VM qarori № 649, 22-boʻlim
16-bob. Avtomatik yongʻinni oʻchirish qurilmalariga qoʻyiladigan talablar — 1-§. Suvli va koʻpikli avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
173. Qurilmalardan foydalinishda quyidagilar taqiqlanadi: a) ochilgan, nosoz purkagichlar oʻrniga tiqin va berkituvchilarni oʻrnatish; b) boshqa uskunalarni ilish yoki mahkamlash uchun quvurlardan va purkagichlardan foydalanish; v) ishlab chiqarish uskunalari va sanitariya jihozlarini qurilma quvurlariga ulash; g) qurilmani avtomatik rejimdan qoʻl rejimiga oʻtkazish; d) quvurlarga berkitish armaturalari va flanetsli ulanishlarni oʻrnatish; e) quvur tarmoqlari mahkamlagichlarini boʻshatish va bukilishlarini oʻzgartirish. 174. Yongʻin oʻchirish qurilmalari sigʻimlari va ballonlardagi yongʻin oʻchirish vositasining ogʻirligi yoki bosimi hisobdagi koʻrsatkichlardan 10 foiz va undan koʻpga kamaygan boʻlsa, ularni toʻldirish yoki almashtirish talab etiladi. 175. Qurilmalarning sprinklerli (drencherli) suv purkagichlariga mexanik shikast yetkazish xavfi bor joylar issiqlik va suvni sepish maydoniga taʼsir koʻrsatmaydigan hamda uni oʻzgartirmaydigan ishonchli toʻsiq bilan himoyalanishi kerak. Ochilib ketgan yoki nosoz purkagichlarning oʻrnini tiqin (probka) yoki zaglushkalar bilan berkitish taqiqlanadi. 176. Yongʻin oʻchirish stansiyasi yongʻin vaqtida qurilmani boshqarish yoʻriqnomasi va tizimning bir-biriga ulanish chizmasi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Har bir boshqarish nuqtasi oldida himoyadagi xonalar, ulardagi suv purkagichlarning soni va rusumi yozilgan koʻrsatkich bilan taʼminlanishi kerak. Joʻmrak va zadvijkalarga ulanish chizmasiga muvofiq tartib raqamlari qoʻyilishi lozim. 177. Boshqaruv bloki xonasi doimiy ravishda yopiq boʻlishi kerak. Xonalarning kalitlari xizmat koʻrsatuvchi xodim (agar mavjud boʻlsa) va tezkor xodimlarda saqlanishi kerak. 178. Suv, past va oʻrta karrali koʻpik bilan yongʻin oʻchirish moslamalari bilan himoyalangan xonalarda izolyatsiyalanmagan ochiq elektr tokini oʻtkazuvchi qismlari boʻlgan uskunalarning avtomatik ravishda oʻchirish moslamalari ishga yaroqli boʻlishi va har hafta nazorat qilinishi kerak. 179. Koʻpik hosil qiluvchi modda va uning eritmasini saqlash ishlab chiqaruvchining koʻpik hosil qiluvchi moddaning muzlashini istisno etadigan harorat va namlik sharoitlariga rioya etish boʻyicha tavsiyalariga muvofiq amalga oshiriladi. Koʻpik hosil qiluvchi moddaning sifati ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan muddatda nazorat qilinishi kerak.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 21. 15-bob. Yongʻin signalizatsiyasi hamda yongʻindan xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlariga qoʻyiladigan talablar
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 23. 2-§. Gaz va aerozolli yongʻin oʻchirish qurilmalarga qoʻyiladigan talablar
Qoʻshni boʻlimlar
- 1812-bob. Shamollatish va sovitish tizimlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 1913-bob. Boshqa turdagi muhandislik asbob-uskunalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 20IV boʻlim. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻinga qarshi texnik himoya vositalariga qoʻyiladigan talablar — 14-bob. Yongʻin haqida xabar berish va yongʻinni oʻchirish texnik vositalarini saqlash
- 2115-bob. Yongʻin signalizatsiyasi hamda yongʻindan xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlariga qoʻyiladigan talablar
- 232-§. Gaz va aerozolli yongʻin oʻchirish qurilmalarga qoʻyiladigan talablar
- 2417-bob. Yongʻinga qarshi suv taʼminoti
- 2518-bob. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari
- 26V boʻlim. Yuqori darajada yongʻin xavfi mavjud ishlarni amalga oshirishni tashkil etish — 19-bob. Olovli ishlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.