Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonun 16-moddasi
Annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi va sugʻurta mukofoti
Annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga qonunchilikka muvofiq oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan yetkazilgan zarar miqdorida belgilanadi. Yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashda jabrlanuvchiga uning oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan tayinlangan nogironlik pensiyasi, xuddi shuningdek boshqa turdagi pensiyalar, nafaqalar va sogʻligʻi shikastlanguniga qadar ham, undan keyin ham boʻlgan boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar hisobga olinmaydi va yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan miqdori kamaytirilishiga olib kelmaydi (yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobiga kiritilmaydi). Jabrlanuvchi sogʻligʻi shikastlanganidan keyin oladigan ish haqi (daromad) ham yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobiga kiritilmaydi. Annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti sugʻurtalovchi tomonidan annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtaning butun davri uchun bir yoʻla toʻlanadi. (16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-210, 16.04.2009
← Oldingi modda
Modda 15. Annuitetlar shartnomasi
Keyingi modda →
Modda 17. Ish beruvchining huquq va majburiyatlari
Qoʻshni moddalar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.