VM qarori № 649, 25-boʻlim
18-bob. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
203. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalariga barcha turdagi koʻchma va transportirovka qilinadigan oʻt oʻchirgichlar, toʻkma materiallari (qum, perlit va boshqalar) boʻlgan qutilar, shuningdek, yongʻinga chidamli matolar (asbest matosi, kigiz, namat va boshqalar), bochkalar va suv bilan toʻldirilgan idishlar, qoʻlda foydalaniladigan mexanizatsiyalashmagan va mexanizatsiyalashgan yongʻinga qarshi vositalar (ilgaklar, lomlar, belkuraklar, boltalar, elektr simlarini kesish moslamalari, elektr dvigatel tomonidan boshqariladigan asboblar, ichki yonish dvigateli va boshqalar) kiradi. 204. Obyekt hududi, xonalar, bino va inshootlar ushbu Qoidalarga 6-ilovaga muvofiq yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan taʼminlanishi kerak. 205. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari ularning pasportlaridagi maʼlumotlarga muvofiq saqlanishi lozim. Tegishli sertifikati yoki sifat hujjatlari boʻlmagan yongʻinni oʻchirish vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. 206. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalaridan belgilangan maqsadlardan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi. 207. Xonalarda, bino va inshootlarda joylashgan yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarining saqlanishi va ulardan foydalanishga tayyorligi uchun javobgarlik ushbu obyekt rahbari zimmasiga yuklanadi. 208. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari ularni ishlatish ehtimoli yuqori boʻlgan va koʻrinadigan joylarga oʻrnatilishi hamda ularga olib boruvchi yoʻllar doimo boʻsh va toʻsib qoʻyilmagan boʻlishi lozim. 209. Obyektning hududidagi (binoning tashqarisidagi) yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari yogʻingarchilik taʼsiridan himoya qiluvchi maxsus yongʻinga qarshi qalqonlari va stendlariga jamlangan boʻlishi kerak. 210. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini yoʻlaklarga, oʻtish joylariga joylashtirish odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilishga toʻsqinlik qilmasligi kerak. Koʻchma oʻt oʻchirgichlar eshikdan uning toʻliq ochilishi uchun yetarli boʻlgan masofada va poldan 1,5 m balandlikda (oʻt oʻchirgichning pastki qismigacha) joylashgan boʻlishi kerak. 211. Uglekislotali, kimyoviy, havo-koʻpikli, kukunli va boshqa oʻt oʻchirgichlarning berkitish armaturalari (kranlari va richag klapanlari) muhrlangan boʻlishi kerak. 212. Ishlatilgan hamda muhrlari buzilgan oʻt oʻchirgichlar tekshirish yoki zaryadlash uchun darhol qaytarilishi kerak. 213. Oʻt oʻchirgichlar, ularni saqlash uchun belgilangan harorat diapazoniga muvofiq boʻlmagan joylarda oʻrnatilmasligi kerak. 214. Sovuq davrda ochiq havoda yoki isitilmaydigan xonalarda joylashgan va manfiy haroratda ishlash uchun moʻljallanmagan oʻt oʻchirgichlar isitiladigan xonada saqlanishi lozim. Bunday hollarda yongʻinga qarshi qalqonlar va stendlarga eng yaqin isitiladigan xonalarda saqlanayotgan oʻt oʻchirgichlari toʻgʻrisida maʼlumot joylashtirilishi kerak. 215. Barcha turdagi yongʻinga qarshi vositalarni zaryadlash, tekshirish va qayta zaryadlash amaldagi standartga, ishlab chiqaruvchining pasportiga yoki foydalanish koʻrsatmalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. OʼzDSt 3414: 2019ga muvofiq oʻtkazilgan davriy tekshiruv davomida belgilangan parametrlarga mos kelmaydigan ogʻishlar aniqlanganda ularni bartaraf etish va oʻt oʻchirgichni zaryadlash kerak. 216. Asbest mato, kigizni (namatni) qopqoqli metall qutilarda saqlash, vaqti-vaqti bilan (uch oyda bir marta) quritish va changdan tozalash tavsiya etiladi. 217. Qum qutilari 3, 1 va 0,5 m3 sigʻimga ega boʻlishi va belkurak bilan jihozlanishi kerak. Yongʻinga qarshi qalqon tarkibiga kiritilgan qum uchun idishlar kamida 0,1 m3 sigʻimga ega boʻlishi kerak. Qutining tuzilishi qumni olish qulayligini taʼminlashi va yogʻingarchilik tushishini istisno qilishi kerak. Qumni qutiga solishdan oldin qumaloq boʻlishining oldini olish maqsadida quritib, elakdan oʻtkazish kerak. 218. Suvli bochkalar kamida 200 L sigʻimga, qopqoqqa ega boʻlishi, qizil rangga boʻyalgan va oq boʻyoq bilan “Yongʻinni oʻchirish uchun” soʻzlari yozilgan boʻlishi kerak. Har bir bochka qizil rangga boʻyalgan va “Yongʻin chelagi” soʻzlari yozilgan ikkita chelak bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 24. 17-bob. Yongʻinga qarshi suv taʼminoti
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 26. V boʻlim. Yuqori darajada yongʻin xavfi mavjud ishlarni amalga oshirishni tashkil etish — 19-bob. Olovli ishlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
Qoʻshni boʻlimlar
- 2115-bob. Yongʻin signalizatsiyasi hamda yongʻindan xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlariga qoʻyiladigan talablar
- 2216-bob. Avtomatik yongʻinni oʻchirish qurilmalariga qoʻyiladigan talablar — 1-§. Suvli va koʻpikli avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
- 232-§. Gaz va aerozolli yongʻin oʻchirish qurilmalarga qoʻyiladigan talablar
- 2417-bob. Yongʻinga qarshi suv taʼminoti
- 26V boʻlim. Yuqori darajada yongʻin xavfi mavjud ishlarni amalga oshirishni tashkil etish — 19-bob. Olovli ishlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Umumiy qoidalar
- 2720-bob. Elektr payvandlash ishlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 2821-bob. Gaz bilan payvandlash va gazli kesish ishlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
- 2922-bob. Yonuvchi suyuqliklardan foydalanib kavsharlash ishlarini, qatron va mastika, bitum eritish (qaynatish) ishlarini amalga oshirishga quyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari — 1-§. Yonuvchi suyuqliklardan foydalanib metall kesish ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.