Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonun 22-moddasi

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta zaxirasini shakllantirish

Agar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishda mazkur sugʻurta turi boʻyicha sugʻurtalovchining daromadlari va xarajatlari orasidagi farq bir yilda ushbu daromadlarning besh foizidan ortiq boʻlsa, ortiqcha summa keyingi yillarda sugʻurta tovonini toʻlash xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun sugʻurtalovchi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda sugʻurta zaxirasini shakllantirishga yoʻnaltiriladi. (22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № O'RQ-210, 16.04.2009

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.