VM qarori № 649, 23-boʻlim

2-§. Gaz va aerozolli yongʻin oʻchirish qurilmalarga qoʻyiladigan talablar

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

180. Yongʻin signalizatsiyasi, sprinkler va drencher tizimlarining qabul-nazorat qurilmasiga xizmat koʻrsatuvchi navbatchi shaxslariga navbatchilik paytida uxlash hamda ushbu qurirlmalarni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi. 181. Himoyalangan xonalarda ishlaydigan shaxslar uchun qurilmalar ishga tushgani toʻgʻrisida xabarni (signalni) olganlaridan soʻng ularning harakatlari va evakuatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma koʻrinadigan joylarga oʻrnatilishi kerak. 182. Yongʻinni oʻchirish stansiyasining xonalarida stansiyalar tarmoqlarining sxemalari va qurilmalarning prinsipial sxemalari oʻrnatilishi kerak. 183. Yongʻin oʻchirish qurilmalarining har bir tarqatish uskunasida himoyalanadigan xonaning nomlari va joylashishini koʻrsatuvchi yoʻnalish raqami koʻrsatilgan yorliq boʻlishi kerak. Gazli yongʻin oʻchiruvchi batareyalarning old tomonida boʻlim raqamlarini koʻrsatadigan yorliqlar boʻlishi kerak. 184. Himoyalangan xonaga tutashgan xonalarning havo kanallaridagi germetiklangan klapanlarning ishga yaroqliligini tekshirish oyiga kamida bir marta amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari jurnalga qayd etiladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.