Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonun 20-moddasi

Naf oluvchining huquqlari

Naf oluvchi quyidagi huquqlarga ega: sugʻurta tovonini olish haqidagi talab bilan ish beruvchiga yoki sugʻurtalovchiga murojaat etish; qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurtalovchi va (yoki) annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchidan sugʻurta tovonini olish; (20-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) ish beruvchidan, sugʻurtalovchidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining shartlari toʻgʻrisida hamda annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchidan annuitetlar shartnomasi shartlari haqida bepul axborot olish; xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarayotganda vafot etganligi haqida ish beruvchiga xabar qilish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani tekshirishda belgilangan tartibda ishtirok etish, zarur boʻlgan hollarda kasaba uyushmasi vakillarini yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakillarini yoxud oʻzining ishonchli shaxsini jalb etgan holda ishtirok etish; ish beruvchidan sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni olish.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № O'RQ-210, 16.04.2009

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.