishi hamda uning izolyatsiyasining sifati elektrod ushlagichga ulangan toʻgʻri sim izolyatsiyasining sifatidan past boʻlishi lozim. 248. Qoʻlda payvandlash uchun moʻljallangan elektrod ushlagichlar payvandlashda vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelganda yoki ustiga temirli buyumlar tushib ketganda uning qobigʻi payvandlanayotgan detal bilan qisqa tutashib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi lozim. Elektrod ushlagichning dastasi yonmaydigan dielektrik yoki issiqlik oʻtkazmaydigan materialdan yasalgan boʻlishi zarur. 249. Payvandlash uchun qoʻllaniladigan elektrodlar payvandlash tokining nominal (belgilangan) miqdoriga muvofiq boʻlishi lozim. Payvandlash jarayonida elektrodlar almashtirilganda ularning qoldiqlari payvandlash ishlari bajariladigan joyda oʻrnatiladigan maxsus metall qutiga tashlanishi kerak. 250. Elektr payvandlash uskunasi har doim yerga ulangan boʻlishi kerak. Asosiy elektr payvandlash uskunalarini yerga ulashdan tashqari payvandlash moslamalarida toʻgʻridan-toʻgʻri payvandlash transformatorining mahsulotga boradigan ikkilamchi oʻramasi (qaytish simi) ulangan terminalini bevosita yerga qoʻyish kerak. 251. Ochiq havoda oʻrnatiladigan payvandlash generatorlari va transformatorlari hamda ularning barcha yordamchi asbob-uskunalari yopiq yoki himoyalangan shaklda ishlangan, zaxni oʻtkazmaydigan izolyatsiyaga ega boʻlishi hamda yonmaydigan materiallardan qurilgan bostirma ostida oʻrnatilishi lozim. 252. Payvandlash agregati alohida qismlarining (transformatorlar, podshipniklar, choʻtkalar, ikkilamchi zanjir kontaktlari va shu kabilar) qizish harorati 75 °C dan yuqori boʻlmasligi lozim.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.