Ish beruvchining javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risidagi qonun 14-moddasi

Sugʻurta tovonini toʻlash tartibi

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni, agar yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bir yilgacha muddat uchun toʻlovni nazarda tutsa, sugʻurtalovchi tomonidan jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga toʻlanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining ish beruvchining xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning sogʻligʻi yomonlashganligi yoxud vafot etganligi tufayli kelib chiqqan va har oylik tusga ega boʻlmagan qoʻshimcha xarajatlarining kompensatsiya qilinishiga doir qismi boʻyicha sugʻurta tovoni sugʻurtalovchi tomonidan ish beruvchiga toʻlanadi. Bunda sugʻurta tovoni ish beruvchi taqdim etgan, u shunday xarajatlarni amalga oshirganligini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida toʻlanadi. Agar yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bir yildan ortiq muddat uchun toʻlovni nazarda tutsa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni sugʻurtalovchi tomonidan uch tomonlama annuitetlar shartnomasi shartlari boʻyicha annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchiga toʻlanadi. Bunda sugʻurtalovchi, ish beruvchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi oʻrtasida annuitet shartnomasi tuzilishi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonidan faqat annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini toʻlash uchun foydalanishi shart. Agar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovoni summasi annuitetlar shartnomasi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta mukofoti miqdoridan kam boʻlsa, farq ish beruvchi hisobidan qoʻshimcha toʻlanishi kerak. (14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuni

Qonun № O'RQ-210, 16.04.2009

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.