Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonun 23-moddasi

Sugʻurtalovchini va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchini almashtirish

Sugʻurtalovchini va (yoki) annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchini almashtirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi: sugʻurtalovchi yoki annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda; sugʻurtalovchiga yoki annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchiga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilganda; (23-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son) sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda tugatilganda yoki u bekor qilinganda. (23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № O'RQ-210, 16.04.2009

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.