VM qarori № 649, 21-boʻlim
15-bob. Yongʻin signalizatsiyasi hamda yongʻindan xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlariga qoʻyiladigan talablar
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
161. Yongʻin avtomatikasi qurilmalari doimo soz va ishchi holatda, loyiha hujjatlariga muvofiq saqlanishi kerak. Qoidalar va normalarda koʻrsatilgan holatlardan tashqari qurilmalarni avtomatik ishga tushirish rejimidan qoʻlda ishga tushiradigan rejimga oʻtkazish taqiqlanadi. 162. Yongʻin haqida xabar berish tizimi evakuatsiya qilish rejasiga muvofiq bir vaqtning oʻzida butun bino (inshoot) boʻyicha yoki tanlov asosida uning alohida qismlariga (qavat, boʻlimlar va boshqalar) signal yuborilishini taʼminlay olishi kerak. 163. Davolash, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida hamda maktab- internatlarning yotoqxonalarida faqat xodimlarga yongʻin haqida xabar beriladi. 164. Yongʻin haqida xabar berish tizimidan foydalanish tartibi, ularning yoʻriqnomalarida va yongʻin vaqtida binoni tark etish rejalarida keltirilishi hamda ularda tizimni ishga tushirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozim. 165. Yongʻin haqida xabar berish moslamalari bilan jihozlanishi talab etilmagan obyektning rahbari yongʻin haqida xabarni odamlarga yetkazish tartibini ishlab chiqishi va masʼul shaxsni tayinlashi lozim. 166. Xabar berish (radiokarnay) moslamalarida ovozni pasaytirish va baland qilish moslamalari boʻlmasligi hamda tarmoqqa toʻgʻridan toʻgʻri uzib quyish imkoniyatisiz ulangan boʻlishi lozim. 167. Evakuatsiya qilishni boshqarish va uzatiladigan xabar matnining ishonchliligi taʼminlangan holda ichki radioeshittirish tarmogʻi va korxonadagi mavjud boshqa tarmoqlardan foydalanish mumkin. 168. Nosoz yongʻin xabarlagichlarni shleyflarda qoldirish taqiqlanadi. Taʼmirlash paytida nosoz qoʻldan ishlaydigan yongʻin xabarlagich oʻrnatilgan joyga yaqin joyda joylashgan soz holatdagi qoʻldan ishlaydigan yongʻin xabarlagichi haqidagi belgi qoʻyiladi. 169. Yongʻin xabarlagichlariga va qoʻl yordamida ishga tushiriladigan yongʻin xabarlagichlariga erkin oʻtish imkoni taʼminlangan boʻlishi kerak. 170. Obyektlarda oʻrnatilgan avtonom yongʻin xabarlagichlarini demontaj qilish taqiqlanadi (binolar ichida taʼmirlash ishlari yoki avtonom yongʻin xabarlagichlari nosoz boʻlgan holda ularning oʻrniga keyinchalik oʻrnatish sharti bilan almashtirish holatlari bundan mustasno). 171. Avtonom yongʻin xabarlagichlariga xizmat koʻrsatish tartibi, shuningdek, quvvat manbai almashinish chastotasi ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlaridagi koʻrsatmalarga muvofiq boʻlishi kerak. Quvvat manbai zaryadsizlangan boʻlsa, uni darhol almashtirish kerak. 172. Avtonom yongʻin xabarlagichlarining ishga yaroqliligini tekshirish ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi, ammo 3 oyda bir martadan kam boʻlmagan tarzda. Avtonom yongʻin xabarlagichi ishlamay qolganda, uni almashtirish kerak.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 20. IV boʻlim. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻinga qarshi texnik himoya vositalariga qoʻyiladigan talablar — 14-bob. Yongʻin haqida xabar berish va yongʻinni oʻchirish texnik vositalarini saqlash
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 22. 16-bob. Avtomatik yongʻinni oʻchirish qurilmalariga qoʻyiladigan talablar — 1-§. Suvli va koʻpikli avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
Qoʻshni boʻlimlar
- 173-§. Infraqizil nurli gorelkalar bilan isitishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 1812-bob. Shamollatish va sovitish tizimlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 1913-bob. Boshqa turdagi muhandislik asbob-uskunalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 20IV boʻlim. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻinga qarshi texnik himoya vositalariga qoʻyiladigan talablar — 14-bob. Yongʻin haqida xabar berish va yongʻinni oʻchirish texnik vositalarini saqlash
- 2216-bob. Avtomatik yongʻinni oʻchirish qurilmalariga qoʻyiladigan talablar — 1-§. Suvli va koʻpikli avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
- 232-§. Gaz va aerozolli yongʻin oʻchirish qurilmalarga qoʻyiladigan talablar
- 2417-bob. Yongʻinga qarshi suv taʼminoti
- 2518-bob. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.