Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonun 21-moddasi
Sugʻurtalovchiga va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchiga qoʻyiladigan talablar
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish uchun sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi belgilangan tartibda faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega boʻlishi kerak. Sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻzining alohida boʻlinmalariga ega boʻlishi kerak, ular ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi yoki annuitetlar shartnomasini tuzish, ish beruvchilarning va (yoki) jabrlanuvchilarning yoxud naf oluvchilarning sugʻurta tovoni toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish hamda belgilangan tartibda sugʻurta tovonini toʻlash vakolatiga ega boʻlishi lozim. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishda raqobatni cheklash yoki bartaraf etish, ayrim sugʻurtalovchilarga va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchilarga boshqalariga nisbatan asossiz imtiyozlar berish yoki olish, ish beruvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-210, 16.04.2009
← Oldingi modda
Modda 20. Naf oluvchining huquqlari
Keyingi modda →
Modda 22. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta zaxirasini shakllantirish
Qoʻshni moddalar
- 17Ish beruvchining huquq va majburiyatlari
- 18Sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari
- 19Jabrlanuvchining huquqlari
- 20Naf oluvchining huquqlari
- 22Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta zaxirasini shakllantirish
- 23Sugʻurtalovchini va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchini almashtirish
- 24 ·Nizolarni hal etish
- 25 ·Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.