VM qarori № 649, 20-boʻlim

IV boʻlim. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻinga qarshi texnik himoya vositalariga qoʻyiladigan talablar — 14-bob. Yongʻin haqida xabar berish va yongʻinni oʻchirish texnik vositalarini saqlash

Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.

Narxni hisoblash

147. Obyektda buyruq (farmoyish) asosida yongʻinga qarshi avtomatika, tutunga qarshi himoya tizimlari, odamlarni yongʻindan ogohlantiruvchi qurilmalarni ishlatishga javobgar shaxslar tayinlanishi kerak. 148. Yongʻin signalizatsiyasi va yongʻin oʻchirish qurilmalari, tutundan himoyalash, odamlarga yongʻin haqida xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish hamda rejali-ogohlantiruv taʼmirlash boʻyicha reglament ishlari, moslama va qurilmalarni ishlab chiqargan korxonaning texnik hujjatlari va taʼmirlash ishlarining oʻtkazish muddatlarini hisobga olgan holda tuzilgan yillik ish rejasi asosida amalga oshiriladi. Texnik xizmat koʻrsatish va rejali-ogohlantiruv taʼmirlash ishlari, korxonada qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxsus va davriy tayyorgarlikdan oʻtgan xodimlar yoki shartnoma boʻyicha maxsus litsenziyaga ega boʻlgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. (148-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Uskuna va moslamalarni oʻchirib qoʻyish yoʻli bilan (alohida liniya, tashvishgoh) taʼmirlash yoki texnik xizmat koʻrsatish ishlari amalga oshiriladigan davrda obyekt rahbari bino, inshoot, xona, texnologik uskunalarning yongʻindan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishi kerak. 149. Yongʻin avtomatika moslamalariga, tutunga qarshi himoyalash tizimlariga, odamlarni yongʻindan ogohlantirishga obyekt mutaxassislari tomonidan texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshirishning imkoni boʻlmagan taqdirda, qurilmalarni ishga tushirgandan keyin 30 kun ichida ushbu faoliyat turi boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan uni amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzish kerak. Yongʻin avtomatika moslamalari, tutunga qarshi himoyalash tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish shartnomasi bekor qilinganda, korxona rahbari 24 soat ichida shartnomalar boʻyicha tuman (shahar) Favqulodda vaziyatlar boʻlimini yoki obyektga xizmat koʻrsatadigan favqulodda vaziyatlar boʻlinmalarini xabar qilishi shart. 150. Yongʻin avtomatika moslamalari, tutunga qarshi himoyalash tizimlari, odamlarni yongʻindan ogohlantirish qurilmalariga javobgar shaxs quyidagilarni: a) yongʻin avtomatika moslamalari, tutunga qarshi himoyalash tizimlari, odamlarni yongʻindan ogohlantirish moslamalarini ishchi holatda va ishga yaroqli tarzda saqlanishini; b) oʻz vaqtida va sifatli xizmat koʻrsatilishi va taʼmirlanilishini nazorat qilishni; v) xizmat koʻrsatish (agar mavjud boʻlsa) va korxonaning tezkor xodimlarini tayyorlash, shuningdek, yongʻin avtomatika moslamalari, tutunga qarshi himoyalash tizimi qurilmalari bilan himoyalangan binolarda ishlaydigan ishchilar uchun koʻrsatmalar berilishini; g) yongʻin avtomatika moslamalari, tutunga qarshi himoyalash tizimlari, odamlarni yongʻindan ogohlantirish qurilmalaridan foydalanish hujjatlarini ishlab chiqish va ularning yuritilishini tizimli ravishda nazorat qilishni; d) davlat yongʻin nazorati organlarini yongʻin avtomatika moslamalari, tutunga qarshi himoyalash tizimlari, odamlarni yongʻindan ogohlantirish qurilmalari ishga tushishining barcha holatlari va ishlamay qolishi toʻgʻrisida xabardor qilinishini; e) yongʻin avtomatika moslamalari, tutunga qarshi himoyalash tizimlari, odamlarni yongʻindan ogohlantirish qurilmalarining ishlashi paytida aniqlangan kamchiliklarni tezda bartaraf etish choralari koʻrilishini; j) shikoyatlarni tayyorlash va xizmat koʻrsatish tashkilotlariga (zarur hollarda) oʻz vaqtida taqdim etilishini; z) yongʻin avtomatika moslamalari, tutunga qarshi himoyalash tizimlari, odamlarni yongʻindan ogohlantirish qurilmalari texnik hujjatlarining toʻliq toʻplami mavjudligi va saqlanishini taʼminlashi kerak. 151. Dispetcherlik punkti (yongʻin oʻchirish posti) xonasida koʻrinadigan joyga quyidagi hujjatlar joylashtirilishi kerak: a) yongʻin toʻgʻrisida signallarni qabul qilganda va yongʻin avtomatika moslamalari (tizimlari) nosozligida tezkor (navbatchi) xodimlarning harakatlari tartibi toʻgʻrisida; b) yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimlarining umumiy sxemasi; v) oʻchirish vositasini uzatish yoʻnalishlari va uni ishga tushirish usuli koʻrsatilgan avtomatik yongʻin oʻchirish moslamalarining prinsipial sxemasi; g) yongʻin avtomatikasi bilan himoyalangan binolar roʻyxati; d) yongʻindan himoya qilishning texnik vositalaridan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar; e) avariya va maxsus xizmatlarning, korxona rahbarlari va masʼul shaxslarning manzili va telefon raqamlarining roʻyxati. Ushbu hujjatlar, qabul-nazorat moslamalaridan signallar qabul qilingan hollarda navbatchilarning harakatlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomadan tashqari yongʻin posti xonasida maxsus papkada saqlanishi mumkin. Dispetcherlik punkti (yongʻin oʻchirish posti) telefon aloqasi va ishchi holatdagi fonarlar (kamida 3 dona) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. 152. Yongʻin oʻchirish posti, nasos stansiyalari va yongʻinni oʻchirish stansiyalari xonalaridagida telefon va (yoki) radio aloqa vositalari ishchi holatda boʻlishi kerak. Telefonlarni tarmoqdan uzib qoʻyish taqiqlanadi. 153. Yongʻinga qarshi texnik himoya vositalarini boʻyash, shuningdek, ularning joylashganligini koʻrsatadigan belgi (simvollar) amaldagi texnik normativ-huquqiy hujjatlar talablariga javob berishi kerak. 154. Turar joylar va yotoqxonalar xonalarining ijarachilari, hamda egalari xonalardagi yongʻindan ogohlantiruvchi vositalarni ishga yaroqli holda saqlashlari shart. 155. Turar joy egalari yongʻinni oʻchirish moslamasini ishlab chiqaruvchining (pasporti) talablariga muvofiq saqlashi hamda yiliga ikki marotaba yongʻin oʻchirish qurilmalarining shlanglari mexanik shikastlanishini vizual va suv yuborish orqali tekshirishi shart. 156. Yongʻin hakidagi xabarni qabul qilish-nazorat moslamalari yongʻin haqida signallarni qabul qilishga va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalariga xabar berishga macʼul boʻlgan shaxslarning (navbatchilarning) kunu tun doimiy boʻladigan xonalariga oʻrnatilishi kerak. 157. Yongʻindan xabar beruvchi vositalar (keyingi oʻrinlarda — yongʻin xabarlagichlari) har doim toza turishi kerak. Himoyalangan xonalardagi taʼmirlash ishlari davomida yongʻindan xabar beruvchi vositalarni suvoq, boʻyoq va ohakdan himoya qilish kerak. Taʼmirlashni tugatgandan soʻng himoya vositalari yechilishi kerak. 158. Nosoz yongʻin xabarlagichlar oʻrniga boshqa turdagi yoki ish prinsipi boshqacha boʻlgan yongʻin xabarlagichlarini oʻrnatish, shuningdek, ular boʻlmaganda shleyf blokini tutashtirish taqiqlanadi. 159. Korxonada yongʻindan xabar beruvchi vositalarning zaxirasi oʻrnatilganlar sonining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda boʻlishi kerak. 160. Yongʻin signalizatsiyasi tizimining yongʻin xabarlagichlari va yongʻinni avtomatik oʻchirish qurilmalarining qoʻzgʻatuvchilari himoyalanadigan xonaga oʻrnatilishda uning barcha nuqtalaridagi yongʻinni oʻz vaqtida aniqlash imkonini taʼminlashi lozim.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida

OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.