Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonun 15-moddasi

Annuitetlar shartnomasi

Annuitetlar shartnomasi ommaviy shartnomadir. Annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi annuitetlar shartnomasida shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga, sugʻurta summasi doirasida tegishincha: (15-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son) jabrlanuvchiga u oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun; xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda vafot etgan taqdirda sugʻurta tovonini olish huquqiga ega boʻlgan naf oluvchiga joriy toʻlovlar tarzida bir yildan ortiq muddat uchun sugʻurta tovoni toʻlash majburiyatini oladi. Annuitetlar shartnomasi sugʻurtalovchi, ish beruvchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi oʻrtasida tuziladi. Annuitetlar shartnomasini tuzish uchun ish beruvchining arizasi asos boʻladi. (15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son) Annuitetlar shartnomasi shartlari va uni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Annuitetlar shartnomasida koʻrsatilishi lozim boʻlgan shartlarning toʻliq emasligi uchun javobgarlik annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi zimmasida boʻladi. Annuitetlar shartnomasi qonunchilikka muvofiq jabrlanuvchiga mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasi belgilangan muddatga yoki naf oluvchi sugʻurta tovonini olish huquqiga ega boʻladigan muddatga tuziladi. (15-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № O'RQ-210, 16.04.2009

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.