Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonun 19-moddasi
Jabrlanuvchining huquqlari
Jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega: ish beruvchiga yoki sugʻurtalovchiga yoxud annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchiga sugʻurta tovonini toʻlash haqida yozma shakldagi ariza bilan murojaat etish; qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurta tovoni olish; (19-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining yoki annuitetlar shartnomasining shartlari toʻgʻrisida ish beruvchidan yoki sugʻurtalovchidan yoxud annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchidan bepul axborot olish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani tekshirishda zaruriyat boʻlganda, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakillarini yoxud oʻzining ishonchli shaxsini jalb etgan holda belgilangan tartibda ishtirok etish; ish beruvchidan sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni olish.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-210, 16.04.2009
← Oldingi modda
Modda 18. Sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari
Keyingi modda →
Modda 20. Naf oluvchining huquqlari
Qoʻshni moddalar
- 15Annuitetlar shartnomasi
- 16Annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi va sugʻurta mukofoti
- 17Ish beruvchining huquq va majburiyatlari
- 18Sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari
- 20Naf oluvchining huquqlari
- 21Sugʻurtalovchiga va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchiga qoʻyiladigan talablar
- 22Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta zaxirasini shakllantirish
- 23Sugʻurtalovchini va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchini almashtirish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.