Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonun 18-moddasi
Sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari
Sugʻurtalovchi quyidagi huquqlarga ega: ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda ishtirok etish va zarur boʻlgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisaga doir axborotni tekshirish; sugʻurta mukofotini aniqlash uchun sugʻurta xavfini baholash; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berish. Sugʻurtalovchi: ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan ish beruvchini tanishtirishi, shu jumladan uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan, ish beruvchi va (yoki) jabrlanuvchi yoxud naf oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi; sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi sugʻurta tovonini toʻlash uchun murojaat etganidan keyin oʻn besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda ish beruvchiga rad etish sabablarini dalillar bilan asoslantirgan holda yozma shaklda xabar qilishi; ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay qaror qabul qilishi va sugʻurta tovonini toʻlashi; oʻzi almashtirilgan taqdirda bu haqda ish beruvchiga darhol yozma shaklda xabar berishi shart. Sugʻurtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. (18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-210, 16.04.2009
← Oldingi modda
Modda 17. Ish beruvchining huquq va majburiyatlari
Keyingi modda →
Modda 19. Jabrlanuvchining huquqlari
Qoʻshni moddalar
- 14Sugʻurta tovonini toʻlash tartibi
- 15Annuitetlar shartnomasi
- 16Annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi va sugʻurta mukofoti
- 17Ish beruvchining huquq va majburiyatlari
- 19Jabrlanuvchining huquqlari
- 20Naf oluvchining huquqlari
- 21Sugʻurtalovchiga va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchiga qoʻyiladigan talablar
- 22Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta zaxirasini shakllantirish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.